Uchinchi trimestrda homilador ayollarda koronavirus infeksiyasidan keyingi asoratlar xavfi

Muminova Z.A., Rajapova G.F., Xodjayeva D.N.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2024-yil

Annotatsiya

Covid-19 bilan bog’liq asoratlarni o’rganish uchun o’tkazilgan retrospektiv tadqiqotda 60 nafar homilador ayol ishtirok etdi. Asosiy guruhni 40 ta anamnezida homiladorlikning 27-37 haftalarida Covid-19 bilan kasallangan 18 yoshdan 42 yoshgacha bo’lgan homilador ayollar tashkil etdi. Barcha homilador ayollarda Covid-19 infeksiyasi SARS-CoV-2 virusi RNKsini polimeraza zanjiri reaktsiyasi usulida tekshirib ijobiy natija olish asosida tasdiqlangan. Nazorat guruhini 20 ta Covid-19 bilan kasallanmagan, homiladorlik fiziologik normal kechgan ayollar tashkil etdi. Asosiy guruhdagi homilador ayollarning aksariyati 27/40 (67,5%) Covid-19 infeksiyasini yengil alomatlar bilan o’tkazgan. Kasallikni o'rta og’ir darajada o’tkazgan ayollar- 8/40 (20,0%)ni va og'ir darajada kechirganlar 5/40 (12,5%)ni tashkil etadi. Ekstragenital patologiya tarkibida semirish ustunlik qildi – 17/40 (42,5%). COVID-19 bilan homiladorlik asoratlari tarkibida temir tanqisligi kamqonligi – 15/40 (37.5%), preeklampsiya – 3/40 (7.5%), muddatdan oldingi tug’ruq xavfi – 13/40 (32.5%) ustunlik qildi. Muddatdan oldingi tug’ruq 11/40 (27.5%) hollarda sodir bo'lgan. Kesarcha kesish amaliyoti 19/40 (47,5%) hollarda amalga oshirilgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda asoratlar darajasi 4/40 (10.0%) ni tashkil etdi. Reanimatsiya bo'limiga yangi tug'ilgan chaqaloqlarning 3/40 (7.5%) terapiya uchun yuborilgan. Ko'pchilik homilador ayollar COVID-19 infeksiyasini yengil darajasini o’tkazgan. COVID-19 o’tkazmagan homilador ayollar bilan solishtirganda SARS-CoV-2 bilan kasallangan homilador ayollarda preeklampsiya, muddatdan oldingi tug’ruq, kesarcha kesish amaliyoti bilan tug’ish holatlari ko'proq. SARS-CoV-2 virusini vertikal o’tish holati aniqlanmadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda asoratlarning chastotasi umumiy aholi ko'rsatkichlariga to'g'ri keldi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMuminova Z.A., Rajapova G.F., Xodjayeva D.N.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
NashriyotEMU University
ISSN2026-2027, 2181-4007
Nashr sanasi2024-11-20
Son16
Betlar6-9
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

Covid-19, SARS-CoV-2, homiladorlik, asoratlar.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMuminova Z.A., Rajapova G.F., Xodjayeva D.N. (2024). UCHINCHI TRIMESTRDA HOMILADOR AYOLLARDA KORONAVIRUS INFEKSIYASIDAN KEYINGI ASORATLAR XAVFI. Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (16), 6-9. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/797
GOST (OAK)Muminova Z.A., Rajapova G.F., Xodjayeva D.N. UCHINCHI TRIMESTRDA HOMILADOR AYOLLARDA KORONAVIRUS INFEKSIYASIDAN KEYINGI ASORATLAR XAVFI // Гуманитар ва табиий фанлар журнали. – 2024. – № 16. – B. 6-9.
MLAMuminova Z.A., Rajapova G.F., Xodjayeva D.N. “UCHINCHI TRIMESTRDA HOMILADOR AYOLLARDA KORONAVIRUS INFEKSIYASIDAN KEYINGI ASORATLAR XAVFI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (16), 6-9, 2024. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/797
ChicagoMuminova Z.A., Rajapova G.F., Xodjayeva D.N. “UCHINCHI TRIMESTRDA HOMILADOR AYOLLARDA KORONAVIRUS INFEKSIYASIDAN KEYINGI ASORATLAR XAVFI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (16), 6-9 (2024). https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/797
HarvardMuminova Z.A., Rajapova G.F., Xodjayeva D.N (2024) ‘UCHINCHI TRIMESTRDA HOMILADOR AYOLLARDA KORONAVIRUS INFEKSIYASIDAN KEYINGI ASORATLAR XAVFI’, Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (16), 6-9. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/797
BibTeX
@article{muminovazarajapovagfxodjayevadn2024,
  title = {UCHINCHI TRIMESTRDA HOMILADOR AYOLLARDA KORONAVIRUS INFEKSIYASIDAN KEYINGI ASORATLAR XAVFI},
  author = {Muminova Z.A., Rajapova G.F., Xodjayeva D.N.},
  journal = {Гуманитар ва табиий фанлар журнали},
  year = {2024},
  number = {16},
  pages = {6-9},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/797}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari