MIGREN BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING NEYROPSIXOLOGIK O‘ZIGA XOSLIGI VA HAYOT SIFATI

Rashidova , Nilufar Safaevna, Po‘latov , Muhriddin Qo‘zimurodovich

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2024-yil

Annotatsiya

Migren bilan kasallangan bemorlarda yuzaga keladigan neyropsixologik buzilishlar hayot sifatini yomonlashishiga va davolash samaradorligini pasayishiga olib kelmoqda.Tadqiqotning maqsadi: Migrenli bemorlarning neyropsixologik o‘ziga xosligi va hayot sifatini o‘rganish.Tadqiqotning materiallari: Migren bilan kasallangan 84 nafar bemorlar o‘rganildi. Bemorlar 16 dan 45 yoshgacha boʼlgan. (oʼrtacha yosh 34,4±0,91). Olingan bemorlarning 64 tasi (78 %) ayol va 18 tasi (22 %) erkak jinsiga mansubdir.Tadqiqot uslublari. Klinik–nevrologik, umumklinik tekshiruvlar. Bemorlarda hayot sifati: MIDAS shkalasi va Headache Impact–Test orqali baholandi.Neyropsixologik holat: MMSE, MOCA shkalasi orqali baholandi. Statistik tahlil «Microsoft Excel 2010, Opisatelnaya statistika» dasturida o‘tkazildi.Tadqiqot natijalari: Ayollar va erkaklar orasidagi migren tarqalish nisbati 1:3.5. Migren kasalligida bemorlarning asosiy qismi 30 dan 40 yoshgacha. Аyollar va erkaklar orasidagi nisbat esa barcha guruhlarda saqlanib qolmoqda. MMSE shkalasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlarning 54,87 % engil kognitiv buzilishlar, MoCA shkalasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlarning 65.85 % da kognitiv buzilishlar borligi aniqlandi. MIDAS shkalasi bo‘yicha bemorlarning 91.46 % da turli darajada loyoqatsizlik borligi, HIT–6 so‘rovnomasi bo‘yicha bemorlarning 89 % da hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatganligi aniqlandi va 54.87%da kuchli ta’sir ko‘rsatganligi aniqlandi.Xulosa: Migren kasalligi jins bo‘yicha erkaklarga qaraganda ayollarda ko‘p uchraydi. (nisbat 1:3.5). Migren uchrash chastotasi namoyon bo‘lishi 30–40 yosh oralig‘ida ko‘payadi. Shkala natijalariga ko‘ra (MMSE, MoCA), Migren bilan kasallangan bemorlarning engil kognitiv buzilishlar ega (60 %). Anketa so‘rovnomalariga ko‘ra, Migren bilan kasallangan bemorlarda turli darajada loyoqatsizlik bor (91.46 %). Migren bemorlarning hayot sifatiga to‘g‘ridan–to‘g‘ri salbiy ta’sir ko‘rsatadi (89%).

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRashidova , Nilufar Safaevna, Po‘latov , Muhriddin Qo‘zimurodovich
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2024-08-15
Son13
Betlar56-60
TilRus

Kalit so‘zlar

migren, neyropsixologik buzilish, hayot sifati.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar