INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA (GOSSYPIUM BARBADENSE L.) GENOTIPLARINING MOLEKULYAR-GENETIK TAHLILI

Shavqiyev, J., O'., Mamarasulov, Salohiddinova, M., Azimov, A.

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda ingichka tolali g‘o‘za (Gossypium barbadense L.) genotiplarining genetik xilma-xilligi SSR (Simple Sequence Repeat) markerlari asosida baholandi hamda abiotik stresslarga chidamlilik bilan bog‘liq marker allellari aniqlab berildi. Tadqiqot materiali sifatida Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti genofond kolleksiyasidan olingan 12 ta g‘o‘za genotipi o‘rganildi. Genom DNK namunalarini ajratish Plant DNA Extraction Kit yordamida amalga oshirildi va PCR tahlillari orqali 63 ta SSR markerlari bilan molekulyar skrining o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra PIC qiymatlari 0,00–0,63 oralig‘ida o‘zgarib, NAU667, BNL2443, BNL3347 va NAU5434 markerlari eng yuqori polimorfizm darajasini ko‘rsatdi. Klaster tahlili asosida genotiplar to‘rtta asosiy genetik guruhga ajratildi va populyatsiyalar o‘rtasida sezilarli genetik differentsiatsiya mavjudligi aniqlandi. PCR skriningi natijasida NAU3347 markerining allellari qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan, TMB1295 markerining allellari esa sho‘rlanishga chidamlilik bilan bog‘liqligi aniqlanib, T-2090, T-481 va T-2024 genotiplari yuqori chidamlilik ko‘rsatdi. Shuningdek, NAU3292 markerining 260 j.a. alleli tola mustahkamligi bilan ijobiy bog‘langanligi aniqlandi. Olingan natijalar SSR markerlari g‘o‘za genotiplarining genetik xilma-xilligini baholash hamda marker-assotsiyalangan seleksiya (MAS) dasturlarida foydalanish uchun samarali molekulyar vosita ekanligini ko‘rsatdi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarShavqiyev, J., O'., Mamarasulov, Salohiddinova, M., Azimov, A.
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-06-01
Jild8
Son4
Betlar101-116
TilIngliz
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i04.018

Kalit so‘zlar

G. barbadense L., SSR markerlari, genetik xilma-xillik, qurg‘oqchilikka chidamlilik, sho‘rlanishga chidamlilik, PCR tahlili, molekulyar seleksiya.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar