Ko‘cha chetida turargoh qidirgan avtomobillarning tirbandlikdagi ulushini hisoblash uslubi

Xalilova, Gulira’no, Raxmonov, Azimjon, Samatov, Rustam, Khalilova, Gulirano, Rakhmonov, Azimjon, Samatov, Rustam

Транспорт хабарномаси · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada, shahar markaziy ko‘chalarida ayniqsa, atrofida ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar ko‘p bo‘lgan ko‘chalarda turargoh qidirish, ko‘cha chetida to‘xtab turish holatlarini uchratamiz. Yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobillar sababli yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyati pasayishi, tirbandlikning ortishi va to‘xtamoqchi bo‘lgan avtomobillarning yo‘ldan o‘tayotgan transport oqimiga halaqit berish holatlariga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Ko‘chada turargoh qidirib yurgan transport vositalarining tirbandlikdagi ulushini hisoblash usuli ishlab chiqilgan.Ko‘cha chetida to‘xtab turgan transport vositalarining umumiy yo‘ldagi avtomobillarga ko‘rsatadigan ta’siri tadqiq qilinib, tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada Chorsu bozori atrofi Beruniy, A.Navoiy, Sakichmon ko‘chalari kuzatish, matematik hisob-kitoblar usullari orqali yo’ldagi transport vositalariga ko‘cha chetiga to‘xtab turgan va to‘xtamoqchi bo‘lgan avtomobillarning ta’siri hisoblab chiqilgan. Shu bilan birga ko‘cha chetida to‘xtab turgan avtomobillarning tirbandlikdagi ulushi hisoblab topilgan. Ushbu ulush tadqiq etilgan ko‘chalarda o‘rtacha 32 % ni tashkil etgan. Avtomobillarning ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar atrofida avtoturargohga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lganligi sababli, ko‘chada joy izlab yurish vaqti tadqiq etilganda o‘rtacha 6-10 minutni tashkil etishi aniqlandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXalilova, Gulira’no, Raxmonov, Azimjon, Samatov, Rustam, Khalilova, Gulirano, Rakhmonov, Azimjon, Samatov, Rustam
JurnalТранспорт хабарномаси
Nashr sanasi2025-11-21
Jild2
Son1
Betlar134-138
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

Traffic congestion, parking, space searching, time, multi-lane roads, observation method, city centers, vacant spaces, pricing, efficiency improvement, Tirbandlik, avtoturargoh, joy qidirish, vaqt, ko‘p palasali yo‘l, kuzatish usuli, shahar markazlari, bo‘sh joy, narxlash, samarasini oshirish

Ilmiy soha

Транспорт хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Транспорт хабарномаси — barcha maqolalar