Energoresurslardan tejamkorlik bilan foydalanish — davr talabi. Buning uchun foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritish uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, ya’ni ofis yoki yashash xonalaridan chiqayotganingizda elektr jihozlarini o‘chirib, tarmoqdan uzish orqali tejamkorlik tomon dastlabki qadamni tashlagan bo‘lasiz. Ish joyi va uy binosi xonalarini ko‘proq tabiiy yorug‘likdan (quyosh nuridan) foydalangan holda yoritishga harakat qilish ortidan ikkinchi qadamni bosasiz. Ko‘cha-ko‘yda, mahallada, dam olish maskanlari-yu boshqa jamoat joylarida foydalanilmayotgan elektr jihoz va qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yishni talab qilsangiz — energiya tejamkorligi va samaradorligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatib, uchinchi qadamni tashlashga muyassar bo‘lasiz. Zero, dono xalqimizda “Dengiz sohilida tahorat olgan bo‘lsang ham suvni keragidan ortig‘ini ishlatma”, degan ibratli naql bor. Ofis xonalarining eshik va deraza romlari qishda issiq, yozda sovuq haroratni saqlash uchun izolyatsiya qilingan bo‘lishi, energiya tejamkor maishiy texnika va yoritish uskunalaridan foydalanish — energiya samaradorligi uchun dastlabki qadam hisoblanadi. Xuddi shu kabi neft-gaz mahsulotlaridan ham tejamkorlik bilan foydalanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Isitish va sovitish jihozlaridan ham to‘g‘ri, oqilona foydalanish — energiya samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri. Ushbu ko‘rsatkichlar, avvalo, shaharsozlik loyihalari, bino-inshootlar qurilishini loyihalashtirish, qurilish materiallarini tanlash, sifatli qurish jarayoni, bino-inshootlarning ichki interyerini jihozlash, uni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish (bino-inshootlardan foydalanish) me’yorlariga amal qilish bilan chambarchas bog‘liq. Oddiy so‘z bilan aytganda, noto‘g‘ri qurilgan bino-inshootdan tortib noto‘g‘ri foydalanilgan oddiy maishiy uskuna-jihozlargacha — iqtisodiyotga katta zarar, jamiyat va davlat taraqqiyotining kushandasi hisoblanadi.Energetika sohasi, xususan, elektr energetika tarmog‘ida energiya samaradorligi va tejamkorligi bo‘yicha mavjud me’yoriy hujjatlarga asoslangan texnik-muhandislik tadbirlari olib boriladi. Shartli ravishda, elektr energetika sohasida texnologik sarflarni (yo‘qotishlarni) kamaytirish ham samarali ish koeffitsiyentining yorqin namunasi. Misol uchun, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar va 11 650 kilometr uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlarida bu ko‘rsatkich belgilangan me’yordan kamaytirilib, ishlab chiqarish samaradorligi oshib bormoqda. Bu o‘rinda ekspluatatsiya jarayonlarini to‘g‘ri bajarish muhim sanaladi. Har bir podstansiya yoki ma’muriy binolarda o‘z ehtiyoji uchun foydalaniladigan elektr energiyasi miqdorini ham kamaytirish — soha mutaxassislari oldiga Hukumat tomonidan qo‘yilgan vazifalardan biri sanaladi. Elektr obyektlarida xo‘jalik ehtiyoji uchun ishlatiladigan elektr energiyasi sarfini kamaytirish uchun ma’muriy binolar tomiga quyosh panellari va quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatilmoqda. Energiya tejamkorligi va samaradorligi oddiy, ko‘z ilg‘amas mayda tushunchalar yig‘indisi orqali shakllangani bilan energetika, shaharsozlik, uy-joy kommunal tizimiga, sanoat korxonalaridan tortib kichik va o‘rta biznes obyektlariga zamonaviy, raqamli dasturlar asosida ishlaydigan uskuna va jihozlar kirib kelmas ekan — energiya tejamkorligi va samaradorligi borasidagi harakatlarimiz teshik tog‘orada suv tashigan bilan barobar. Dastavval cho‘g‘lanma lampalardan tamoman voz kechib, zamonaviy tejamkor lampalarni harakat va yorug‘likni ilg‘ovchi sensorli qurilmalar bilan boyitib borishimiz kerak. Ko‘p quvvat talab etadigan suv nasoslari va boshqa elektr dvigatel qurilmalarini zamonaviy va ixcham, eng muhimi, kam quvvat talab qiladigan qurilmalarga almashtirish, shaharsozlik masalalari va urbanizatsiya muammolariga zamonaviy dasturlarni tatbiq etish bugungi kunning muhim vazifalari sanaladi. Bino-inshootlarning isitish tizimi tomonidan elektr energetika zimmasiga tushayotgan yukni kamaytirish, pirovardida bundan voz kechishga erishish eng og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda. Keyingi paytlarda energiyani tejash butun dunyoda ham xalqaro, ham davlat siyosatining asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Biz iste’molchi sifatida o‘z haq-huquqlarimizdan to‘liq foydalanishni istar ekanmiz, iste’molchi sifatida, mamlakat fuqarosi, shu aziz tuproqning bir farzandi sifatida energiya tejamkorligi va samaradorligi bo‘yicha o‘z vazifa-majburiyatlarimizni ham ado etishimiz shart.
| Mualliflar | Valiyeva, Aziza |
|---|---|
| Jurnal | Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт |
| Nashriyot | Тошкент давлат иқтисодиёт университети |
| ISSN | 2992-8982 |
| Nashr sanasi | 2024-08-08 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Iqtisodiyot |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-26 |
| APA | Valiyeva, Aziza (2024). Energiya - bu bizning eng qimmatli resursimiz. Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт. https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2834 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Valiyeva, Aziza Energiya - bu bizning eng qimmatli resursimiz // Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт. – 2024. |
| MLA | Valiyeva, Aziza. “Energiya - bu bizning eng qimmatli resursimiz.” Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт, 2024. https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2834 |
| Chicago | Valiyeva, Aziza. “Energiya - bu bizning eng qimmatli resursimiz.” Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт (2024). https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2834 |
| Harvard | Valiyeva, Aziza (2024) ‘Energiya - bu bizning eng qimmatli resursimiz’, Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт. https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2834 |
| BibTeX | @article{valiyevaaziza2024,
title = {Energiya - bu bizning eng qimmatli resursimiz},
author = {Valiyeva, Aziza},
journal = {Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт},
year = {2024},
url = {https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2834}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
This article examines the conceptual foundations and significance of effective collaboration between thepublic and private sectors in tourism, addressing issues such as improving tourism infrastructure, creating new…
Maqolada tijorat banklarining likvidligini ta’minlashda xorij tajribasini joriy qilish bilan bogʻliq boʻlgan dolzarbmuammolar aniqlangan hamda ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqola sanoat tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini statistik baholashga bag‘ishlangan.Asosiy maqsad - davlat tomonidan amalga oshirilayotgan siyosatlar va ularning sanoat tarmog‘iga ta'sirini…
В статье приведены научные работы по разработке специальной одежды. Приведены заключения посистематизации и анализу данных при проектировании специальной одежды для прядильщиков.
Dunyoda ko‘plab mamlakatlarda energiya iste'moli masalalari 1970-yillardan beri energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat siyosati va maxsus dasturlar orqali amalga oshirilmoqda.Bugungi kunda sanoat sektori…
Ushbu maqola tadbirkorlik faoliyatida mijozlar bilan barqaror aloqalarni ta’minlashda CRM (Customer RelationshipManagement) strategiyalarining rolini va ahamiyatini chuqur o‘rganishga bag'ishlangan. CRM tizimlari…
Maqolada agrar sohani rivojlantirishda investitsion loyihalarning o‘rni, ahamiyati nazariy jihatdan bayonqilingan bo‘lib, unda investitsion loyihalarning ta’rifi va turlari keltirilib, bugungi kunda sohaga…
В данной статье представлен детальный анализ тенденций развития инновационной деятельностисвободных экономических зон (СЭЗ) Узбекистана. Рассматриваются основные факторы, влияющие на иннова-ционную активность в СЭЗ, а…
Ushbu boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, resurslarning samarali taqsimoti va ishlab chiqarishnitakomillashtirish uchun zamonaviy innovatsiyalarni qo‘llash usullari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli…
Акционерные общества играют важную роль в экономической системе любой страны и являютсяключевыми участниками национальной экономики. Их влияние распространяется на различные аспекты эконо-мической деятельности, включая…
Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi
Maqolada marketing tadqiqotlarining iqtisodiy mazmuni, turlari va bozorni segmentlarga ajratish masalalariyoritilgan. Marketing tadqiqotlari atamasiga iqtisodchi olimlar tomonidan berilgan taʼriflar o‘rganilgan va…
Ushbu maqola dukkakli (mosh) bozor strategiyalarining Yevropaga barqaror qishloq xo‘jaligi eksportigako‘p qirrali ta’sirini va ularning sektorda yashil rivojlanishni rag‘batlantirishdagi rolini o‘rganadi. Atrof-muhit…
This study examines the association between Internet use and self-rated health and investigates the role of online health information behaviors in this relationship. Using data from the 2021 Chinese General Social…
На материалах, опубликованных по август 2024 года, исследуется достаточность бюджетного покрытия обязательств государственно-частного партнёрства. Предложена совместная проверка объёма, сроков и допустимых источников…
Maqolada O‘zbekiston sport tashkilotlarida sun’iy intellekt (SI) va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvning iqtisodiy samaradorlik bilan bog‘liqligini o‘rganish uchun rasmiy statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi…
The article analyzes the institutional formation and everyday educational practice of girls’ education in Turkestan in the late nineteenth and early twentieth centuries. It examines traditional schools led by otinoyi…
This study presents a comprehensive analysis of the geostrategic role of Khwarezm in the transregional trade system of Eurasia during the 9th–12th centuries, based on written sources, historiography, and archaeological…
В статье исследуется, почему налоговые и тарифные льготы могут не приводить к привлечению инвестиций в дата-центры для искусственного интеллекта (ИИ). На основе теории комплементарности М. Кремера построена…