Dunyoda ko‘plab mamlakatlarda energiya iste'moli masalalari 1970-yillardan beri energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat siyosati va maxsus dasturlar orqali amalga oshirilmoqda.Bugungi kunda sanoat sektori dunyodagi yillik birlamchi energiya iste'molining qariyb 40 foizini va global karbonat angidrid chiqindilarining taxminan shuncha qismini tashkil qiladi. Bu yo‘nalishda ISO 50001 xalqaro standarti qabul qilingan bo‘lib, u energiya samaradorligi masalalarini tartibga soladi.Energiya resurslaridan samarali (ratsional), ya'ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmui — energiya samaradorligiga beriladigan birlamchi ta’rifdir. Binolarning energiya ta'minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun tejamli energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Texnika va texnologiya rivojlanishining hozirgi darajasida yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda iqtisodiy jihatdan asoslangan samaradorlikka erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish ham shular jumlasidan.Energiya samaradorligiga oid tushuncha va bilimlar majmui muhandislik, iqtisod, huquq va ijtimoiy sohalar kesimida qaror topadi va har bir jamiyat uchun “qulay” shakllanadi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 30-may kuni iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.Taqdimotda yildan-yilga energiya resurslariga talab oshib borayotgan zamonda ulardan oqilona foydalanish, isrofgarchilikni kamaytirishni hayotning o‘zi taqozo etayotgani ta'kidlandi. Shu maqsadda, 2024-yilda hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar shakllantirilmoqda. Ushbu maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishga xalal bermagan holda energiya iste'molini samarali tashkil etish orqali muayyan hajmlarni tejashni nazarda tutadi.Shuningdek, iste'molchilarni energiya auditidan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, energiya auditi faqat xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkaziladi. Audit asosida tashkilot va korxonalar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va ularning ijrosi nazorat qilinadi. Bu borada shaffoflikni ta'minlash uchun energiya auditi xulosalari va undan keyin erishilgan natijalar yillik biznes-rejalarga kiritilib, kuzatuv kengashida tasdiqlanadi. Har bir tashkilot rahbarlariga energiya samaradorligi bo‘yicha KPI joriy etiladi.Iste'molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganliklari uchun amaldagi tarifga o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda qayta hisob-kitob qilish, iste'molchilar tomonidan majburiy energiya auditi o‘tkazish natijasida belgilangan chora-tadbirlarni muddatida bajarilmasligi, ushbu chora-tadbirlar bajarilishidan iqtisod qilinishi kutilgan yoqilg‘i-energetika resurslari qiymati miqdorida jarima qo‘llash tartibini joriy qilish masalasi o‘rganilmoqda.Yana bir taklif — tashkilotlar, hududlar va ko‘chmas mulk obyektlari kesimida energiya iste'moli reytingini joriy etish lozim. Bunda Energetika vazirligi tomonidan energiya sig‘imi eng yuqori va eng past bo‘lganlarning “10 taligi” yuritilib, ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.Taqdimotda energiyani tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va uni amalga oshirish choralari atroflicha muhokama qilindi.Davlatimiz rahbari taqdim etilgan takliflarni aloqador vazirlik va idoralar bilan birgalikda chuqur va puxta ishlab chiqish, ko‘rsatkichlarni xalq deputatlari mahalliy kengashlari muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiqligini ta'kidladi.
| Mualliflar | To‘ychieva, Vasila |
|---|---|
| Jurnal | Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт |
| Nashr sanasi | 2024-08-08 |
Energoresurslardan tejamkorlik bilan foydalanish — davr talabi. Buning uchun foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritish uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, ya’ni ofis yoki yashash xonalaridan chiqayotganingizda…
В статье приведены научные работы по разработке специальной одежды. Приведены заключения посистематизации и анализу данных при проектировании специальной одежды для прядильщиков.
Ushbu maqola tadbirkorlik faoliyatida mijozlar bilan barqaror aloqalarni ta’minlashda CRM (Customer RelationshipManagement) strategiyalarining rolini va ahamiyatini chuqur o‘rganishga bag'ishlangan. CRM tizimlari…
Ushbu maqola sanoat tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini statistik baholashga bag‘ishlangan.Asosiy maqsad - davlat tomonidan amalga oshirilayotgan siyosatlar va ularning sanoat tarmog‘iga ta'sirini…
Maqolada agrar sohani rivojlantirishda investitsion loyihalarning o‘rni, ahamiyati nazariy jihatdan bayonqilingan bo‘lib, unda investitsion loyihalarning ta’rifi va turlari keltirilib, bugungi kunda sohaga…
Maqolada tijorat banklarining likvidligini ta’minlashda xorij tajribasini joriy qilish bilan bogʻliq boʻlgan dolzarbmuammolar aniqlangan hamda ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
В данной статье представлен детальный анализ тенденций развития инновационной деятельностисвободных экономических зон (СЭЗ) Узбекистана. Рассматриваются основные факторы, влияющие на иннова-ционную активность в СЭЗ, а…
This article examines the conceptual foundations and significance of effective collaboration between thepublic and private sectors in tourism, addressing issues such as improving tourism infrastructure, creating new…
Ushbu boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish, resurslarning samarali taqsimoti va ishlab chiqarishnitakomillashtirish uchun zamonaviy innovatsiyalarni qo‘llash usullari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli…
Oʻzbekiston akademik tadbirkorlik, moslashuvchanlik va bardoshlikni rivojlantirishga qaratilgan muhitni yaratishda muhim yutuqlarga erishmoqda. Ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va iqtisodiy rivojlanish bilan…