Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan izchil oʻtkazib kelayotgan ochiq muloqotlari Hukumat va biznes munosabatlarining yangi davrini boshlab berdi. Shaffof va natijadorlikka yoʻnaltirilgan muloqotdan koʻzlangan asosiy maqsad ‒ tadbirkorlik sohasini tubdan isloh qilish, ayniqsa, tadbirkorlarning faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va samarali hal etishdan iborat. Prezident va tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqot konsepsiyasi oʻtmishdagi amaliyotdan farq qilgan holda, muloqot uchun toʻgʻridan-toʻgʻri kanal yaratish orqali Hukumat kichik biznesdan tortib, yirik korporatsiyalargacha boʻlgan barcha darajadagi biznes egalarini tinglashga qaratildi. Bu uchrashuvlar shunchaki tashkil etilmadi, balki unda yurtimiz tadbirkorlari oʻz muammolarini aytishlari yoki mavzu doirasida oʻzlarining tajribalari bilan oʻrtoqlashishlari, shuningdek, kundalik faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarga yechimlarni ham taklif etishlari mumkin boʻladi. Bu kabi uchrashuvlar davalat va biznes egalari uchun manfaatli uchrashuv platformasiga aylanib ulgurdi. Prezident va tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqot har gal qaysidir bir sohani rivojlanitirishga bagʻishlanadi va unga shu sohada faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar taklif etiladi. Mazkur ochiq muloqot koʻpgina tadbirkorlar uchun byurokratik qogʻozbozlikdan tortib, moliyalashtirishdagi qiyinchiliklargacha boʻlgan muammolarni hal qilish uchun muhim imkoniyatga aylandi. Prezidentimiz uchrashuvlarda tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy oʻsishiga taʼsir qiluvchi omil ekanligini doim taʼkidlab kelmoqda. Hukumatning pozitsiyasi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish orqali xususiy sektorning oʻsishiga koʻmaklashish va yanada rivojlantirishdir. Buni ushbu uchrashuvlardan keyin amalga oshirilayotgan sohaga doir siyosiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, ayniqsa, byurokratik toʻsiqlarni olib tashlash va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni joriy etishda yaqqol koʻrish mumkin. Qolaversa, bu oʻzaro hamkorlik Hukumat va ishbilarmon doiralar oʻrtasida ishonch hissini uygʻotadi. Tadbirkorlar endi ularning ovozi eshitilayotganini, mehnatlari qadrlanayotganini his qilmoqdalar. Bu esa kelajakda biznes egalarining innovatsion gʻoyalarni yaratish va yangi tashubbuslar bilan chiqishga undaydi. Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan izchil oʻtkazilayotgan uchrashuvlari Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyotining yangi davrini boshlab berdi. Prezident va tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqot shunchaki muhokama maydoni emas, balki Oʻzbekiston ishbilarmonlik muhitini qayta shakllantirishga tayyor boʻlgan istiqbolli tashabbusdir. Ulkan islohotlardagi mazkur tashabbus halol va konstruktiv suhbatlar uchun imkon yaratib, oʻzaro hurmat va hamkorlik muhitini shakllantirdi. Bu kabi ochiq muloqotlarning oʻtkazilishi Oʻzbekiston biznes subyektlariga yuqori taʼsir koʻrsatib, u nafaqat istiqbolli islohotlarga, balki tadbirkorlar oʻrtasida Hukumatga boʻlgan ishonch va vatanparvarlik hissini yanada oshishiga olib keladi.
| Mualliflar | Sharopova, Nafosat |
|---|---|
| Jurnal | Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт |
| Nashriyot | Тошкент давлат иқтисодиёт университети |
| ISSN | 2992-8982 |
| Nashr sanasi | 2024-09-06 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Iqtisodiyot |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-26 |
| APA | Sharopova, Nafosat (2024). Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti va uning biznesga taʼsiri. Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт. https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2788 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Sharopova, Nafosat Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti va uning biznesga taʼsiri // Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт. – 2024. |
| MLA | Sharopova, Nafosat. “Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti va uning biznesga taʼsiri.” Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт, 2024. https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2788 |
| Chicago | Sharopova, Nafosat. “Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti va uning biznesga taʼsiri.” Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт (2024). https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2788 |
| Harvard | Sharopova, Nafosat (2024) ‘Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti va uning biznesga taʼsiri’, Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт. https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2788 |
| BibTeX | @article{sharopovanafosat2024,
title = {Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti va uning biznesga taʼsiri},
author = {Sharopova, Nafosat},
journal = {Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт},
year = {2024},
url = {https://www.yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/2788}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Nam materiallarni quritish jarayonini tezligini oshirish hamda energiya tejamli, ish unumdorligi yuqori kombinatsiyalanganquritish qurilmasi loyihasi hamda kompyuter modelini ishlab chiqishdan iborat. Bunda belgilangan…
Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda logistika oqimlarinitashkil etish muammolari aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini transformatsiyalash jarayonlarida masofaviy bankxizmat turlari tahlil qilingan. Tijorat banklarining masofaviy bank xizmat turlarining oson va qulay shakli “Digital…
Ushbu maqolada xorijiy tajriba, davlat moliyasi siyosatini amalga oshirishda budjet daromadlarini oshirishstrategiyalarining samaradorligini namoyish etadi. Mazkur tadqiqot AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Osiyodagi…
Maqolada oila, mahalla, tarixiy va madaniy meros, milliy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiymunosabatlar, tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lgan hamda taʼlim tashkilotlarida yil davomida oʻtkaziladigan…
Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatini samarali yuritishda isteʼmolilar xulq-atvorini o‘rganishning nazariyva ilmiy asoslari batafsil yoritilgan. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida O‘zbekistonlik isteʼmolchilarning…
This article is devoted to the consideration of the socio-economic, technological efficiency of the development ofbanking services in commercial banks of Uzbekistan. In addition, the article analyzes the factors that…
Viticulture is in an important position for the agricultural sector in Turkey. The historical background of viticulturein Anatolian and the fact that Anatolian lands have ecologically suitable conditions for viticulture…
Maqolada xizmatlar ko‘rsatish sohasining biq qismi bo‘lgan aloqa xizmatlarini ko‘rsatish sohasining bugungiholati, xizmatlar sohasidagi ulushi, bugungi kunda foydalanilayotgan aloqa xizmatlarining turlari, muammolari va…
Ushbu maqolada mamlakatlarga xos xatarlarni baholash borasidagi metodologiyalar, xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining CRAM modeli, Xalqaro Valyuta Fondining uch toifadagi mamlakatlar uchun risk…
Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi
The issues of full digitalization of business and marketing activities are considered as one of the priority areas of the global economy. Digitization of marketing research processes that are carried out today in order…
Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatini samarali yuritishda isteʼmolilar xulq-atvorini o‘rganishning nazariyva ilmiy asoslari batafsil yoritilgan. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida O‘zbekistonlik isteʼmolchilarning…
Ushbu maqola O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida xorijlik talabalar sonini oshirishda yashil marketingstrategiyalarining samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Asosiy maqsad dunyoning yetakchi…
This study examines the association between Internet use and self-rated health and investigates the role of online health information behaviors in this relationship. Using data from the 2021 Chinese General Social…
На материалах, опубликованных по август 2024 года, исследуется достаточность бюджетного покрытия обязательств государственно-частного партнёрства. Предложена совместная проверка объёма, сроков и допустимых источников…
Maqolada O‘zbekiston sport tashkilotlarida sun’iy intellekt (SI) va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvning iqtisodiy samaradorlik bilan bog‘liqligini o‘rganish uchun rasmiy statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi…
The article analyzes the institutional formation and everyday educational practice of girls’ education in Turkestan in the late nineteenth and early twentieth centuries. It examines traditional schools led by otinoyi…
This study presents a comprehensive analysis of the geostrategic role of Khwarezm in the transregional trade system of Eurasia during the 9th–12th centuries, based on written sources, historiography, and archaeological…
В статье исследуется, почему налоговые и тарифные льготы могут не приводить к привлечению инвестиций в дата-центры для искусственного интеллекта (ИИ). На основе теории комплементарности М. Кремера построена…