Ko‘chmas mulk qiymatini ommaviy baholash uchun kobb-duglas gibrid modelini qo‘llash

Xushvaqtov , Jasur

Муҳандислик ва Иқтисодиёт · 2026-yil

Annotatsiya

Ko‘chmas mulkning bugungi kunda aniqlanadigan qiymati davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish(ekspropriatsiya)dan tortib soliqqa tortish, hududiy zonalashtirish, sug‘urtalash, qiymatga asoslangan savdo hamdashahar transformatsiyasigacha bo‘lgan keng ko‘lamli sohalarda qo‘llanilmoqda. Foydalanish doirasi shu qadar kengbo‘lgan ko‘chmas mulkni baholash masalasi mamlakatimizda ham, dunyoning ko‘plab davlatlarida ham muhim iqtisodiyahamiyat kasb etadi.Biroq, zamonaviy talablarning o‘zgaruvchanligi sharoitida tezkor yechimlarni taklif etuvchi an’anaviy yakka tartibdagibaholash usullari — daromad, taqqoslash va xarajat yondashuvlari — ayrim hollarda yetarli darajada samarali bo‘lmayqolmoqda. Shu sababli, keng qamrovli va tizimli yechimlarni taqdim etuvchi ko‘chmas mulkni ommaviy baholashkonsepsiyasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Ommaviy baholash tizimlari yordamida yuzlab ko‘chmas mulk obyektlarining qiymatini bir vaqtning o‘zida aniqlash vaularni adolatli soliqqa tortish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, ushbu tizimlar asosida shakllantirilgan ko‘chmas mulkqiymat xaritalari urbanizatsiya siyosati nuqtai nazaridan muhim funksional ma’lumotlarni taqdim etadi.Mazkur tadqiqotda 34 ta mezon asosida ommaviy baholash tizimiga chiziqsiz regressiya yondashuvi asosida Kobb–Duglas gibrid modeli qo‘llanildi. Shu bilan birga, ayni ma’lumotlar to‘plami asosida chiziqli regressiya modeli ham ishlabchiqilib, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslandi. Natijalarga ko‘ra, chiziqli regressiya modeli taxminan82 foiz aniqlikka erishgan bo‘lsa, Kobb–Duglas gibrid modeli 85 foiz aniqlikni namoyon etdi. Model natijalari va bozorqiymatlarini solishtirish uchun MAE, MAPE va RMSE ko‘rsatkichlari hisoblab chiqildi. Shuningdek, ushbu modellaryordamida uzoq muddatli istiqbolda ko‘chmas mulk qiymatini tezkor va iqtisodiy jihatdan samarali aniqlash imkoniyatimavjudligi asoslandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXushvaqtov , Jasur
JurnalМуҳандислик ва Иқтисодиёт
NashriyotПлеханов номидаги Россия иқтисодиёти университетининг Тошкент шаҳридаги филиали
ISSN3060-463X, 3060-463X
Nashr sanasi2026-03-01
Jild4
Son3
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

ko‘chmas mulk, ommaviy baholash, chiziqli regressiya, Kobb–Duglas gibrid modeli, MAE, MAPE, RMSE

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAXushvaqtov , Jasur (2026). KO‘CHMAS MULK QIYMATINI OMMAVIY BAHOLASH UCHUN KOBB-DUGLAS GIBRID MODELINI QO‘LLASH. Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 4(3). https://muhandislik-iqtisodiyot.uz/index.php/journal/article/view/2349
GOST (OAK)Xushvaqtov , Jasur KO‘CHMAS MULK QIYMATINI OMMAVIY BAHOLASH UCHUN KOBB-DUGLAS GIBRID MODELINI QO‘LLASH // Муҳандислик ва Иқтисодиёт. – 2026. – T. 4, № 3.
MLAXushvaqtov , Jasur. “KO‘CHMAS MULK QIYMATINI OMMAVIY BAHOLASH UCHUN KOBB-DUGLAS GIBRID MODELINI QO‘LLASH.” Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 4(3), 2026. https://muhandislik-iqtisodiyot.uz/index.php/journal/article/view/2349
ChicagoXushvaqtov , Jasur. “KO‘CHMAS MULK QIYMATINI OMMAVIY BAHOLASH UCHUN KOBB-DUGLAS GIBRID MODELINI QO‘LLASH.” Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 4(3) (2026). https://muhandislik-iqtisodiyot.uz/index.php/journal/article/view/2349
HarvardXushvaqtov , Jasur (2026) ‘KO‘CHMAS MULK QIYMATINI OMMAVIY BAHOLASH UCHUN KOBB-DUGLAS GIBRID MODELINI QO‘LLASH’, Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 4(3). https://muhandislik-iqtisodiyot.uz/index.php/journal/article/view/2349
BibTeX
@article{xushvaqtovjasur2026,
  title = {KO‘CHMAS MULK QIYMATINI OMMAVIY BAHOLASH UCHUN KOBB-DUGLAS GIBRID MODELINI QO‘LLASH},
  author = {Xushvaqtov , Jasur},
  journal = {Муҳандислик ва Иқтисодиёт},
  year = {2026},
  volume = {4},
  number = {3},
  url = {https://muhandislik-iqtisodiyot.uz/index.php/journal/article/view/2349}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Муҳандислик ва Иқтисодиёт jurnalidan boshqa maqolalar

Муҳандислик ва Иқтисодиёт — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Xushvaqtov , Jasur — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari