Noalkogol jigar yog'li kasalligi bilan og'rigan bemorlarda qon zardobidagi seramidlar darajasining klinik-demografik xususiyatlar bilan bog'liqligi

Nasirdinov, Murodjon, Salohiddinov, Zuhriddin

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Noalkogol jigar yog'li kasalligi (NJYK) zamonaviy gepatologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda, uning patogenezida sfingolipidlar sinfiga mansub bioaktiv lipid - seramidning o'rni so'nggi yillarda faol o'rganilmoqda. Ushbu maqolada NJYK bilan og'rigan bemorlarda qon zardobidagi seramid darajasining klinik-demografik ko'rsatkichlar (jins, yosh, tana vazni indeksi) bilan bog'liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotga jami 84 nafar shaxs - nazorat guruhi (n=29), jigar steatozi guruhi (n=28) va noalkogol steatogepatit guruhi (n=27) - jalb etildi. Seramid konsentratsiyasi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi-mass-spektrometriya (HPLC-MS) usuli bilan aniqlandi. Natijalarga ko'ra, seramid darajasi NJYK guruhlarida nazorat guruhiga nisbatan statistik ahamiyatli yuqori bo'ldi (Kruskal-Wallis H=42,620; p<0,001), bunda jinsga bog'liq tendensiya (ayollarda nisbatan yuqoriroq, biroq statistik ahamiyatsiz) hamda yosh guruhlari kesimida farqlar (eng yuqori ko'rsatkich 45-59 yosh guruhida, H=6,329; p=0,042) qayd etildi. Tana vazni indeksi yuqori bemorlarda seramid darajasi ham yuqoriroq tendensiyaga ega bo'ldi, biroq bu bog'liqlik statistik ahamiyat darajasiga yetmadi. Olingan ma'lumotlar seramidning NJYK klinik-demografik xususiyatlari bilan kompleks bog'liqligini va uni kasallikning erta bosqichlarida baholashda istiqbolli laborator ko'rsatkich sifatida o'rganish zarurligini asoslaydi

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNasirdinov, Murodjon, Salohiddinov, Zuhriddin
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
NashriyotТТА Урганч филиали
ISSN3093-8740, 2012-2021
Nashr sanasi2026-08-17
Jild2
Son4
Betlar286-292
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

noalkogol jigar yog'li kasalligi, seramid, sfingolipidlar, jigar steatozi, steatogepatit

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APANasirdinov, Murodjon, & Salohiddinov, Zuhriddin (2026). NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA QON ZARDOBIDAGI SERAMIDLAR DARAJASINING KLINIK-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(4), 286-292. http://journal.urdti.uz/index/article/view/970
GOST (OAK)Nasirdinov, Murodjon, Salohiddinov, Zuhriddin NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA QON ZARDOBIDAGI SERAMIDLAR DARAJASINING KLINIK-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. – 2026. – T. 2, № 4. – B. 286-292.
MLANasirdinov, Murodjon, and Salohiddinov, Zuhriddin. “NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA QON ZARDOBIDAGI SERAMIDLAR DARAJASINING KLINIK-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(4), 286-292, 2026. http://journal.urdti.uz/index/article/view/970
ChicagoNasirdinov, Murodjon, and Salohiddinov, Zuhriddin. “NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA QON ZARDOBIDAGI SERAMIDLAR DARAJASINING KLINIK-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(4), 286-292 (2026). http://journal.urdti.uz/index/article/view/970
HarvardNasirdinov, Murodjon, and Salohiddinov, Zuhriddin (2026) ‘NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA QON ZARDOBIDAGI SERAMIDLAR DARAJASINING KLINIK-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI’, Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(4), 286-292. http://journal.urdti.uz/index/article/view/970
BibTeX
@article{nasirdinovmurodjon2026,
  title = {NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA QON ZARDOBIDAGI SERAMIDLAR DARAJASINING KLINIK-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI},
  author = {Nasirdinov, Murodjon and Salohiddinov, Zuhriddin},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year = {2026},
  volume = {2},
  number = {4},
  pages = {286-292},
  url = {http://journal.urdti.uz/index/article/view/970}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Nasirdinov, Murodjon — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari