PREDIABET XAVF OMILLARI VA ULARNING SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGINING KLINIK NAMOYON BO‘LISHIGA TA'SIRI

Soliyeva, Madina

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotning maqsadi surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuY) bilan og‘rigan bemorlarda prediabet rivojlanishiga olib keluvchi asosiy xavf omillarini aniqlash hamda uglevod almashinuvi buzilishlarining kasallikning klinik kechishiga ta’sirini baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot Andijon Respublikasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Kardiologiya filialida amalga oshirildi. Unda surunkali yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan 60 nafar bemor ishtirok etdi. Asosiy guruhni SYuY va prediabet aniqlangan 30 nafar bemor, nazorat guruhini esa uglevod almashinuvi buzilishlari kuzatilmagan 30 nafar SYuY bemori tashkil etdi. Barcha ishtirokchilarda klinik holat, antropometrik ko‘rsatkichlar, laborator tahlillar hamda surunkali yurak yetishmovchiligining funksional sinfi kompleks baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, prediabet mavjud bemorlarda semizlik, abdominal semizlik va insulin rezistentligi sezilarli darajada ko‘proq uchrashi, shuningdek, surunkali yurak yetishmovchiligining klinik belgilari yanada yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda prediabetni erta aniqlash va kardiometabolik asoratlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSoliyeva, Madina
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
Nashr sanasi2026-08-02
Jild2
Son2
Betlar638-643
TilIngliz

Kalit so‘zlar

surunkali yurak yetishmovchiligi, prediabet, insulin rezistentligi, xavf omillari, semizlik

Ilmiy soha

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar