Hbv dnk-negativ holat va okkult hbv infeksiyasi. Klinik va diagnostik ahamiyati

Raximova , Durdona

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Surunkali gepatit B — qonda yoki zardobda HBsAg 6 oydan ortiq muddat davomida aniqlanishi bilan ta’riflanadi. HBV DNK-negativ surunkali virusli gepatit B (inaktiv tashuvchi holati) — bu HBsAg ijobiy bo‘lgan bemorlarda HBV DNK darajasi past (<2000 IU/mL, ko‘pincha undetectable), alaninaminotransferaza (ALT) normal va jigarda nekroinflamatsiya hamda fibroz minimal darajada bo‘ladigan holatdir. Ushbu holat past replikativ faza yoki inaktiv tashuvchilik fazasi sifatida tavsiflanadi va ko‘pincha HBeAg-manfiy, anti-HBe ijobiy serologik profil bilan kechadi. Okkult HBV infeksiyasi (yashirin gepatit B) esa HBsAg manfiy bo‘lgan holda, qonda yoki jigarda HBV DNK (odatda past darajada) aniqlanadigan klinik holatdir. Bu holatda virus immun nazorat ostida saqlanib qoladi va ko‘pincha anti-HBc ijobiy bo‘ladi. Ushbu ikki holat ham klinik va diagnostik jihatdan muhim ahamiyatga ega, chunki immunosupressiya, kemoterapiya, gormonal davolash yoki organ transplantatsiyasi paytida virus reaktivatsiyasi xavfi yuqori bo‘ladi. Xususan, qon donorlari, gemodializ bemorlari va immuniteti pasaygan shaxslarda ehtiyotkorlik talab etiladi. Ushbu maqolada HBV DNK-negativ holatning (inaktiv tashuvchilik) va okkult virusli gepatit B ning klinik xususiyatlari, diagnostik tamoyillari, monitoring strategiyalari ko‘rib chiqiladi hamda jahon va O‘zbekistondagi epidemiologik ma’lumotlar tahlil qilinadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRaximova , Durdona
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
NashriyotТТА Урганч филиали
ISSN3093-8740, 2012-2021
Nashr sanasi2026-07-30
Jild2
Son3/1
Betlar515-521
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

HBV DNK-negativ, okkult HBV infeksiyasi, qHBsAg, cccDNA, reaktivatsiya

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APARaximova , Durdona (2026). HBV DNK-NEGATIV HOLAT VA OKKULT HBV INFEKSIYASI. KLINIK VA DIAGNOSTIK AHAMIYATI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3/1), 515-521. http://journal.urdti.uz/index/article/view/836
GOST (OAK)Raximova , Durdona HBV DNK-NEGATIV HOLAT VA OKKULT HBV INFEKSIYASI. KLINIK VA DIAGNOSTIK AHAMIYATI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. – 2026. – T. 2, № 3/1. – B. 515-521.
MLARaximova , Durdona. “HBV DNK-NEGATIV HOLAT VA OKKULT HBV INFEKSIYASI. KLINIK VA DIAGNOSTIK AHAMIYATI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3/1), 515-521, 2026. http://journal.urdti.uz/index/article/view/836
ChicagoRaximova , Durdona. “HBV DNK-NEGATIV HOLAT VA OKKULT HBV INFEKSIYASI. KLINIK VA DIAGNOSTIK AHAMIYATI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3/1), 515-521 (2026). http://journal.urdti.uz/index/article/view/836
HarvardRaximova , Durdona (2026) ‘HBV DNK-NEGATIV HOLAT VA OKKULT HBV INFEKSIYASI. KLINIK VA DIAGNOSTIK AHAMIYATI’, Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(3/1), 515-521. http://journal.urdti.uz/index/article/view/836
BibTeX
@article{raximovadurdona2026,
  title = {HBV DNK-NEGATIV HOLAT VA OKKULT HBV INFEKSIYASI. KLINIK VA DIAGNOSTIK AHAMIYATI},
  author = {Raximova , Durdona},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year = {2026},
  volume = {2},
  number = {3/1},
  pages = {515-521},
  url = {http://journal.urdti.uz/index/article/view/836}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Raximova , Durdona — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari