YURAK ISHEMIK KASALLIGIDA INTEGRIN GENLAR POLIMORFIZMI VA ERUVCHAN FIBRIN-MONOMER KOMPLEKSINING GIPERKOAGULYATSION SINDROM RIVOJLANISHIDAGI ROLI

Nasretdenova, Dildora

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada yurak ishemik kasalligi (YIK) bilan og'riyotgan bemorlarda ikkita patogenetik muhim mexanizm — integrin genlar polimorfizmi va eruvchan fibrin-monomer kompleksi (EFMK) — birgalikda tahlil qilinadi. Maqsad: YIK bemorlarida ITGB3 (rs918, Leu59Pro T>C) va ITGA2 (rs1126643, 807C>T) genlarining alel chastotasini aniqlash, shuningdek EFMK ko'rsatkichining diagnostik va patogenetik ahamiyatini baholash. Material va usullar: Genotiplash 118 nafar YIK bemorida PCR-RFLP usulida amalga oshirildi; 32 nafar bemorning venoz qonida EFMK darajasi o'lchandi. Natijalar: ITGB3 rs918 mutant C alleli bemorlarning 45,8% ida, ITGA2 rs1126643 mutant T alleli 41,7% ida aniqlandi. EFMK o'rtacha darajasi 4,56 ± 0,36 mg/dl ni tashkil etdi; bemorlarning 18,75% ida me'yordan oshgan EFMK qayd etildi. Xulosa: Integrin polimorfizmlari trombotsit faolligini kuchaytirsa, EFMK oshishi koagulyatsion kaskad faollashuvini aks ettiradi — ushbu ikkala mexanizm sinergistik tarzda giperkoagulyatsion sindrom shakllanishiga zamin yaratadi. Ikkala biomarker YIK bemorlarida trombotik xavfni individuallashtirishda farmakogenetik va diagnostik ahamiyatga ega

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNasretdenova, Dildora
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
Nashr sanasi2026-07-20
Jild2
Son4
Betlar95-101
TilIngliz

Kalit so‘zlar

yurak ishemik kasalligi, integrin genlar, ITGB3, ITGA2, polimorfizm

Ilmiy soha

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar