Yashil buxgalteriya hisobi: buxgalteriya hisobida uglerod chiqindilarini hisobga olishning nazariy yondashuvlari

Xalilov , Sherzod

Муҳандислик ва Иқтисодиёт · 2025-yil

Annotatsiya

Maqolada uglerod chiqindilarini hisobga olish va ularni buxgalteriya hisobot tizimigaintegrasiya qilishning ilmiy-amaliy asoslari tadqiq etilgan. Maqolada global iqlim oʻzgarishlarisharoitida korxonalarning ekologik samaradorligini oshirish, barqaror rivojlanish tamoyillarinita'minlash va moliyaviy hisobotlarda uglerod chiqindilarini shaffof aks ettirishning ahamiyati kengyoritilgan. Uglerod hisobotini amalga oshirishda xalqaro standartlar – GRI, TCFD, ISSB va CDPkabi tizimlar, shuningdek GHG Protocol va ISO 14064 kabi hisoblash metodologiyalari tahlilqilindi. Oʻzbekiston sharoitida ham milliy hisob tizimini xalqaro tajriba bilan uygʻunlashtirgan holda,uglerod bilan bogʻliq aktiv va majburiyatlarni moliyaviy hisobotlarda hisobga olish mexanizmlaritaklif qilingan. Shu maqsadda uglerod hisobotining toifalari (Scope 1, 2, 3), ma'lumot toʻplash vahisoblash usullari, iqtisodiy baholash vositalari hamda ularni moliyaviy hisobga integrasiya qilishboʻyicha amaliyot va jadvallar asosida tizimli yondashuv bayon etilgan. Oʻzbekistonda “yashiliqtisodiyot”ga oʻtish jarayonida uglerod hisobotini milliy moliyaviy hisobot tizimiga bosqichmabosqichjoriy etishning dolzarbligi, xalqaro standartlarga mos shaffof hisobot modelini shakllantirishzarurligi ilmiy asoslangan holda asoslab berilgan

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXalilov , Sherzod
JurnalМуҳандислик ва Иқтисодиёт
Nashr sanasi2025-04-07
Jild3
Son4
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

yashil iqtisodiyot, uglerod hisobi, integrasiya, IFRS -S1, S2, GHG Protocol.

Ilmiy soha

Муҳандислик ва Иқтисодиёт jurnalidan boshqa maqolalar

Муҳандислик ва Иқтисодиёт — barcha maqolalar