Sholg‘om oq kapalagi Pieris rapae L. ga qarshi entomopatogen nematodalar samaradorligini baholash

R.MARIPOVA

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotlarning maqsadi, entomopatogen nematodalardan foydalanish orqali sholg‘om oq kapalagiga qarshi biologik kurashishning istiqbolli yondashuvini ishlab chiqishdir. Annotation. The aim of this research is to develop a promising approach to biological control of the radish white butterfly through the use of entomopathogenic nematodes.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarR.MARIPOVA
JurnalAgro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
Nashr sanasi2026-04-01
Son5
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

radish, nematodes, biological control, entomopathogenic nematodes, Steinernema carpocapsae, Heterorhabditis bacteriophora, pupa Kirish. Entomopatogen nematodalar samarali biologik nazorat agentlari sifatida, bugungi kunda dunyo bo‘yicha dala ekinlari, sabzavot va mevalardagi bir qator asosiy zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladi [1]. Sholg‘om oq kapalagi (Pieris rapae L.) Brassicaceae oilasiga mansub ekinlarning, jumladan, sholg‘omning muhim zararkunan- dasi hisoblanadi. An’anaviy kimyoviy insektitsidlar atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va zararkunandalarda rezistentlikni kelt- irib chiqarishi sababli, biologik nazorat usullariga qiziqish ortib bormoqda. Entomopatogen nematodalar (EPN) esa o‘zlarining xavfsizligi, samaradorligi va ekologik tozaligi tufayli istiqbolli biologik agentlar sifatida qaralmoqda. Ushbu tadqiqotda ma- halliy tabiatdan ajratib olingan ikki turdagi EPN - Steinernema carpocapsae va Heterorhabditis bacteriophora ning sholg‘om oq kapalagiga qarshi biologik kurash samaradorligi laboratoriya sharoitida o‘rganildi. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan mahalliy tuproqdan ajratib olingan entomopatogen nematodalar sholg‘omning asosiy zararkunandalaridan sholg‘om oq kapalagi zararkunandasiga qarshi samarali bioagent bo‘lishi mumkin. Tadqiqot materiallari va uslublari. Entomopatogen nema- todalarni in vivo usulda ko‘paytirish uchun daladan yig‘ilgan tuproq namunalaridan barcha qoldiqlar olib tashlanadi. Lozim bo‘lsa, suv sepib, tuproq namligi yaxshilanadi. Tayyor bo‘lgan tuproq namunasini qopqoqli plastik idishlarga joylashtiriladi va har bir tuproq namunasi yuzasiga G.mellonella ning so‘nggi yoshdagi o‘nta lichinkalarini joylashtiriladi. Nihoyat plastik idishlarni qopqoq bilan yopib teskari holda 55% nisbiy namlik (RH) hamda 25° C haroratda qorong‘i joyda inkubatsiya qilinadi. Entomopatogen nematodalar bilan zararlanishning o‘ziga xos belgilari kuzatilgan jonsiz lichinkalarni 7 kundan so‘ng tuproqdan olinadi va uchinchi infeksion bosqichdagi entomopatogen nematodalarni yig‘ib olish uchun ularni “Oq tuzoq”qa (White trap) qo‘yiladi. Entomopatogen nematodani aniqlash o‘lik lichinkalar- ning rang xususiyatlariga qarab belgilanadi. Bunda mum kuyasi lichinkalari Steinernema avlodi - uchinchi infeksion bosqichdagi entomopatogen nematodalari bilan zararlangan bo‘lsa, kulrang rangga kirsa, Heterorhabditis avlodi - uchinchi infeksion bosqich- dagi entomopatogen nematodalari bilan zararlangan bo‘lsa qizg‘ish – siyohrangga kiradi. Zararlangan mum kuyasi murdalaridan entomopatogen ne- matodalarni yig‘ishda “Oq tuzoq” usuli yordam beradi. Bunda katta plastik idishning ichiga Petri idishini pastki qismini teskari holda joylashtiriladi. So‘ngra plastik idishga 200 ml steril holdagi distillangan suv quyiladi. Petri idishiga dumaloq shakldagi What- man filtr qog‘ozi qo‘yiladi. Muhimi filtr qog‘ozining atrofi plastik idishdagi suvga tegib turishini ta’minlash lozim. Shundan so‘ng Petri idishidagi filtr qog‘oziga har bir tuzoq uchun taxminan 2-4 donadan 10 donagacha mum kuyasi lichinkalari joylashtiriladi. Plastik idishni qopqoq bilan yopilib, idishni 20-27° C haroratda inkubatsiya qilinadi. 8 kundan keyin o‘lik mum kuyasi lichinkalari- dan yangi entomopatogen nematodalar hosil bo‘lib, 8-20 kun da- vomida tuzoqdagi filtr qog‘ozi yaqinidagi suvdan yig‘iladi. So‘ngra nematodalardan iborat yig‘ilgan suvni 100 ml lik stakanga solib, 30 daqiqa davomida idish tubiga cho‘ktiriladi. Kerakli vaqt o‘tgandan so‘ng idishga sterillangan distillangan suv to‘ldirib, nematodalar yuviladi, ushbu jarayonni 3-4 marta toki suspenziya tiniq holda ko‘ringuncha takrorlanadi. Jarayon so‘nggida suspenziyani toza, shaffof to‘qima madaniyati kolbasiga to‘planadi. Maxsus kolba ustidagi yorliqqa yig‘ib olish vaqti va sanasi hamda nematoda turi qayd qilinadi. Entomopatogen nematodalar mavjud suspen- ziya solingan maxsus kolbani inkubatorda 10-15 °C haroratda saqlanadi. [2, 3]. Sholg‘om oq kapalagiga qarshi biologik kurash. Tadqiqotda sholg‘om oq kapalagining (Pieris rapae L.) g‘umbaklariga qarshi Steinernema carpocapsae va Heterorhabditis bacteriophora turlarining samaradorligi baholandi. G‘umbaklar Petri idishlariga joylashtirilib, har bir idishga 10 ta g‘umbak va 250 dona/ml konsentratsiyali EPN suspenziyasi kiritildi. Zararlanish darajasi 24, 48 va 72 soatdan keyin baholandi. Barcha tajribalar 25±2°C harorat, 60±5% nisbiy namlik va 16:8 soat (yorug‘lik:qorongʻilik) fotoperiodizm sharoitida o‘tkazildi. Olingan natijalarga ko‘ra, har ikkala entomopatogen nema- toda turi ham (Heterorhabditis bacteriophora va Steinernema carpocapsae) sholg‘om oq kapalagining g‘umbaklariga nisbatan, редька, нематоды, Биологическая борьба, энтомопатогенные нематоды, Steinernema carpocapsae, Heterorhabditis bacteriophora, куколка

Ilmiy soha

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) jurnalidan boshqa maqolalar

Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) — barcha maqolalar