Ekstraksiya usuli va nisbatiga bog‘liq holda shirinmiya (glycyrrhiza glabra l.), shalfey (salvia officinalis l.) va omanqora (inula helenium l.) o‘simliklari aralashmalarining antioksidant faolligini tahlil qilish

A’zamjonova, Feruzakhon, Usmonova, Saida, Tukhtaboev, Nozimjon

FarDU ilmiy xabarlari · 2020-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda Glycyrrhiza glabra L. (shirinmiya), Salvia officinalis L. (shalfey) va Inula helenium L. (omanqora) o‘simliklaridan turli nisbatlarda suvli va etanolli ekstraktlar tayyorlanib, ularning antioksidant faolligi o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi aralashma tarkibi va ekstraksiya muhiti (suv yoki etanol) o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda eng yuqori faollikka ega kompozitsiyani belgilashdan iborat edi. Ekstraktlar ikki xil usulda olindi: suvli ekstraktlar 10 daqiqa davomida qaynatildi, 96 % li etanolli ekstraktlar esa 60 °C haroratda ultratovush yordamida tayyorlandi. Aralashmalar 1:1:1 (K1), 2:1:1 (K2), 1:2:1 (K3) va 1:1:2 (K4) nisbatlarda, shuningdek alohida ekstraktlar (K5- shirinmiya, K6- shalfey, K7- omanqora) holida sinovdan o‘tkazildi. Antioksidant faollik adrenalinning in vitro sharoitdagi auto-oksidlanish reaksiyasini ingibitsiya qilish orqali baholanib, λ = 347 nm to‘lqin uzunligida spektro-fotometrik usulda o‘lchandi. Olingan natijalarga ko‘ra, eng yuqori individual faollik suvli shalfey ekstraktida- 29,8% ni tashkil etdi, etanolli ekstraktlar orasida esa shirinmiya ekstrakti 15,8% ko‘rsatkich bilan yetakchi bo‘ldi. Aralashmalar ichida suvli K-4 (1:1:2) ekstrakti 18,9%, etanolli K-1 (1:1:1) ekstrakti esa 15,4% antioksidant faollik namoyon etdi. Umuman olganda, suvli ekstraktlar etanolli ekstraktlarga nisbatan yuqoriroq antioksidant salohiyatga ega bo‘lib, bu suvda eruvchan fenolik birikmalar va flavonoidlarning faol ishtiroki bilan izohlanadi. K-4 kompozitsiyasi tabiiy antioksi-dant manbai sifatida istiqbolli bo‘lib, biologik faol qo‘shimchalar va farmatsevtik preparatlar ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarA’zamjonova, Feruzakhon, Usmonova, Saida, Tukhtaboev, Nozimjon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2020-01-01
Jild7
Son2
Betlar96-103
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Glycyrrhiza glabra L., Salvia officinalis L., Inula helenium L., antioksidant faollik, ekstraksiya usuli, auto-oksidlanish, fenol birikmalar, biologik faol qo‘shimchalar., Glycyrrhiza glabra L., Salvia officinalis L., Inula helenium L., antioxidant activity, extraction method, autoxidation, phe-nolic compounds, biologically active supplements

Iqtibos keltirish

APAA’zamjonova, Feruzakhon, Usmonova, Saida, & Tukhtaboev, Nozimjon (2020). EKSTRAKSIYA USULI VA NISBATIGA BOG‘LIQ HOLDA SHIRINMIYA (GLYCYRRHIZA GLABRA L.), SHALFEY (SALVIA OFFICINALIS L.) VA OMANQORA (INULA HELENIUM L.) O‘SIMLIKLARI ARALASHMALARINING ANTIOKSIDANT FAOLLIGINI TAHLIL QILISH. FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 96-103. https://journal.fdu.uz/main/article/6744
GOST (OAK)A’zamjonova, Feruzakhon, Usmonova, Saida, Tukhtaboev, Nozimjon EKSTRAKSIYA USULI VA NISBATIGA BOG‘LIQ HOLDA SHIRINMIYA (GLYCYRRHIZA GLABRA L.), SHALFEY (SALVIA OFFICINALIS L.) VA OMANQORA (INULA HELENIUM L.) O‘SIMLIKLARI ARALASHMALARINING ANTIOKSIDANT FAOLLIGINI TAHLIL QILISH // FarDU ilmiy xabarlari. – 2020. – T. 7, № 2. – B. 96-103.
MLAA’zamjonova, Feruzakhon, Usmonova, Saida, and Tukhtaboev, Nozimjon. “EKSTRAKSIYA USULI VA NISBATIGA BOG‘LIQ HOLDA SHIRINMIYA (GLYCYRRHIZA GLABRA L.), SHALFEY (SALVIA OFFICINALIS L.) VA OMANQORA (INULA HELENIUM L.) O‘SIMLIKLARI ARALASHMALARINING ANTIOKSIDANT FAOLLIGINI TAHLIL QILISH.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 96-103, 2020. https://journal.fdu.uz/main/article/6744
ChicagoA’zamjonova, Feruzakhon, Usmonova, Saida, and Tukhtaboev, Nozimjon. “EKSTRAKSIYA USULI VA NISBATIGA BOG‘LIQ HOLDA SHIRINMIYA (GLYCYRRHIZA GLABRA L.), SHALFEY (SALVIA OFFICINALIS L.) VA OMANQORA (INULA HELENIUM L.) O‘SIMLIKLARI ARALASHMALARINING ANTIOKSIDANT FAOLLIGINI TAHLIL QILISH.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 96-103 (2020). https://journal.fdu.uz/main/article/6744
HarvardA’zamjonova, Feruzakhon, Usmonova, Saida, and Tukhtaboev, Nozimjon (2020) ‘EKSTRAKSIYA USULI VA NISBATIGA BOG‘LIQ HOLDA SHIRINMIYA (GLYCYRRHIZA GLABRA L.), SHALFEY (SALVIA OFFICINALIS L.) VA OMANQORA (INULA HELENIUM L.) O‘SIMLIKLARI ARALASHMALARINING ANTIOKSIDANT FAOLLIGINI TAHLIL QILISH’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 96-103. https://journal.fdu.uz/main/article/6744
BibTeX
@article{azamjonovaferuzakhon2020,
  title = {EKSTRAKSIYA USULI VA NISBATIGA BOG‘LIQ HOLDA SHIRINMIYA (GLYCYRRHIZA GLABRA L.), SHALFEY (SALVIA OFFICINALIS L.) VA OMANQORA (INULA HELENIUM L.) O‘SIMLIKLARI ARALASHMALARINING ANTIOKSIDANT FAOLLIGINI TAHLIL QILISH},
  author = {A’zamjonova, Feruzakhon and Usmonova, Saida and Tukhtaboev, Nozimjon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2020},
  volume = {7},
  number = {2},
  pages = {96-103},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/6744}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2020-yil arxivi