O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN LAMIACEAE OILASI VAKILLARINING TAHLILIGA DOIR

Nasriddinova, Mexriniso, Berdimurodova, Margʻuba

FarDU ilmiy xabarlari · 2020-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobining 2019 yilgi nashriga kiritilgan Yalpizdoshlar - Lamiaceae Lindl. oilasi vakillarining tarqalishi, ekologik va muhofaza holati tahlil qilindi. Oilaning 10 turkumga oid 30 ta kamyob, endem va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlari tadqiqot ob'ekti sifatida o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, o‘rganilgan turlarning katta qismi tor arealli va ekologik jihatdan noaniq muhitlarga moslashgan bo‘lib, ular asosan 0, 1 va 2-toifalarga mansub ekanligi, ayrim turlar uchun muhofaza choralari ishlab chiqilmaganligi aniqlandi. Tahlil jarayonida turlar soni va arealining qisqarishiga olib kelayotgan asosiy xavf omillari sifatida chorva mollarining nazoratsiz boqilishi, yerlarni qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun o‘zlashtirish, dorivor o‘simlik sifatida nooqilona va me'yoridan ortiq yig‘ib olish, shuningdek texnogen ta'sirlar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq omillar ajratib ko‘rsatildi. 8 ta turda asosiy xavf soluvchi omillar aniqlanmaganligi va ularning ekologik holati yetarli darajada o‘rganilmaganligi qayd qilindi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNasriddinova, Mexriniso, Berdimurodova, Margʻuba
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
Nashr sanasi2020-01-01
Jild7
Son2
Betlar95-102
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

Lamiaceae Lindl., O‘zbekiston Qizil Kitobi, endem, kamyob, tor areal, xavf omillari, muhofaza holati., Lamiaceae Lindl., Red Data Book of Uzbekistan, endemic, rare, narrow range, risk factors, conservation status.

Ilmiy soha

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar