Farzand taqdiriga murojaat yoki ularga nasihat qilish mavzusiga oid an’anaviy poetik turkumlar

Barziyev, Oybek

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Maqolada milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti Andijon adabiy muhitining vakili Mavjiy va qozoq adibi Abay (Ibrohim Qo‘nanboyev) qalamiga mansub bo‘lgan o‘z o‘g‘illari taqdirini bayon qilish mavzusidagi she’rlar arman shoiri Avetiik Isakyan va marg‘ilonlik alloma-shoir – Abdussamad Oxun Qoil Marg‘iloniyning nasihat qilish ruhidagi lirik asarlari bilan qiyoslab o‘rganilgan.

O‘zbek, arman, qozoq millatiga mansub mazkur shoirlar ijodida ilgari surilgan g‘oyaviy mushtarak jihatlar tahlil doirasiga tortilgan. Milliy uyg‘onish davrining uch shoiri she’riyatidagi uslubiy yaqinlik, obraz va so‘z qo‘llashdagi badiiy mahorat masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan.

Ma’lumki, qadimdan Sharq pedagogikasida farzand tarbiyasi, ayniqsa, o‘g‘il bolaning odob-axloqiga jiddiy e’tibor qaratib kelingan. Bu nozik masala asosan otalar zimmasiga yuklatilgan. O‘rganilishi maqsad qilib olingan shoirlar she’rlarida ko‘tarilgan muammo – o‘g‘il bolalar taqdiri va tarbiyasiga qaratilgan bo‘lib, unda otalik mehri bilan ularning qismatiga achinish, g‘amxo‘rlik qilish, farzandidan judo bo‘lish sabab va oqibatlariga alohida urg‘u berilgan. Shu bilan birga lirik qahramon – shoir-otalarning o‘z farzandlariga bo‘lgan munosabati sharqona diniy qarashlar: betob farzandining tuzalishi uchun duo qilish, ularning vafotidan keyin faryod qilib yig‘lash yoki nasihat ruhida yozilgan lirik asarlarda aks etgan bolani yoshligidan vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtni qo‘riqlash, unga jon fido qilish, ota-onaning tirikligi vaqtida qadrlash, ular vafotidan keyin doim yodlab turish, haqlariga fotiha o‘qish kabi mavzular yoritilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBarziyev, Oybek
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-10-24
Jild29
Son2
Betlar77-77
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
DOI10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a77
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

g‘amxo‘rlik, otalik mehri, o‘g‘il taqdiriga murojaat, o‘g‘il taqdiriga achinish, faryod chekib yig‘lash, farzandlarga nasihat, ota-ona roziligini olish, ota-onaga muomala-munosabat, betob o‘g‘ilga sog‘lik tilash, ota dusosi, ota vasiyati., carelessness, fatherly love, appeal to the fate of son, pity for the fate of son’s, crying out, admonition to children, receving parental consent, treatment of parents, wishing health to the ungodly son, father’s doso, father’s will.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APABarziyev, Oybek (2023). FARZAND TAQDIRIGA MUROJAAT YOKI ULARGA NASIHAT QILISH MAVZUSIGA OID AN’ANAVIY POETIK TURKUMLAR. FarDU ilmiy xabarlari, 29(2), 77-77. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a77
GOST (OAK)Barziyev, Oybek FARZAND TAQDIRIGA MUROJAAT YOKI ULARGA NASIHAT QILISH MAVZUSIGA OID AN’ANAVIY POETIK TURKUMLAR // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 2. – B. 77-77. – DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a77.
MLABarziyev, Oybek. “FARZAND TAQDIRIGA MUROJAAT YOKI ULARGA NASIHAT QILISH MAVZUSIGA OID AN’ANAVIY POETIK TURKUMLAR.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(2), 77-77, 2023. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a77
ChicagoBarziyev, Oybek. “FARZAND TAQDIRIGA MUROJAAT YOKI ULARGA NASIHAT QILISH MAVZUSIGA OID AN’ANAVIY POETIK TURKUMLAR.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(2), 77-77 (2023). https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a77
HarvardBarziyev, Oybek (2023) ‘FARZAND TAQDIRIGA MUROJAAT YOKI ULARGA NASIHAT QILISH MAVZUSIGA OID AN’ANAVIY POETIK TURKUMLAR’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(2), 77-77. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a77
BibTeX
@article{barziyevoybek2023,
  title = {FARZAND TAQDIRIGA MUROJAAT YOKI ULARGA NASIHAT QILISH MAVZUSIGA OID AN’ANAVIY POETIK TURKUMLAR},
  author = {Barziyev, Oybek},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {2},
  pages = {77-77},
  doi = {10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a77},
  url = {https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a77}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Barziyev, Oybek — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari