Nemis va o‘zbek tillari turg‘un birikmalarida genderning ifodalanishi

Yusupova, Gulxumor

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Frazeologizmlar til leksikasida salmoqli o‘rinni egallaydi. Frazeologik tizimning milliy-madaniy muammolari ko‘plab tadqiqotlarning obyektiga aylanib kelmoqda. Maqolada turg‘un birikmalarning gender xususiyati tahlilga tortilgan. Genderning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u fanlararo xarakterga ega bo‘lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq etilishi mumkin. Mazkur maqolada turg‘un birikmalarda gender masalasi muhokama qilingan. Maqolada nemis va o‘zbek tillaridagi turg‘un birikmalar tanlab olingan va ulardagi gender xususiyatlar keng muhokama qilingan. Frazeologik birliklar va premiyalarni qiyoslashda tillararo lingvomadaniy farqlar yorqin ifodalanadi, chunki frazeologiya turli xalqlarning milliy obrazlarlarini, madaniy konseptlarini o‘zida aks ettiradi. Maqolada ayol va erkak konseptlari nemis va o‘zbek tillari turg‘un birikmalari misolida yoritib berilgan. Gender frazeologizmlar tahlil qilinganda atoqli ot qatnashgan, ammo mazmunida gender xususiyati mavjud bo‘lmagan frazeologizmlar o‘zbek tiliga qaraganda nemis tilida ko‘p ekanligi aniqlandi. Hayvon komponentli frazeologik birliklar nemis tilida ham, o‘zbek tilida ham talaygina. Lekin jinsni ifodalashda qo‘llanuvchi zooleksemali gender iboralar soni har ikki tilda ham kam. Nemis va o‘zbek tillarining turg‘un birikmalari tahlil qilinganida genderlik xususiyatlari ko‘proq maqollarda aks etishi aniqlandi. Maqolada taqqoslash, tasvirlash kabi ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanildi

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYusupova, Gulxumor
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-11-11
Jild29
Son3
Betlar116-116
TilO‘zbek
DOI10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a116
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

gender, gender lingvistika, gender ibora, zooleksema, gender stereotipi, ayol stereotipi, erkak stereotipi, atoqli ot., gender, gender linguistics, gender phrase, zoolexema, gender stereotype, female stereotype, male stereotype, noun.

Iqtibos keltirish

APAYusupova, Gulxumor (2023). NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI TURG‘UN BIRIKMALARIDA GENDERNING IFODALANISHI. FarDU ilmiy xabarlari, 29(3), 116-116. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a116
GOST (OAK)Yusupova, Gulxumor NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI TURG‘UN BIRIKMALARIDA GENDERNING IFODALANISHI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 3. – B. 116-116. – DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a116.
MLAYusupova, Gulxumor. “NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI TURG‘UN BIRIKMALARIDA GENDERNING IFODALANISHI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(3), 116-116, 2023. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a116
ChicagoYusupova, Gulxumor. “NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI TURG‘UN BIRIKMALARIDA GENDERNING IFODALANISHI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(3), 116-116 (2023). https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a116
HarvardYusupova, Gulxumor (2023) ‘NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI TURG‘UN BIRIKMALARIDA GENDERNING IFODALANISHI’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(3), 116-116. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a116
BibTeX
@article{yusupovagulxumor2023,
  title = {NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI TURG‘UN BIRIKMALARIDA GENDERNING IFODALANISHI},
  author = {Yusupova, Gulxumor},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {3},
  pages = {116-116},
  doi = {10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a116},
  url = {https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss3/a116}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Yusupova, Gulxumor — boshqa maqolalari