Dostoevskiy, baxtin, polifonik roman

Pardayeva, Zulfiya

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Maqolada polifonik roman asoschisi F.Dostoevskiy badiiy mahorati tahlil etiladi. Yozuvchining falsafiy, psixologik yoki ijtimoiy-psixologik deb yuritilgan «Jinoyat va jazo», «Aka-uka Karamazovlar», «Telba» kabi romanlari M.Baxtin tadqiqotlari natijasida o‘zining xolisona bahosini oldi. Dostoevskiyning o‘zi ham e’tirof etgan «boshqacha tafakkur etish» ning ijod psixologiyasida voqeylikni, olamni, qahramon botiniy kechinmalarini yangicha idrok etishi natijasida turli fikr, kechinma va qarashlarning birdan jaranglashi, asar strukturasidagi ko‘p ovozlilik, ko‘pqatlamlilikni yuzaga keltiradi. Aynan mana shu yangicha tafakkur etish va uning badiiy talqini falsafiy va psixologik romanlar poetikasi badiiy xususiyatlaridan tubdan farq qiladi. Dostoevskiyning badiiy-estetik novatorligi natijasida olamni, inson ruhiy olamini badiiy mushohada etishning yangi modeli yuzaga keldi. M.Baxtin yozuvchi romanlarini bir yoqlama talqin etish “uning polifonik poetikasini monologlashtirib qo‘yadi” degan qat‘iy fikrni bildirdi. F.Dostoevskiy mukammal talqin darajasiga ko‘targan tom ma’nodagi inson botiniy olami, uning voqelikdagi mavjudligi polifonik talqinning ta’siri natijasidir. «Polifonik poetika» termini aynan polifonik roman poetikasini anglatsa, «roman poetikasida polifoniya ko‘rinishi» tushunchasini polifonik bo‘lmagan romanda polifonik talqin ayrim hollarda namoyon bo‘lishini anglatadi. Polifoniyaga xos bo‘lgan ikkiovozlilik eng ko‘p namoyon bo‘ladigan polifonik badiiy komponentlardandir. Polifonik roman badiiy hodisa sifatida adabiy jarayonga ijobiy ta‘sir qildi: modern romanlaridagi ong talqinida, realistik romanlardagi qalb va ruh kechinmalarida namoyon bo‘la bordi, roman janr dinamikasining keyingi davrlarida janrlar sintezlashuviga olib keldi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarPardayeva, Zulfiya
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-07-29
Jild30
Son3
Betlar79-79
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

polifonik roman, F.Dostoevskiy, ko‘p ovozlilik, ko‘pqatlamlilik, badiiy-estetik novatorlik, monologlashtirish., polyphonic novel, F.Dostoevsky, polyphonic, multi-layered, artistic-aesthetic innovation, monologization.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAPardayeva, Zulfiya (2024). DOSTOEVSKIY, BAXTIN, POLIFONIK ROMAN. FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 79-79. https://journal.fdu.uz/main/article/3025
GOST (OAK)Pardayeva, Zulfiya DOSTOEVSKIY, BAXTIN, POLIFONIK ROMAN // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 3. – B. 79-79.
MLAPardayeva, Zulfiya. “DOSTOEVSKIY, BAXTIN, POLIFONIK ROMAN.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 79-79, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/3025
ChicagoPardayeva, Zulfiya. “DOSTOEVSKIY, BAXTIN, POLIFONIK ROMAN.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 79-79 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/3025
HarvardPardayeva, Zulfiya (2024) ‘DOSTOEVSKIY, BAXTIN, POLIFONIK ROMAN’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 79-79. https://journal.fdu.uz/main/article/3025
BibTeX
@article{pardayevazulfiya2024,
  title = {DOSTOEVSKIY, BAXTIN, POLIFONIK ROMAN},
  author = {Pardayeva, Zulfiya},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {3},
  pages = {79-79},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/3025}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari