Antroposentrik lingvistika tarmoqlari

Qurbonova, Sayyoraxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Jahonda fan va texnika rivojlanib borar ekan, har qanday fan o‘zining aniq va samarali tadqiqot usullariga ega bo‘lib boradi. Shu jumladan, tilshunoslik fanining eng muhim, birlamchi funksiyasi bu kishilar o‘rtasidagi kommunikativlik sirlarini ochishdan iborat. Aytish mumkinki, bunda hatto grammatik bilimlar ikkinchi planga o‘tadi. Kommunikativlik sifatlarini tadqiqot markaziga tortish tilshunoslik faniga yangicha yondashuvlarni olib kiradi, bu esa uning terminlari tarkibi ham o‘zgarishini talab etadi. Tilshunoslik fani tekshirish ob'ektini inson tafakkuri hosilasi bo‘lgan til materialidan insonning o‘zini o‘rganishga o‘zgartirish bilan uning masalalari jamiyat uchun keskin dolzarblashadi. Unda tilshunoslik bo‘limlarining dolzarblik darajasi ham o‘zgaradi.

Tadqiqot olib borishda tavsifiy, differensial semantik va germenevtik metodlardan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari tilshunoslikning o‘rganish masalalariga yondashuvni samarali o‘zgartirishga xizmat qiladi. Unda tilni tadqiq etishda pragmatik maqsad birlamchi ekanligi haqidagi g‘oya ilgari surilgan.

Tadqiqotning xulosasi sifatida antroposentrik paradigma tarkibiga kiruvchi ilmiy yo‘nalishlar jadvali ishlab chiqilgan. Bundan tashqari tilning pragmatik maqsadni ifoda etishga yo‘niltirilganligi nuqtayi nazaridan til sathlarining muhimligi bo‘yicha jiddiy nazariy fikrlar bayon etilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQurbonova, Sayyoraxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-09-12
Jild30
Son3
Betlar329-329
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

antroposentrik nazariya, semantika, pragmalingvsitika, psixolingvistika, sosiolingvistika, grammatika, tilshunoslik bo‘limlari, tilshunoslik sathlari., anthropocentric theory, semantics, pragmatics, psycholinguistics, sociolinguistics, grammar, sections of linguistics, levels of linguistics.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAQurbonova, Sayyoraxon (2024). ANTROPOSENTRIK LINGVISTIKA TARMOQLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 329-329. https://journal.fdu.uz/main/article/2504
GOST (OAK)Qurbonova, Sayyoraxon ANTROPOSENTRIK LINGVISTIKA TARMOQLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 3. – B. 329-329.
MLAQurbonova, Sayyoraxon. “ANTROPOSENTRIK LINGVISTIKA TARMOQLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 329-329, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/2504
ChicagoQurbonova, Sayyoraxon. “ANTROPOSENTRIK LINGVISTIKA TARMOQLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 329-329 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/2504
HarvardQurbonova, Sayyoraxon (2024) ‘ANTROPOSENTRIK LINGVISTIKA TARMOQLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 329-329. https://journal.fdu.uz/main/article/2504
BibTeX
@article{qurbonovasayyoraxon2024,
  title = {ANTROPOSENTRIK LINGVISTIKA TARMOQLARI},
  author = {Qurbonova, Sayyoraxon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {3},
  pages = {329-329},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/2504}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari