BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA DIAGRAMMALAR ASOSIDA BERILGAN MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Usmonova, Sabohatxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diagrammalar asosida berilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va ko‘nikmalarini shakllantirish mavzusini tushuntirish usullari aks etgan. Ushbu mavzu bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rivojlanishidagi o‘rni, tanqidiy fikrlashi, mantiqiy tahlil qilish qobiliyatini oshirishga oid ma’lumotlar berilgan. Xususan, diagrammalarning nazariy asoslari va tushuntirishning samarali usullari, boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning dolzarbligi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga qarab qiyinlik darajasi murakkab bo‘lmagan diagrammalardan foydalanish kerakligi va ularning bir nechta usullari samarali tarzda yoritib berilgan. Boshlang‘ich sinf 2-sinf matematika darsligida ushbu mavzu bo‘yicha berilgan misol va uning tahlili, o‘quvchilar mantiqiy fikrlashini, tafakkurini rivojlantirishda o‘rni katta ekanligi haqida so‘z boradi. Maqolada bosqichma-bosqich o‘qitish usullari, interaktiv metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Diagrammalar yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish bugungi ta’lim tizimida muhim bo‘lib, maqola aynan shu jihatni o‘rganishga qaratilgan. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos keladigan diagramma turlari va ulardan foydalanish usullari berilgan. Xususan, o‘quvchilar o‘zi ma’lumot to‘plab, diagrammalar chizishi orqali jarayonda faol ishtirok etishi ta’kidlangan. Maqola bosqichma-bosqich o‘qitish usullari, interaktiv metodlardan foydalanish, diagrammalar yordamida o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha qimmatli tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Maqola xulosasida boshlang‘ich sinflarda diagrammalar bilan ishlash o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga, mustaqil xulosa chiqarishga va real hayotda qo‘llashga juda katta yordam berishi haqida bayon etilgan.</p>

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUsmonova, Sabohatxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
Nashr sanasi2025-04-25
Jild31
Son2
Betlar72-75
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

Diagramma, tahlil qilish, aqliy rivojlanish, metod va usullar, mantiqiy fikrlash., Diagram, analysis, mental development, methods and techniques, logical thinking.

Ilmiy soha

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar