<p>Global iqlim o'zgarishi yer yuzi bo‘ylab suv va suv resurslariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatib, bu suvning mavjudligi, sifati va taqsimotida o‘z ifodasini topmoqda. O'zgaruvchan iqlim shakllari ya’ni, yog'ingarchilikning o'zgarishi, haroratning ko'tarilishi hamda ekstremal ob-havo hodisalari gidrologik siklni buzadi va suv resurslarini boshqarishda bir qancha qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Bu ta'sirlar keng qamrovli va xilma-xil hisoblanib asosan ekotizimlarga, qishloq xo'jaligiga, inson salomatligiga va iqtisodiy rivojlanishga ta'sir qiladi. Ushbu o'zgarishlarga moslashish va suv resurslarini barqaror boshqarishni ta'minlash va suv tanqisligi xavfini yumshatish maqsadida O‘rta Zarafshon havzasida bir qancha suv omborlari qurilgan. Ularning eng asosiylari Kattaqo‘rg‘on va Oqdaryo suv omborlari hisoblanadi. Tusinsoy, Qoratepa, Sobirsoy kabi kichik suv omborlar va Omondara, Muminobod kabi past bosimli suv omborlari mavjud. O‘rta Zarafshon havzasidagi bu suv omborlarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati benihoya katta hisoblanadi. Ushbu maqolada havzada joylashgan suv omborlarining atrof-muhitga ta’siri, suv bosgan va zax bosgan maydonlarning hosil bo‘lishi, suv ombori ta’sirida bo‘lgan aholi va xalq xo‘jaligi obyektlariga ta’siri keng yoritilgan. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on va Oqdaryo suv omborlarining ko‘p yillik suv sarfi va kirimi tahlil qilingan.</p>
| Mualliflar | Abdurayimova, Oytula |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashr sanasi | 2025-04-25 |
| Jild | 31 |
| Son | 2 |
| Betlar | 320-330 |
| Til | O‘zbek |
Kalit so‘zlar: Iqlim, harorat, Zarafshon daryosi, suv ombori, tahlil, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo suv omborlari, qishloq xo‘jaligi Ключевые слова: Климат, температура, река Зарафшан, водохранилище, анализ, Каттакурганское, Акдарьинское водохранилища, сельское хозяйство Keywords: Climate, temperature, Zarafshan River, reservoir, analysis, Kattakurgan, Akdarya reservoirs, agriculture
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida o‘sadigan “Semerenko” olma navi ikki namuasining quritilgan barglaridan qidrodistillash usuli bilan ajratib olingan efir moylarining tarkibi gaz xromatografiyasi-mass spektrometriya…
Ushbu maqolada chiziqli bo‘lmagan akustika nazariyasi, plazmaning gidrodinamika nazariyasi, g‘ovakli muhitlarda suyuqliklarni filtralash masalalari va boshqa ko‘plab amaliy masalalar ko‘pincha uchinchi tartibli kichik…
Maqolada formalin asosida, aseton, metiletil keton asosida kondensatsiya yo‘li bilan α,β–to‘ynmagan ketonlarning sintezi atseton formaldegid-AСF, metiletilketon formaldegid MEKF, va furfurol bilan atseton-ФАМ…
Maqolada Farg‘ona tizmasining janubi-g‘arbiy va Oloy tizmasining shimoliy yonbag‘irlaridagi Qoradaryo havzasidagi muzliklarning balandlik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar tahliliy o‘rganilgan. Daryo havzasida joylashgan…
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diagrammalar asosida berilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va ko‘nikmalarini shakllantirish mavzusini tushuntirish usullari aks etgan. Ushbu mavzu bo‘yicha boshlang‘ich…
Mahalliy o’simliklar asosida ishlab chiqilgan yangi biologik faol oziq-ovqat qo’shilmasi As-Sulton tarkibida o’t pufagi yallig’lanish kasalligini oldini olish va davolashga yordam berish xususiyatiga ega bo‘lgan ayrim…
Maqola Shimoliy Farg‘ona mintaqasida shakllangan sel toshqinlarining tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqot ishida asosiy e’tibor sel toshqinlarining yil davomida kuzatilgan statistik ma’lumotlarini tahlili, loyqa, l oy…
Ushbu maqolada turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishiga tilaro aloqalarning ta‘siri har tomonlama o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi – turli til tizimlarining turkiy tillar oilasining morfologik, sintaktik va…
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining cho‘l mintaqalarida turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bunda hududning mavjud turistik resurs imkoniyatlaridan jahon andozalariga muvofiq…
Ushbu maqolada nostalgik leksik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Nostalgiyaning lingvistik ifodalanishi milliy xotira, madaniy meros va shaxsiy tajribalar bilan bog‘liq bo‘lib, turli tillarda…