Log‘on bentonitini boyitish va uni modifikatsiyalab olingan organobentonitlarni skanerlovchi elektron mikroskop yordamida tahlil qilish

No‘monov, Muhammadrajab, Mirsalimova, Saodat, Abdikamalova, Aziza, Ergashev, Dilmurod

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda bentonitning turli sirt-faol moddalar (SFM) bilan modifikatsiya qilinishining uning morfologik xususiyatlari va element tarkibiga ta’siri o‘rganildi. Bentonit yuqori adsorbsion qobiliyatga ega bo‘lgan mineral bo‘lib, uning kimyoviy va fizik xususiyatlarini yaxshilash uchun organik modifikatsiya usullari qo‘llaniladi. Tadqiqot davomida bentonit namunalarini tayyorlashda quyidagi SFM lar qo‘llanildi: tetradetsiltrimetil ammoniy bromid (TDTMAB), oktadetsiltrimetil ammoniy bromid (ODTMAB) va dokozantrimetil ammoniy bromid (DKTMAB). Modifikatsiyaning bentonit tarkibiga ta’siri skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM) va energiya-dispersiya rentgen spektroskopiyasi (EDS) usullari yordamida baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, modifikatsiyalangan namunalar zarrachalar tuzilishining o‘zgarishi va ularning aglomeratsiya darajasining pasayishini namoyon etdi. Organik modifikatorlarning uglevodorod zanjiri uzunligining oshishi bentonit zarrachalarining yanada zich joylashishiga va uning gidrofob xususiyatlarining oshishiga yordam berdi. Tadqiqot natijalari bentonitning ekologik tozalash, farmatsevtika va neft-kimyo sanoati kabi turli sohalarda qo‘llanilish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Bentonitning modifikatsiyasi uning funksional xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilashi aniqlandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNo‘monov, Muhammadrajab, Mirsalimova, Saodat, Abdikamalova, Aziza, Ergashev, Dilmurod
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-07-28
Jild31
Son2
Betlar191-191
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

bentonit, modifikatsiya, sirt-faol moddalar, SEM, EDS, morfologiya, adsorbsion., : bentonite, modification, surfactants, SEM, EDS, morphology, adsorption.

Iqtibos keltirish

APANo‘monov, Muhammadrajab, Mirsalimova, Saodat, Abdikamalova, Aziza, & Ergashev, Dilmurod (2025). LOG‘ON BENTONITINI BOYITISH VA UNI MODIFIKATSIYALAB OLINGAN ORGANOBENTONITLARNI SKANERLOVCHI ELEKTRON MIKROSKOP YORDAMIDA TAHLIL QILISH. FarDU ilmiy xabarlari, 31(2), 191-191. https://journal.fdu.uz/main/article/1340
GOST (OAK)No‘monov, Muhammadrajab va b. LOG‘ON BENTONITINI BOYITISH VA UNI MODIFIKATSIYALAB OLINGAN ORGANOBENTONITLARNI SKANERLOVCHI ELEKTRON MIKROSKOP YORDAMIDA TAHLIL QILISH // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 2. – B. 191-191.
MLANo‘monov, Muhammadrajab, Mirsalimova, Saodat, Abdikamalova, Aziza, and Ergashev, Dilmurod. “LOG‘ON BENTONITINI BOYITISH VA UNI MODIFIKATSIYALAB OLINGAN ORGANOBENTONITLARNI SKANERLOVCHI ELEKTRON MIKROSKOP YORDAMIDA TAHLIL QILISH.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(2), 191-191, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/1340
ChicagoNo‘monov, Muhammadrajab, Mirsalimova, Saodat, Abdikamalova, Aziza, and Ergashev, Dilmurod. “LOG‘ON BENTONITINI BOYITISH VA UNI MODIFIKATSIYALAB OLINGAN ORGANOBENTONITLARNI SKANERLOVCHI ELEKTRON MIKROSKOP YORDAMIDA TAHLIL QILISH.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(2), 191-191 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/1340
HarvardNo‘monov, Muhammadrajab, Mirsalimova, Saodat, Abdikamalova, Aziza, and Ergashev, Dilmurod (2025) ‘LOG‘ON BENTONITINI BOYITISH VA UNI MODIFIKATSIYALAB OLINGAN ORGANOBENTONITLARNI SKANERLOVCHI ELEKTRON MIKROSKOP YORDAMIDA TAHLIL QILISH’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(2), 191-191. https://journal.fdu.uz/main/article/1340
BibTeX
@article{nomonovmuhammadrajab2025,
  title = {LOG‘ON BENTONITINI BOYITISH VA UNI MODIFIKATSIYALAB OLINGAN ORGANOBENTONITLARNI SKANERLOVCHI ELEKTRON MIKROSKOP YORDAMIDA TAHLIL QILISH},
  author = {No‘monov, Muhammadrajab and Mirsalimova, Saodat and Abdikamalova, Aziza and Ergashev, Dilmurod},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {2},
  pages = {191-191},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/1340}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi