Badriddin al-ayniy va uning amir Temur haqida qarashlariga umumiy tavsif

Turgʻunboyev, Zaylobiddin

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Badriddin al-Ayniy (1361–1451) — Misrda faoliyat yuritgan yirik fiqhshunos va muarrixlardan biri boʻlib, oʻzining keng qamrovli tarixiy asarlarida Movarounnahr hududidagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy jarayonlarga alohida e’tibor bergan. Ayniqsa, Temuriylar davriga oid ma’lumotlar al-Ayniy asarlarida puxta tahlil qilingan. Uning “Iqd al-juman fi tarikh ahl al-zaman” (“Zamondoshlar tarixi haqida dur marjonlar”) nomli asarida Amir Temur va uning vorislarining siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi keng yoritilgan. Al-Ayniy Temurni mohir sarkarda, adolatli hokim sifatida tasvirlaydi. U Samarqanddagi obodliklar, madrasa va kutubxonalar haqida ijobiy fikr bildirgan. Shuningdek, uning “Iqd al-juman fi tarikh ahl al-zaman” asarida Temuriylar sulolasining Misr va boshqa mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ayniy bu asarlarida Movarounnahr hududidagi siyosiy barqarorlikni islomiy dunyoning boshqa mintaqalari bilan solishtirib, bu еrda ilm-fan, madaniyat va iqtisodiyotning rivojlanganini e’tirof etadi. Ayniy yondashuvida tarixiy voqealarga nafaqat xolis tarixchi sifatida, balki fiqhshunos va din peshvosi sifatida ham yondashgan. U uchun adolatli boshqaruv, diniy qadriyatlarning saqlanishi va ilm-fanga e’tibor asosiy mezon bo‘lgan. Shuning uchun u Movarounnahrni o‘sha davrda musulmon dunyosining eng nufuzli ilmiy markazlaridan biri sifatida tasvirlaydi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTurgʻunboyev, Zaylobiddin
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-10-25
Jild31
Son5
Betlar73-73
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTarix
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Amir Temur, Badriddin al-Ayniy, Samarqand, Arab, Islom dini, harbiy strategiya, diplomatiya, tinchlik bitimi, madrasa, kutubxona., Amir Temur, Badr al-Din al-Ayni, Samarkand, Arab, Islam, military strategy, diplomacy, peace treaty, madrasa, library.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APATurgʻunboyev, Zaylobiddin (2025). BADRIDDIN AL-AYNIY VA UNING AMIR TEMUR HAQIDA QARASHLARIGA UMUMIY TAVSIF. FarDU ilmiy xabarlari, 31(5), 73-73. https://journal.fdu.uz/main/article/881
GOST (OAK)Turgʻunboyev, Zaylobiddin BADRIDDIN AL-AYNIY VA UNING AMIR TEMUR HAQIDA QARASHLARIGA UMUMIY TAVSIF // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 5. – B. 73-73.
MLATurgʻunboyev, Zaylobiddin. “BADRIDDIN AL-AYNIY VA UNING AMIR TEMUR HAQIDA QARASHLARIGA UMUMIY TAVSIF.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(5), 73-73, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/881
ChicagoTurgʻunboyev, Zaylobiddin. “BADRIDDIN AL-AYNIY VA UNING AMIR TEMUR HAQIDA QARASHLARIGA UMUMIY TAVSIF.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(5), 73-73 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/881
HarvardTurgʻunboyev, Zaylobiddin (2025) ‘BADRIDDIN AL-AYNIY VA UNING AMIR TEMUR HAQIDA QARASHLARIGA UMUMIY TAVSIF’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(5), 73-73. https://journal.fdu.uz/main/article/881
BibTeX
@article{turgunboyevzaylobiddin2025,
  title = {BADRIDDIN AL-AYNIY VA UNING AMIR TEMUR HAQIDA QARASHLARIGA UMUMIY TAVSIF},
  author = {Turgʻunboyev, Zaylobiddin},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {5},
  pages = {73-73},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/881}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Turgʻunboyev, Zaylobiddin — boshqa maqolalari

Tarix sohasidagi boshqa maqolalar

Tarix sohasidagi OAK jurnallari