Loviya oddiy mozaikasi virusi (lomv) ta’sirida transpiratsiya intensivligining fiziologik tahlili

Fayziyeva, Nazira

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Tadqiqot Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya, Genetika va evolutsion biologiya kafedrasiga ajratilgan laboratoriya yer maydonida olib borildi. Ushbu ilmiy tadqiqotda Loviya oddiy mozaikasi virusi (LoMV) bilan zararlangan loviya (Phaseolus vulgaris L.) navlarida uchta muhim fiziologik ko‘rsatkich - transpiratsiya jadalligi, umumiy suv miqdori va suv ushlash xususiyatidagi o‘zgarishlar kompleks ravishda baholandi. O‘simlik barglarining suv rejimi virus infeksiyasiga nisbatan chidamliligini belgilovchi asosiy fiziologik mezonlardan biri hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, LoMV infeksiyasi ta’sirida barcha navlarda transpiratsiya jadalligi pasaygan bo‘lib, bu jarayon barglardagi hujayra tuzilmalari va stomatal faoliyatning susayishi bilan bog‘liqdir. Umumiy suv miqdori virus ta’sirida keskin kamaygan bo‘lib, ayniqsa oq loviya (36,7%), Turkiya VIR (31,1%) va mahsuldor navi (26,8%)da bu pasayish aniq namoyon bo‘ldi. Shuningdek, suv ushlash xususiyatida ham sezilarli yo‘qotishlar kuzatildi - oq loviyada 78,2% va Turkiya VIR navida 75,9% ga pasayish qayd etildi.

Aksincha, Ravot va Kalipso navlari ushbu uch ko‘rsatkich bo‘yicha nisbatan barqaror natijalar namoyon etib, LoMV infeksiyasiga nisbatan chidamli navlar qatoriga kiritildi. Olingan ma’lumotlar loviya navlarining virusga qarshi fiziologik javobini aniqlashda, stressga chidamli genotiplarni saralashda va seleksiya dasturlarini shakllantirishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarFayziyeva, Nazira
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-01-23
Jild31
Son4
Betlar130-138
TilO‘zbek
Ilmiy sohaBiologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Loviya oddiy mozaika virusi, fitovirus, nav, infeksiya, barg og‘izchasi, stomatalar, transpiratsiya jadalligi, seleksiya

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAFayziyeva, Nazira (2026). LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (LOMV) TA’SIRIDA TRANSPIRATSIYA INTENSIVLIGINING FIZIOLOGIK TAHLILI. FarDU ilmiy xabarlari, 31(4), 130-138. https://journal.fdu.uz/main/article/1232
GOST (OAK)Fayziyeva, Nazira LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (LOMV) TA’SIRIDA TRANSPIRATSIYA INTENSIVLIGINING FIZIOLOGIK TAHLILI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 31, № 4. – B. 130-138.
MLAFayziyeva, Nazira. “LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (LOMV) TA’SIRIDA TRANSPIRATSIYA INTENSIVLIGINING FIZIOLOGIK TAHLILI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(4), 130-138, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/1232
ChicagoFayziyeva, Nazira. “LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (LOMV) TA’SIRIDA TRANSPIRATSIYA INTENSIVLIGINING FIZIOLOGIK TAHLILI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(4), 130-138 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/1232
HarvardFayziyeva, Nazira (2026) ‘LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (LOMV) TA’SIRIDA TRANSPIRATSIYA INTENSIVLIGINING FIZIOLOGIK TAHLILI’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(4), 130-138. https://journal.fdu.uz/main/article/1232
BibTeX
@article{fayziyevanazira2026,
  title = {LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (LOMV) TA’SIRIDA TRANSPIRATSIYA INTENSIVLIGINING FIZIOLOGIK TAHLILI},
  author = {Fayziyeva, Nazira},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {31},
  number = {4},
  pages = {130-138},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/1232}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Biologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Biologiya sohasidagi OAK jurnallari