Maqolada istiqlol davri o‘zbek she’riyatida xalq dostonlari syujeti, motivlari sintezi asosida she’rlar yaratish an’anasi davom ettirilayotganini, davr adabiyotining estetik ehtiyojiga javob beruvchi bunday an’ana davr ijodkorlari ijodida faollashib, ijodkorning g‘oyaviy maqsadiga xizmat qilayotganini asoslash maqsadi qo‘yilgan. Shu maqsadga erishish uchun maqolada istiqlol davri o‘zbek she’riyatida xalq dostonlari epizodlari, motivlari ta’sirida yaratilgan she’rlar semiotik, struktural, germenevtik metodlardan foydalanilgan holda tahlilga tortilgan, natijada xalq dostonlari va she’riyat sintezining namoyon bo‘lish jihatlari ochiqlangan hamda quyidagi xulosalarga kelingan:
istiqlol davri o‘zbek she’riyatida shoirlar xalq dostonlaridagi turli komponentlarni: obraz, syujet, motiv va ifoda usullarini she’r bilan sintezlash orqali g‘oyaviy-estetik maqsadlariga erishmoqdalar; davr she’riyatida xalq dostonlaridagi obraz, syujet, motivlardan o‘zgartirmagan holda hamda ularga paradoksal yondashib, modifikatsiyalash asosida foydalanish orqali lirik syujetni rivojlantirish, lirik kechinma tasvirini berish yetakchilik qiladi; Usmon Azim, Rauf Subxon, Suhrob Ziyo, Najmiddin Ermatov, Abdunabi Hamro, Nozima Habibullayeva kabi ijodkorlar lirik syujetni xalq dostonlari epizodlari va motivlari asosida rivojlantirish, lirik kechinmani talmeh, alluziya kabi tasvir vositalari yordamida xalq dostonlari voqealari va davr voqeligiga ishora qilish asosida ifodalash, xalq dostonlariga xos parchalardan, ifoda usullaridan analitik folklorizm sifatida foydalanish orqali xalq dostonlari komponentlarini she’rga sintezlamoqdalar; davr adabiyotining estetik ehtiyojiga javob beruvchi bunday an’anadan turli ijtimoiy muammolar va millat badiiy tafakkuridagi yurt taqdiriga oid masalalarni yoritishda ijodiy foydalanmoqdalar.
| Mualliflar | Eshanova, Zilola |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashriyot | Farg‘ona davlat universiteti |
| ISSN | 2010-8419, 2181-1571 |
| Nashr sanasi | 2026-01-23 |
| Jild | 31 |
| Son | 3 |
| Betlar | 26-32 |
| Til | O‘zbek |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-26 |
sintez, xalq dostonlari, motiv, syujet, lirik kechinma, baxshi obrazi, epik homiy, paradoks, allyuziya, talmeh, synthesis, folk dastans, motif, plot, lyrical experience, bakhshi image, epic patron, paradox, allusion, talmeh
| APA | Eshanova, Zilola (2026). ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA XALQ DOSTONLARI SINTEZI. FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 26-32. https://journal.fdu.uz/main/article/1237 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Eshanova, Zilola ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA XALQ DOSTONLARI SINTEZI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 31, № 3. – B. 26-32. |
| MLA | Eshanova, Zilola. “ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA XALQ DOSTONLARI SINTEZI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 26-32, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/1237 |
| Chicago | Eshanova, Zilola. “ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA XALQ DOSTONLARI SINTEZI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 26-32 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/1237 |
| Harvard | Eshanova, Zilola (2026) ‘ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA XALQ DOSTONLARI SINTEZI’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 26-32. https://journal.fdu.uz/main/article/1237 |
| BibTeX | @article{eshanovazilola2026,
title = {ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA XALQ DOSTONLARI SINTEZI},
author = {Eshanova, Zilola},
journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
year = {2026},
volume = {31},
number = {3},
pages = {26-32},
url = {https://journal.fdu.uz/main/article/1237}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Maqolada Markaziy Osiyoda yozuvlarning paydo bo‘lishi, rivojlanib borishi va turli davrlarda ularning transformatsiyasi, yozuvlarning ish yuritish va hujjatshunoslikda qo‘llanilishi, Markaziy Osiyo, xususan…
Ushbu maqolada soha chegarasida buziladigan to‘rtinchi tartibli xususiy hosilali differensial tenglama uchun to‘g‘ri to‘rtburchakli sohada teskari chegaraviy masala bayon qilinadi qilinadi va o‘rganiladi. Teskari…
Annotatsiya Ushbu maqola XX asr boshidagi Turkiston jadid matbuotining tarixiy rivojlanishi va uning jamiyatga ta'sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Jadid matbuoti o‘z davrida, xususan, ilm-fan, ta'lim, madaniyat va…
Ushbu maqolada yarimsferik va segmental shakldagi suv tomchilari yuzasida joylashgan molekulalar sonini fizik asoslarga tayangan holda aniqlash uchun yangi model ishlab chiqildi. Tadqiqotning maqsadi — tomchi sirti…
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda texnologik topshiriqlarni qanday bajarishdagi metodlar va ularni afzalliklari. Hozirgi kunda ta’lim tizimiga prezidentimiz tomonidan juda katta eʻtibor qaratilyapti. Bunda…
Ushbu maqolada psixologizm tahlili va milliy mentalitet xususiyatlarining aks etishi, xususan, XX asr o‘zbek adabiyotidagi psixologik tahlil masalalari ko‘rib chiqiladi. Mazkur uslub XIX asrda paydo bo‘lganidan to…
Ushbu maqolada yuqori zichlikdagi past bosimli polietilen chiqindilarini kimyoviy bog‘lovchi va to‘ldiruvchilar asosida ikkilamchi qayta ishlab yangi turdagi polimer materialini olish va olingan yangi turdagi polimer…
Ushbu tadqiqotning maqsadi – zamonaviy, ergonomik va tezkor ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ratchet mexanizimli turniketni harbiy tibbiyot va fuqaro sog‘liqni saqlash sohalariga samarali tatbiq etish imkoniyatlarini…
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida bino-inshootlar qurilishiga oid leksik birliklarning lingvistik va semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Qurilish sohasiga tegishli terminlar xalq tilidan qanday ajralib…
Tadqiqot Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya, Genetika va evolutsion biologiya kafedrasiga ajratilgan laboratoriya yer maydonida olib borildi. Ushbu ilmiy tadqiqotda Loviya oddiy…