Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy xossalari

Ibroximova, Sabohat

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

O‘rganilgan tuproqlarning haydov qatlami gumus “Bekzod-Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 2,30%, “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi tuproqlarining 1-kesmaning 0,20 sm haydov qatlamida 1,20% va yalpi azot “Odiljon Serhosil” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-28 sm haydov qatlamida 0,100%, “Bekzod-Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 0,140% bilan yetarli darajada ta’minlanmagan. Bu tuproq unumdorligini saqlash va oshirish uchun muntazam ravishda organik o‘g‘itlar (go‘ng, kompost) qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.

Barcha xo‘jaliklar tuproqlarida o‘simlik o‘zlashtiradigan harakatchan fosfor miqdori “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi tuproqlarining 2-kesmadagi 0,25 sm haydov qatlamida 2,82 mg/kg , “Bekzod Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 7,22 mg/kg keskin tanqis “juda past” darajada. Yalpi fosfor zaxirasi yuqori bo‘lsa-da, uning harakatchanligi past. Bu fosforli o‘g‘itlarni, ehtimol, yuqoriroq me’yorlarda va maxsus shakllarda (masalan, suvda eruvchan) qo‘llashni talab etadi.

Harakatchan kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi past “Odiljon Serhosil” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-28 sm haydov qatlamida 75,80 mg/kg dan o‘rtacha “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi tuproqlarining 1-kesmasida tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 166,40 mg/kg gacha o‘zgarib turadi. Bu kaliyli o‘g‘itlarni ham tuproq tahlili asosida differensial qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi.

Tuproq unumdorligini tiklash va yuqori hosildorlikka erishish uchun ushbu fermer xo‘jaliklarda agrokimyoviy kartogrammalarga asoslangan oziq elementlar balansini hisobga oluvchi ilmiy asoslangan o‘g‘itlash tizimini joriy etish tavsiya etiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarIbroximova, Sabohat
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-12-31
Jild31
Son6
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Och tusli bo‘z, unumdorlik, agrokimyoviy tahlil, gumus, yalpi azot, harakatchan fosfor, harakatchan kaliy, oziqa elementlari., Och tusli bo‘z, unumdorlik, agrokimyoviy tahlil, gumus, yalpi azot, harakatchan fosfor, harakatchan kaliy, oziqa elementlari.

Iqtibos keltirish

APAIbroximova, Sabohat (2025). SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI. FarDU ilmiy xabarlari, 31(6). https://journal.fdu.uz/main/article/777
GOST (OAK)Ibroximova, Sabohat SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 6.
MLAIbroximova, Sabohat. “SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(6), 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/777
ChicagoIbroximova, Sabohat. “SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(6) (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/777
HarvardIbroximova, Sabohat (2025) ‘SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(6). https://journal.fdu.uz/main/article/777
BibTeX
@article{ibroximovasabohat2025,
  title = {SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI},
  author = {Ibroximova, Sabohat},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {6},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/777}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi