Astragalus nematodes yer ustki qismlari ekstraktining organoleptik va fizik-kimyoviy xususiyatlari

Yigitaliyeva, Maxbubaxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot Astragalus nematodes Bunge ex Boiss o‘simligining yer usti qismlaridan ya’ni poyasi, bargi va gulidan olingan ekstraktning organoleptik hamda fizik-kimyoviy xususiyatlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi o’simlik ekstraktining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, uning organoleptik tavsiflari va fizik-kimyoviy parametrlarini ilmiy asosda o‘rganishdan iborat. Tadqiqot jarayonida o‘simlik xomashyosi standart talablar asosida quritilib, maydalanib tayyorlandi hamda gidrospirtli eritmalar yordamida ekstraksiya qilindi. Ekstraktning organoleptik ko‘rsatkichlari, jumladan tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi va ta’mi o‘rganilib, amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari bilan taqqoslandi. Fizik-kimyoviy tahlillar davomida namlik miqdori, umumiy kul miqdori va qoldiq erituvchi tarkibi aniqlandi. Tadqiqot natijalari ekstrakt och jigarrang rangli, o‘ziga xos hidga ega amorf kukun ko‘rinishida ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, namlik va kul miqdori belgilangan me’yoriy talablar doirasida ekanligi hamda ekstraktning sifat ko‘rsatkichlari standart talablarga mos kelishi aniqlandi. Olingan natijalar Astragalus nematodes ekstrakti tabiiy biofaol moddalar manbai sifatida istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu o’simlikni farmatsevtika sanoatida, biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishda hamda oziq-ovqat sanoatida qo‘llash imkoniyatlari mavjud

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYigitaliyeva, Maxbubaxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-06-19
Jild7
Son3
Betlar55-60
TilO‘zbek
Ilmiy sohaKimyo
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Astragalus nematodes, organoleptik ko‘rsatgich, yer ustki qism, gidrospirtli eritma, flavonoidlar., Astragalus nematodes, organoleptic characteristics, aerial parts, hydroalcoholic solution, flavonoids.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAYigitaliyeva, Maxbubaxon (2026). ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(3), 55-60. https://journal.fdu.uz/main/article/7122
GOST (OAK)Yigitaliyeva, Maxbubaxon ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 3. – B. 55-60.
MLAYigitaliyeva, Maxbubaxon. “ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(3), 55-60, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7122
ChicagoYigitaliyeva, Maxbubaxon. “ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(3), 55-60 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7122
HarvardYigitaliyeva, Maxbubaxon (2026) ‘ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(3), 55-60. https://journal.fdu.uz/main/article/7122
BibTeX
@article{yigitaliyevamaxbubaxon2026,
  title = {ASTRAGALUS NEMATODES YER USTKI QISMLARI EKSTRAKTINING ORGANOLEPTIK VA FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI},
  author = {Yigitaliyeva, Maxbubaxon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {3},
  pages = {55-60},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7122}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Kimyo sohasidagi boshqa maqolalar

Kimyo sohasidagi OAK jurnallari