Muallif mazkur maqolada davlat moliyaviy nazorati organlari tizimi va moliyaviy javobgarlikka oid kategoriyalarni tahlil qilgan. Mazkur tadqiqotning maqsadi tadqiqot natijasida davlat moliyaviy nazorat organlari tizimi hamda moliyaviy javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Davlat moliyaviy nazorat organlari tizimi davlat tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun vakolatli bo‘lgan davlat tashkilotlari jamlanmasi hisoblanadi.Davlat moliyaviy nazorat organlari tizimi o‘z ichiga umumiy va maxsus vakolatli organlarni qamrab oladi, xususan umumiy vakolatli oragnlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiradi, maxsus vakolatli organlarga O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kiradi. Davlat moliyaviy nazorati organlarining asosiy vazifasi moliyaviy intizomni ta’minlash hisoblanadi. Mazkur organlar o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyaviy nazorat shakl va usullaridan foydalanishadi. Moliyaviy intizomning buzilganlik holati moliyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligini anglatadi. Moliyaviy huquqbuzarlik moliyaviy qonunchilikda belgilangan normalarning buzlishi bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sodir etiladi. Moliyaviy huquqbuzarlik boshqa huquqbuzarlikdan farq qilib, mazkur huquqbuzarliklar moliya, byudjet, soliq, valyuta va pul jamg‘armalari tizimida sodir etiladi. Moliyaviy huquqbuzarlikning yuridik tarkibi mavjud bo‘lib, unga huquqbuzarlik subyekti, huquqbuzarlik subyektiv tomoni, huquqbuzarlik obyekti hamda huquqbuzarlik obyektiv tomoni kiradi. Mazkur elementlarning barchasi mavjud bo‘lganda moliyaviy javobgarlikka tortish uchun asos paydo bo‘ladi. Moliyaviy javobgarlik yuridik javobgarlikning alohida turi bo‘lib, moliya qonunchiligining o‘zida ham huquqbuzarlik uchun sanksiyalar belgilanadi. Mazkur masalalarni milliy va xorijiy davlatlar qonunchiligini qiyosiy tahlil qilish, tarixiy-huquqiy, tizimli, mantiqiy, statistik va boshqa usullar orqali oʻrganish orqali davlat moliyaviy nazorat organlari tizimi va moliyaviy huquqbuzarlikning elementlariga doir takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur takliflar ilmiy faoliyatda, qonun ijodkorligida, qonunni qoʻllash amaliyotida, milliy qonunchilik normalarini sharhlashda va takomillashtirishda qoʻllaniladi. Davlat moliyaviy nazorat organlari tizimi moliyaviy nazoratni amalga oshirishga umumiy va maxsus vakolatli organlar jamlanmasi hisoblanadi.
| Mualliflar | Asadov, Eldorjon Nizomiddin oʻgʻli |
|---|---|
| Jurnal | Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана |
| Nashriyot | Тошкент давлат юридик университети |
| ISSN | 2181-8118 |
| Nashr sanasi | 2025-01-25 |
| Jild | 17 |
| Son | 4 |
| Betlar | 76-90 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Yuridik |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-26 |
Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimi, moliyaviy huquqbuzarlik, moliyaviy huquqbuzarlik subyekti, moliyaviy huquqbuzarlik subyektiv tomoni, moliyaviy huquqbuzarlik obyekti, moliyaviy huquqbuzarlik obyektiv tomoni, moliyaviy javobgarlik, moliyaviy javobgarlik maqsadi.
| APA | Asadov, Eldorjon Nizomiddin oʻgʻli (2025). DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA MOLIYAVIY JAVOBGARLIK VA UNING YURIDIK TABIATI. Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана, 17(4), 76-90. https://lawreview.uz/index.php/lawreviewuz/article/view/43 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Asadov, Eldorjon Nizomiddin oʻgʻli DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA MOLIYAVIY JAVOBGARLIK VA UNING YURIDIK TABIATI // Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана. – 2025. – T. 17, № 4. – B. 76-90. |
| MLA | Asadov, Eldorjon Nizomiddin oʻgʻli. “DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA MOLIYAVIY JAVOBGARLIK VA UNING YURIDIK TABIATI.” Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана, 17(4), 76-90, 2025. https://lawreview.uz/index.php/lawreviewuz/article/view/43 |
| Chicago | Asadov, Eldorjon Nizomiddin oʻgʻli. “DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA MOLIYAVIY JAVOBGARLIK VA UNING YURIDIK TABIATI.” Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана, 17(4), 76-90 (2025). https://lawreview.uz/index.php/lawreviewuz/article/view/43 |
| Harvard | Asadov, Eldorjon Nizomiddin oʻgʻli (2025) ‘DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA MOLIYAVIY JAVOBGARLIK VA UNING YURIDIK TABIATI’, Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана, 17(4), 76-90. https://lawreview.uz/index.php/lawreviewuz/article/view/43 |
| BibTeX | @article{asadoveldorjonnizomiddinogli2025,
title = {DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA MOLIYAVIY JAVOBGARLIK VA UNING YURIDIK TABIATI},
author = {Asadov, Eldorjon Nizomiddin oʻgʻli},
journal = {Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана},
year = {2025},
volume = {17},
number = {4},
pages = {76-90},
url = {https://lawreview.uz/index.php/lawreviewuz/article/view/43}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiy xizmatlarda qo‘llash, bu jarayondagi huquqiy va axloqiy tamoyillar, shuningdek, milliy qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinadi. O‘zbekistonning…
This article examines the legal nature of digital financial assets (DFAs) as a novel category within the framework of civil rights. DFAs, including cryptocurrencies, tokens, and other blockchain-based instruments…
Статья посвящена исследованию развития механизмов альтернативного разрешения споров (АРС) на международной и национальной арене. В современных условиях глобализации и цифровой трансформации экономики возрастает…
Ushbu maqola xalqaro huquq subyektlari tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalarning ijrosini ta’minlash borasida xalqaro amaliyotda shakllangan usullar va vositalarning tahliliga bag‘ishlanadi. Maqola xalqaro huquqiy…
The concept of digital property is becoming increasingly important in the legal system today. From social media accounts, cryptocurrencies, and crypto assets to digital libraries and intellectual property rights, this…
The article examines the system of international control over the observance of human rights at work and the legal framework for the protection of human rights at work. The essence and importance of labor rights as an…
В статье исследуются ключевые аспекты определения и сущности искусственного интеллекта (ИИ) в контексте международной торговли. Проанализированы технологические и правовые подходы к определению ИИ, рассмотрены…
Мазкур мақола орқали фуқаролик-ҳуқуқий муомилада вужудга келган ўзига хос рақамли муносабатларни ҳуқуқий тартибга солишда мавжуд ижтимоий эҳтиёжлар ҳамда бу борада ечимини кутаётган масалаларни эътиборга олган ҳолда…
Данная статья посвящена комплексному анализу механизмов защиты права собственности в международном контексте. В работе рассматриваются теоретические основы права собственности в международном праве, анализируются…
The General Agreement on Trade in Services (GATS) has been a subject of debate regarding its impact on the liberalization of essential public services, particularly in sectors such as healthcare, education, and water…
Ўзбекистон қонунчилиги таҳлили – Uzbek law review – Обзор законодательства Узбекис тана — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi
This paper examines the specific features of using information and telecommunication technologies (ITT) for the illicit trafficking of prohibited items and substances. It notes that the development of anonymous…
This article examines the legal mechanisms for protecting the rights and legitimate interests of persons affected by domestic (family) violence. It analyzes the legislation of the Republic of Uzbekistan aimed at…
The article analyzes the role and importance of digitalization of the higher education system in preventing corruption. In particular, the importance of new information technologies introduced into the higher education…
This article examines the historical and legal evolution of international legal regulation and international cooperation of States in combating the illicit trafficking of narcotic drugs. It analyses the principal stages…
In the realm of information security, artificial intelligence is utilized not only for real-time operations, attack prediction, threat prevention, and the automation of authentication processes but also serves as a…
The international legal regulation of artificial intelligence at the global level is currently one of the key issues being addressed within the United Nations. The UN International Law Commission and the UN global…