Maqsad: Skolioz bilan og‘rigan bolalarda jismoniy rivojlanish va antropometrik ko‘rsatkichlarning xususiyatlarini deyarli sog‘lom tengdoshlari bilan taqqoslab baholash, individual davolash va reabilitatsiya yondashuvlarini ishlab chiqish.Materiallar va usullar: 9–12 yoshdagi (4–6-sinflar) 324 nafar bola o‘rtasida kesim (ko‘ndalang) tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqot ixtisoslashtirilgan ortopediya bo‘limi va umumta’lim maktablari bazasida olib borildi. Asosiy guruhga I–II darajali idiopatik skolioz (Kobb burchagi 10–25°) tashxisi qo‘yilgan 162 nafar bola, nazorat guruhiga esa 162 nafar deyarli sog‘lom bola kiritildi. Quyidagi antropometrik ko‘rsatkichlar o‘lchandi: o‘tirgan holdagi tana uzunligi, tana vazni, tik turgandagi bo‘yi, tana massasi indeksi (TMI) hisoblab chiqildi. Qo‘shimcha ravishda funksional ko‘rsatkichlar baholandi: o‘pkaning hayotiy sig‘imi, mushak kuchi, koordinatsion qobiliyatlar. Statistik tahlil Styudentning t-kriteriyasi, korrelyatsion va regressiya tahlillari yordamida amalga oshirildi.Natijalar va muhokama: Skoliozli bolalarda barcha yosh davrlarida nazorat guruhiga nisbatan antropometrik ko‘rsatkichlarda statistik jihatdan ahamiyatli farqlar aniqlandi. 4-sinfda tana vazni 19,3% ga past (26,4±0,66 kg ga qarshi 32,7±2,7 kg, p<0,05) va bo‘yi 6,2% ga kichik (130,1±1,4 sm ga qarshi 138,7±2,5 sm, p<0,05) ekani kuzatildi. 5-sinfda farqlar bo‘y ko‘rsatkichida saqlanib qoldi (138,0±3,5 sm ga qarshi 147,7±1,1 sm, p<0,05), tana vazni esa me’yorlashdi. Eng yaqqol o‘zgarishlar 6-sinfda qayd etildi: o‘tirgan holdagi tana uzunligi 19,6% ga kichik (59,3±1,2 sm ga qarshi 73,8±1,1 sm, p<0,001), bo‘yi 21,0% ga past (118,8±1,6 sm ga qarshi 150,4±1,6 sm, p<0,001), shu bilan birga TMI 32,6% ga yuqori (24,4±0,65 ga qarshi 18,4±0,58, p<0,001).Korrelyatsion tahlil deformatsiya burchagi va bo‘y o‘rtasida kuchli manfiy bog‘liqlikni ko‘rsatdi (r = -0,78, p<0,001). Funksional ko‘rsatkichlar ham sezilarli darajada pasaygan: o‘pkaning hayotiy sig‘imi 15–20% ga, orqa mushaklari kuchi esa 25–30% ga kamaygan.Xulosa: Skoliozli bolalarda jismoniy rivojlanishning progressiv buzilishlari kuzatiladi, ular bo‘y o‘sishining ortda qolishi, tana proporsiyalarining o‘zgarishi va funksional imkoniyatlarning pasayishi bilan tavsiflanadi. Yosh o‘tishi bilan umurtqa pog‘onasi deformatsiyasining kuchayishi antropometrik buzilishlarni yanada chuqurlashtiradi. Bu esa har bir bemorning individual jismoniy rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks, ko‘p tarmoqli yondashuv asosida davolash va reabilitatsiya olib borishni talab qiladi.
| Mualliflar | Hamdamov Sh.I. |
|---|---|
| Jurnal | Педиатрия |
| Nashriyot | Тошкент педиатрия тиббиёт институти |
| Nashr sanasi | 2026-07-31 |
| Son | 1 |
| Betlar | 300-307 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Tibbiyot |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-26 |
skolioz, jismoniy rivojlanish, antropometriya, maktab yoshidagi bolalar, tana massasi indeksi, umurtqa deformatsiyasi, funksional buzilishlar.
| APA | Hamdamov Sh.I. (2026). SKOLIOZLI BOLALARDA ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLAR VA JISMONIY RIVOJLANISH: NAZORAT GURUHI BILAN TAQQOSLAMA TAHLIL. Педиатрия, (1), 300-307. https://journals.tnmu.uz/index.php/pspj/article/view/6009 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Hamdamov Sh.I. SKOLIOZLI BOLALARDA ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLAR VA JISMONIY RIVOJLANISH: NAZORAT GURUHI BILAN TAQQOSLAMA TAHLIL // Педиатрия. – 2026. – № 1. – B. 300-307. |
| MLA | Hamdamov Sh.I. “SKOLIOZLI BOLALARDA ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLAR VA JISMONIY RIVOJLANISH: NAZORAT GURUHI BILAN TAQQOSLAMA TAHLIL.” Педиатрия, (1), 300-307, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/pspj/article/view/6009 |
| Chicago | Hamdamov Sh.I. “SKOLIOZLI BOLALARDA ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLAR VA JISMONIY RIVOJLANISH: NAZORAT GURUHI BILAN TAQQOSLAMA TAHLIL.” Педиатрия, (1), 300-307 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/pspj/article/view/6009 |
| Harvard | Hamdamov Sh.I (2026) ‘SKOLIOZLI BOLALARDA ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLAR VA JISMONIY RIVOJLANISH: NAZORAT GURUHI BILAN TAQQOSLAMA TAHLIL’, Педиатрия, (1), 300-307. https://journals.tnmu.uz/index.php/pspj/article/view/6009 |
| BibTeX | @article{hamdamovshi2026,
title = {SKOLIOZLI BOLALARDA ANTROPOMETRIK KO‘RSATKICHLAR VA JISMONIY RIVOJLANISH: NAZORAT GURUHI BILAN TAQQOSLAMA TAHLIL},
author = {Hamdamov Sh.I.},
journal = {Педиатрия},
year = {2026},
number = {1},
pages = {300-307},
url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/pspj/article/view/6009}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Maqolada pediatriya amaliyotida operatsiyadan oldingi ochlik rejimining (fasting) davomiyligi va uning o‘smirlar (12–18 yosh) organizmi suyuqlik sektorlariga ta’siri o‘rganganmiz. Operatsiyadan oldingi ochlik bemorni…
Kirish: Gemoblastozlar, xususan o‘tkir leykozlar, ko‘rish a‘zosining ikkilamchi zararlanishlari bilan kuzatilishi mumkin. Leykemik retinopatiya gematologik kasalliklarning eng muhim oftalmologik asoratlari qatoriga…
Актуальность. Комплексная оценка безопасности ретроградной интраренальной хирургии (РИРХ) у детей с анализом лучевой нагрузки, осложнений и почечной функции представлена в литературе недостаточно. Цель – проспективная…
Введение. Доброкачественные одонтогенные образования эпителиального происхождения составляют особую группу заболеваний, вызывающих большой интерес, как у хирургов, так и у патоморфологов по совокупности клинического…
Долзарблиги. Касалланиш кўрсаткичи бўйича амблиопия, мактаб ва мактабгача ёшдаги болаларнинг кўриш ўткирлиги пасайиши билан боғлиқ касалликлар орасида миопиядан кейинги иккинчи ўринда туради 1,5-6% ( Тимошенко…
Dolzarbligi: Gipospadiyaning oldingi (distal) shakllari ushbu tug‘ma anomaliyaning barcha holatlarining 70% gacha tashkil qiladi. Nisbatan anatomik yengillikka qaramay, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi turli…
Maqolada tug‘ma immunitet reaksiyasining disregulyatsiyasi natijasida rivojlanadigan tizimli yallig‘lanish va sepsisga o‘xshash holatlarning patogenetik mexanizmlari tahlil qilingan. Tug‘ma immunitet nuqsonlari…
O'pka gipertenziyasi (OG) bolalarda tug'ma yurak kasalligining (KYK) eng og'ir asoratlaridan biri bo'lib, kasallanish va o'limni sezilarli darajada oshiradi. OG xavfi yuqori bo'lgan bemorlarni erta aniqlash katta klinik…
Мақолада рақамли соғлиқни сақлаш тизимларини муваффақиятли жорий этган тўрт етакчи давлат — Эстония, Сингапур, Дания ва Израил — тажрибалари қиёсий таҳлил усулида ўрганилган. Таҳлил марказлашмаган архитектура (Эстония…
Bolalarda jinsiy a’zolar jarohatlari nisbatan kam uchraydigan, ammo klinik jihatdan muhim holat bo‘lib, o‘z vaqtida tashxis va davolashni talab qiladi. Bolalarda perineal jarohatlarning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan…
Педиатрия — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
Настоящее исследование посвящено разработке алгоритма раннего выявления сенсоневральной тугоухости у детей с использованием методов полимеразной цепной реакции (ПЦР). Обследовано 235 детей с нарушениями слуха, из…
В статье представлены клинические аспекты и диагностические проблемы выявления сенсоневральной тугоухости у новорождённых с перинатальной патологией. Обследовано 115 новорождённых, из которых 35 перенесли асфиксию, а у…
Сенсоневральная тугоухость (СНТ) у детей остаётся одной из наиболее актуальных проблем современной оториноларингологии и медицинской генетики. Ранняя диагностика нарушений слуха играет ключевую роль в предупреждении…
Сенсоневральная тугоухость у новорождённых является одной из ведущих причин нарушения слухоречевого развития и ранней инвалидизации. Наиболее уязвимыми считаются дети, перенёсшие перинатальные осложнения, такие как…
Mazkur eksperimental tadqiqotda yuqori yog‘li ratsion va seftriaksonning lipid hamda uglevod almashinuviga alohida va birgalikdagi ta’siri 160 ta oq zotsiz erkak kalamushda o‘rganildi. Tajriba hayvonlari to‘rtta guruhga…
Мазкур тадқиқотда Тошкет вилоятидаги Ўрта Чирчиқ тумани 25-сонли, Бўка тумани 3-сонли ва 9-сонли давлат мактабгача таълим ташкилотларида 2025 йил ёз мавсумидаги таомномаларнинг озиқ-овқат маҳсулотлари билан…