Qusish sindromi bo‘lgan go‘daklarda hazm trakti yuqori b‘olimlari patologiyalarini diffyeryensial tashxislashda klinik xavf omillarining ahamiyati

Arzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Arzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Арзикулов, Абдурайим, Нишонова, Дилафруз

Халқаро илмий педиатрия журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Go‘daklarda qusish sindromi pediatriya amaliyotida keng uchraydigan klinik holatlardan biri bo‘lib, aksariyat hollarda funksional xarakterga ega. Shu bilan birga, mazkur simptom yuqori hazm trakti organik patologiyalarining, xususan tug‘ma gipertrofik pilorostenozning ham asosiy klinik belgilaridan biri hisoblanadi. Organik va funksional holatlarni erta differensial tashxislash, ayniqsa instrumental diagnostika imkoniyatlari cheklangan birlamchi bo‘g‘in sharoitida, dolzarb klinik muammo bo‘lib qolmoqda. Maqsad. Go‘daklarda yuqori hazm trakti organik patologiyalarini bashoratlashda klinik xavf omillarining diagnostik ahamiyatini baholashdan iborat. Usullar. Tadqiqotga qusish sindromi bilan murojaat qilgan 89 nafar go‘dak jalb qilindi, ularning 65 nafari (73,0%) o‘g‘il va 24 nafari (27,0%) qiz bolalar edi. Barcha bemorlarda standartlashtirilgan klinik baholash amalga oshirilib, anamnez, qusish xususiyatlari, vazn dinamikasi hamda ob’ektiv ko‘rik natijalari tahlil qilindi. Tashxis verifikatsiyasidan so‘ng bemorlar ikki guruhga ajratildi: organik patologiya guruhi (n=45) va funksional buzilishlar guruhi (n=44). Klinik xavf omillarining diagnostik ahamiyati χ²-test, odds ratio (OR) va 95% ishonch intervali (95% CI) yordamida baholandi. Natijalar. Bemorlarning asosiy qismi (79,8%) hayotning dastlabki uch oyida qayd etildi. Tahlil natijalari organik patologiya bilan bir nechta mustaqil klinik omillar ishonchli bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, yoshning 3 oydan kichik bo‘lishi organik patologiya ehtimolini sezilarli oshirdi (OR=7,24; 95% CI: 2,00-26,2; p<0,001). Shuningdek, fontansimon qusish (OR=5,97; 95% CI: 2,33-15,3; p<0,001) va o‘g‘il jinsi (OR=2,64; 95% CI: 1,05-6,61; p<0,05) ham mustaqil klinik prediktorlar sifatida aniqlandi. Har ovqatlanishdan keyingi qusish organik patologiya bilan kuchli assotsiatsiyaga ega bo‘lgan bo‘lsa (OR=5,81; p<0,001), takrorlanuvchi qusishning differensial-diagnostik ahamiyati ishonchli emasligi qayd etildi (p>0,05). Xulosa. Go‘daklarda qusish sindromi fonida yoshning 3 oydan kichik bo‘lishi, fontansimon va har ovqatlanishdan keyingi qusish, shuningdek o‘g‘il jinsi organik patologiyaning muhim mustaqil klinik prediktorlari hisoblanadi. Ushbu omillarni kompleks baholash birlamchi bo‘g‘in pediatriya amaliyotida yuqori xavf guruhini erta aniqlash va bemorlarni o‘z vaqtida ixtisoslashgan tekshiruvlarga yo‘naltirish imkonini beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarArzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Arzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Арзикулов, Абдурайим, Нишонова, Дилафруз
JurnalХалқаро илмий педиатрия журнали
NashriyotАндижон давлат тиббиёт институти; In Science МЧЖ
ISSN2181-2926, 2181-2926
Nashr sanasi2026-06-06
Jild5
Son3
Betlar1350-1356
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
DOI10.56121/2181-2926-2026-5-3-1350-1356
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

congenital hypertrophic pyloric stenosis, pylorospasm, clinical risk factors, diagnostic predictors, vomiting, infants, врождённый гипертрофический пилоростеноз, пилороспазм, клинические факторы риска, диагностические предикторы, рвота, младенцы, tug‘ma pilorostenoz, pilorospazm, klinik xavf omillari, diagnostik prediktorlar, qusish, go‘daklar

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAArzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Arzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Арзикулов, Абдурайим, & Нишонова, Дилафруз (2026). Qusish sindromi bo‘lgan go‘daklarda hazm trakti yuqori b‘olimlari patologiyalarini diffyeryensial tashxislashda klinik xavf omillarining ahamiyati. Халқаро илмий педиатрия журнали, 5(3), 1350-1356. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-3-1350-1356
GOST (OAK)Arzikulov, Abdurayim va b. Qusish sindromi bo‘lgan go‘daklarda hazm trakti yuqori b‘olimlari patologiyalarini diffyeryensial tashxislashda klinik xavf omillarining ahamiyati // Халқаро илмий педиатрия журнали. – 2026. – T. 5, № 3. – B. 1350-1356. – DOI: 10.56121/2181-2926-2026-5-3-1350-1356.
MLAArzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Arzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Арзикулов, Абдурайим, and Нишонова, Дилафруз. “Qusish sindromi bo‘lgan go‘daklarda hazm trakti yuqori b‘olimlari patologiyalarini diffyeryensial tashxislashda klinik xavf omillarining ahamiyati.” Халқаро илмий педиатрия журнали, 5(3), 1350-1356, 2026. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-3-1350-1356
ChicagoArzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Arzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Арзикулов, Абдурайим, and Нишонова, Дилафруз. “Qusish sindromi bo‘lgan go‘daklarda hazm trakti yuqori b‘olimlari patologiyalarini diffyeryensial tashxislashda klinik xavf omillarining ahamiyati.” Халқаро илмий педиатрия журнали, 5(3), 1350-1356 (2026). https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-3-1350-1356
HarvardArzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Arzikulov, Abdurayim, Nishonova, Dilafruz, Арзикулов, Абдурайим, and Нишонова, Дилафруз (2026) ‘Qusish sindromi bo‘lgan go‘daklarda hazm trakti yuqori b‘olimlari patologiyalarini diffyeryensial tashxislashda klinik xavf omillarining ahamiyati’, Халқаро илмий педиатрия журнали, 5(3), 1350-1356. https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-3-1350-1356
BibTeX
@article{arzikulovabdurayim2026,
  title = {Qusish sindromi bo‘lgan go‘daklarda hazm trakti yuqori b‘olimlari patologiyalarini diffyeryensial tashxislashda klinik xavf omillarining ahamiyati},
  author = {Arzikulov, Abdurayim and Nishonova, Dilafruz and Arzikulov, Abdurayim and Nishonova, Dilafruz and Арзикулов, Абдурайим and Нишонова, Дилафруз},
  journal = {Халқаро илмий педиатрия журнали},
  year = {2026},
  volume = {5},
  number = {3},
  pages = {1350-1356},
  doi = {10.56121/2181-2926-2026-5-3-1350-1356},
  url = {https://doi.org/10.56121/2181-2926-2026-5-3-1350-1356}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Халқаро илмий педиатрия журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Халқаро илмий педиатрия журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Arzikulov, Abdurayim — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari