Maqolada Ikkinchi Daniya Pomir ekspeditsiyasi (1898–1899) botanigi Ove Paulsenning Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Pomirdagi tadqiqotlari yoritiladi. Paulsenning 1912 va 1920-yilgi monografiyalari o‘zbek tarixshunosligida ilk bor birgalikda tarixiy manba sifatida tahlil qilinib, zamondosh taqrizlar, O. A. va B. A. Fedchenkolar, D. I. Litvinov, V. I. Masalskiy va N. S. Golubkova asarlari bilan qiyoslandi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, xronologik va manbashunoslik tahlili usullaridan foydalanildi. Ekspeditsiya 1898–1899-yillar qishini Buxoro amirligi tarkibidagi, ammo rus harbiy nazoratidagi Shug‘nonda o‘tkazgani, 1899-yilda esa Buxoro va Xiva hududida ishlagani aniqlandi. Buxoro va Hazorasp atrofidagi o‘simlik qoplami, Oloydagi o‘rmonlarning kesilishi va yaylovlarning ta’siri, G‘arbiy Pomirdagi dehqonchilik chegaralari va ekinlarga oid kuzatuvlar ilmiy muomalaga kiritildi. Natijalar Daniya, Avstriya, Shveytsariya, Finlyandiya va Rossiya mutaxassislari ishtirokida tayyorlangani, Paulsen rus botaniklari ishlariga tayangani, uning to‘plamlari esa rus va sovet botaniklari tomonidan qo‘llangani ko‘rsatildi. Pomir florasiga oid 514 va 300 raqamlari turli hududiy qamrovga tegishli ekani asoslandi. Natijalar O‘zbekiston va qo‘shni hududlarning XIX asr oxiridagi tabiiy va xo‘jalik holati tarixini o‘rganishda qo‘llanishi mumkin.
| Mualliflar | Muminov, Azizbek |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashriyot | Farg‘ona davlat universiteti |
| ISSN | 2010-8419, 2181-1571 |
| Nashr sanasi | 2026-11-23 |
| Jild | 7 |
| Son | 6 |
| Betlar | 135-140 |
| Til | O‘zbek |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-11-27 |
Ove Paulsen, Ikkinchi Daniya Pomir ekspeditsiyasi, Pomir florasi, Kaspiyorti pasttekisligi, Raunkier hayotiy shakllari, biologik spektr, gemikriptofitlar, terofitlar, gerbariy, fan tarixi, manbashunoslik, Ove Paulsen, Second Danish Pamir Expedition, Pamir flora, Transcaspian lowlands, Raunkiær life forms, biological spectrum, hemicryptophytes, therophytes, herbarium, history of science, source criticism
| APA | Muminov, Azizbek (2026). Ikkinchi Daniya Pomir ekspeditsiyasi botanigi Ove Paulsenning Turkiston va Pomirdagi tadqiqotlari (1898–1920). FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 135-140. https://journal.fdu.uz/main/article/10466 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Muminov, Azizbek Ikkinchi Daniya Pomir ekspeditsiyasi botanigi Ove Paulsenning Turkiston va Pomirdagi tadqiqotlari (1898–1920) // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 6. – B. 135-140. |
| MLA | Muminov, Azizbek. “Ikkinchi Daniya Pomir ekspeditsiyasi botanigi Ove Paulsenning Turkiston va Pomirdagi tadqiqotlari (1898–1920).” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 135-140, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/10466 |
| Chicago | Muminov, Azizbek. “Ikkinchi Daniya Pomir ekspeditsiyasi botanigi Ove Paulsenning Turkiston va Pomirdagi tadqiqotlari (1898–1920).” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 135-140 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/10466 |
| Harvard | Muminov, Azizbek (2026) ‘Ikkinchi Daniya Pomir ekspeditsiyasi botanigi Ove Paulsenning Turkiston va Pomirdagi tadqiqotlari (1898–1920)’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 135-140. https://journal.fdu.uz/main/article/10466 |
| BibTeX | @article{muminovazizbek2026,
title = {Ikkinchi Daniya Pomir ekspeditsiyasi botanigi Ove Paulsenning Turkiston va Pomirdagi tadqiqotlari (1898–1920)},
author = {Muminov, Azizbek},
journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
year = {2026},
volume = {7},
number = {6},
pages = {135-140},
url = {https://journal.fdu.uz/main/article/10466}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Maqolada Qorabayir zotining O'zbekiston nomoddiy madaniy meros (NMM) siyosatidagi o'rni 1991–2025-yillarda tahlil qilinib, nomuvofiqlikning institutsional sabablari aniqlanadi: hujjatlar zotni "milliy merosimizning…
Maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining ekoestetik madaniyati konseptual tahlil qilinadi. Ekologik bilim, estetik sezgirlik va pedagogik mas’uliyat aloqalari aniqlashtiriladi. Besh komponentli tuzilma…
Bakalavriat tarixi talabalari arxaik, argumentlarga asoslangan ingliz tilidagi matnlarni o‘qishlari kerak, ammo maxsus maqsadlar uchun ingliz tili (ESP) bu ishni qanday qo‘llab-quvvatlashi haqidagi dalillar cheklangan…
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida STEAM ta’lim texnologiyasini qo‘llashning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. STEAM yondashuvining mazmuni, fanlararo integratsiya tamoyillari, konstruktivistik va…
Boshlang‘ich matematika kursida mazmunli masalalar bilan ishlash o‘quvchining arifmetik amallarni bilishi bilan masala vaziyatini tushunishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni shakllantiradi. Mazkur maqolada bir bosqichli va ko‘p…
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz xalq maqollarida “halollik” tushunchasining ifodalanishi, uning semantik mazmuni hamda lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Halollik insonning axloqiy fazilatlari…
Maqolada nemis tili frazeologizmlarini ikki tilli lug‘atlarda o‘zbek tiliga o‘girish bilan bog‘liq lingvokulturologik va leksikografik muammolar tadqiq etilgan. Tadqiqot materiali Duden 11 “Redewendungen” va H…
Ushbu maqolada ekologik diskursning shakllanish jarayoni, tilshunoslikdagi maqomi va ekolingvistika bilan nazariy aloqadorligi o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi ekologik diskurs, ekologik diskurs tahlili va…
Ozarbayjon grammatik tizimining nom sinfidagi nutqning eng keng qamrovli va asosiy qismi bo'lgan otning numerativ funktsiyasi tilning tarixiy va kognitiv evolyutsiyasi bilan uzviy bog'liq bo'lgan muhim lingvistik…
In the contemporary education system, the professional preparation of English language teachers is no longer confined to the acquisition of linguistic knowledge and individual methodological skills. Changes in the…
FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
The article is devoted to an experimental study of the pharmacokinetics of gentamicin in rats with lymphotropic pretracheal and intramuscular routes of administration. Data on the concentration of the antibiotic in the…
This article analyzes the international cooperation of the Uzbek SSR for the development of the sports sphere in the period 1950-1980. During this period, Uzbekistan was part of the Soviet Union, and sports policy was…
Maqolada shveytsariyalik sayyoh Anri Mozerning 1883–1884-yillardagi Markaziy Osiyo safari asosida yozilgan asarida keltirilgan Farg‘ona va Zarafshon aholisiga oid statistik jadvallar tahlil qilinadi. Farg‘ona uchun olti…
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston hududida joylashgan tabiiy, tarixiy va muqaddas maskanlarning integratsiyalashgan turizm mahsuloti sifatida shakllanish imkoniyatlari baholanadi. Maqolada ekoturizmni tarixiy-madaniy va…