Ikki terminalli perovskit/kremniy tandem quyosh elementining harorat barqarorligini sonli baholash: issiq iqlim sharoitida ishlash imkoniyatlari

Raxmatov, Gʻulomjon, Mo'minov, Tohirjon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Ikki terminalli (2T) monolit perovskit/kremniy tandem quyosh elementlari bir oʻtishli kristall kremniy qurilmalari uchun nazariy Shokli-Kvayser chegarasi (~29.4%) dan yuqori samaradorlikka erisha oladi. Biroq, bu elementlarning ishchi harorat oshishiga chidamliligi, ayniqsa issiq iqlimlarda, yetarlicha o‘rganilmagan. Ushbu tadqiqotda Eg = 1.68 eV keng taqiqlangan zonali n-i-p perovskit yuqori sub-elementi va Eg = 1.12 eV kremniy geterooʻtishli quyi sub-elementidan iborat 2T monolit tandem elementining fotoelektr xossalari haroratga bog‘liq holda sonli baholandi. Hisob-kitoblar SCAPS-1D dasturida, bir oʻlchamli drift-diffuziya modeli asosida va AM1.5G standart yoritilishida (100 mW/cm²) amalga oshirildi. Avval toklar tenglashtirildi va qurilma tuzilishi optimallashtirildi. So‘ng 290–370 K oralig‘ida harorat koeffitsiyentlari aniqlandi. Perovskit qatlamining optimal qalinligi 460 nm bo‘lganda qisqa tutashuv toki zichligi Jsc = 19.85 mA/cm², ochiq zanjir kuchlanishi Voc = 1.91 V, to‘ldirish koeffitsiyenti FF = 81.50% va foydali ish koeffitsiyenti (FIK) 30.89% ni tashkil etdi. Harorat oshishi bilan Voc dVoc/dT = -3,4 mV/K tezlikda chiziqli kamayadi, FIKning harorat koeffitsiyenti esa -0,078 %/K (nisbiy ≈ -0,25 %/K) bo‘ldi. Bu qiymat kremniy modullarida uchraydigan (-0.35… -0,45 %/K) ko‘rsatkichlardan past. Perovskit qatlamidagi hajmiy nuqsonlar zichligi Nt ≤ 10¹⁴ sm⁻³ bo‘lsa, FIK 30.5% dan yuqori saqlanadi, Nt > 10¹⁵ sm⁻³ bo‘lsa, FIK keskin kamayadi. Natijalar tandem elementining issiq iqlimli hududlarda ishlashga mos kelishini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRaxmatov, Gʻulomjon, Mo'minov, Tohirjon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-11-16
Jild7
Son6
Betlar41-49
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-11-22

Kalit so‘zlar

Perovskit va kremniy tandem quyosh elementi, harorat barqarorligi, harorat koeffitsiyenti, issiq iqlim, SCAPS-1D dasturi, toklarni moslashtirish, nuqsonlar zichligi., perovskite/silicon tandem solar cell, thermal stability, temperature coefficient, hot climate, SCAPS-1D, current matching, defect density.

Iqtibos keltirish

APARaxmatov, Gʻulomjon, & Mo'minov, Tohirjon (2026). IKKI TERMINALLI PEROVSKIT/KREMNIY TANDEM QUYOSH ELEMENTINING HARORAT BARQARORLIGINI SONLI BAHOLASH: ISSIQ IQLIM SHAROITIDA ISHLASH IMKONIYATLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 41-49. https://journal.fdu.uz/main/article/8510
GOST (OAK)Raxmatov, Gʻulomjon, Mo'minov, Tohirjon IKKI TERMINALLI PEROVSKIT/KREMNIY TANDEM QUYOSH ELEMENTINING HARORAT BARQARORLIGINI SONLI BAHOLASH: ISSIQ IQLIM SHAROITIDA ISHLASH IMKONIYATLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 6. – B. 41-49.
MLARaxmatov, Gʻulomjon, and Mo'minov, Tohirjon. “IKKI TERMINALLI PEROVSKIT/KREMNIY TANDEM QUYOSH ELEMENTINING HARORAT BARQARORLIGINI SONLI BAHOLASH: ISSIQ IQLIM SHAROITIDA ISHLASH IMKONIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 41-49, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/8510
ChicagoRaxmatov, Gʻulomjon, and Mo'minov, Tohirjon. “IKKI TERMINALLI PEROVSKIT/KREMNIY TANDEM QUYOSH ELEMENTINING HARORAT BARQARORLIGINI SONLI BAHOLASH: ISSIQ IQLIM SHAROITIDA ISHLASH IMKONIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 41-49 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/8510
HarvardRaxmatov, Gʻulomjon, and Mo'minov, Tohirjon (2026) ‘IKKI TERMINALLI PEROVSKIT/KREMNIY TANDEM QUYOSH ELEMENTINING HARORAT BARQARORLIGINI SONLI BAHOLASH: ISSIQ IQLIM SHAROITIDA ISHLASH IMKONIYATLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 41-49. https://journal.fdu.uz/main/article/8510
BibTeX
@article{raxmatovgulomjon2026,
  title = {IKKI TERMINALLI PEROVSKIT/KREMNIY TANDEM QUYOSH ELEMENTINING HARORAT BARQARORLIGINI SONLI BAHOLASH: ISSIQ IQLIM SHAROITIDA ISHLASH IMKONIYATLARI},
  author = {Raxmatov, Gʻulomjon and Mo'minov, Tohirjon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {6},
  pages = {41-49},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/8510}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Raxmatov, Gʻulomjon — boshqa maqolalari