So‘z semantik taraqqiyotidagi o‘zgarishlar xususida

Rozikova, Gulbaxor

FarDU ilmiy xabarlari · 2022-yil

Annotatsiya

Til taraqqiyoti davomida so‘z ma’nolarida turli o‘zgarishlarning yuz berishi tabiiy jarayondir. Eski turkiy tilda qo‘llangan ba’zi so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida ma’lum jihatdan ma’noviy o‘zgarishlarga uchragan. Ayrim so‘zlarning ma’nosi toraygan, ayrimlariniki kengaygan bo‘lsa, ba’zilari o‘zi anglatgan ma’noga qarama-qarshi ma’noda ham qo‘llangan. Ushbu maqolada til taraqqiyoti davomida so‘z ma’nolarida yuzaga kelgan kengayish va torayish hodisalari «Devonu lug‘otit turk» asarida qo‘llangan bir qator leksemalar misolida yoritildi. Eski turkiy tilda jigit, кэjiк, jïлқï, cïғïр, эрÿк, алқïш,aмaч, кӭсäк, эркӓк, кöl, қïшлағ, jаjлағ, оғлан kabi leksemalar iste’molda bo‘lgan. Til taraqqiyotining keyingi davrlariga kelib mazkur leksemalarning tarkibida ma’lum semantik o‘zgarishlar yuz bergan. So‘z ma’no taraqqiyotidagi bunday o‘zgarishlar tasniflash, tavsiflash, qiyoslash va lingvistik tahlil usullari asosida yoritildi. So‘z ma’nolarini izohlashda bir qator lug‘atlarga murojaat qilindi. Sh.Rahmatullayev, M.Mirtojiev, H.Dadaboyev, N.Rahmonov, Q.Sodiqov, B.Abdushukurov, Sh.Usmanova, Sh.Egamova, A.Mo‘minova kabi olimlarning so‘z ma’nosining kengayishi va torayishi yuzasidan bildirgan fikrlari tahlil qilindi, munosabat bildirildi, bu hodisa o‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq obyekti bo‘lmagani ta’kidlandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRozikova, Gulbaxor
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2022-12-31
Jild28
Betlar1052-1055
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-11-14

Kalit so‘zlar

semantik taraqqiyot, ma’no kengayishi, ma’no torayishi, so‘z ma’nosining o‘zgarishi, leksema, semema, sema, polisemantik birlik, hosila ma’no, differensiatsiya.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APARozikova, Gulbaxor (2022). SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA. FarDU ilmiy xabarlari, 28, 1052-1055. https://journal.fdu.uz/main/article/10198
GOST (OAK)Rozikova, Gulbaxor SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA // FarDU ilmiy xabarlari. – 2022. – T. 28. – B. 1052-1055.
MLARozikova, Gulbaxor. “SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA.” FarDU ilmiy xabarlari, 28, 1052-1055, 2022. https://journal.fdu.uz/main/article/10198
ChicagoRozikova, Gulbaxor. “SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA.” FarDU ilmiy xabarlari, 28, 1052-1055 (2022). https://journal.fdu.uz/main/article/10198
HarvardRozikova, Gulbaxor (2022) ‘SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA’, FarDU ilmiy xabarlari, 28, 1052-1055. https://journal.fdu.uz/main/article/10198
BibTeX
@article{rozikovagulbaxor2022,
  title = {SO‘Z SEMANTIK TARAQQIYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR XUSUSIDA},
  author = {Rozikova, Gulbaxor},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2022},
  volume = {28},
  pages = {1052-1055},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/10198}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2022-yil arxivi

Rozikova, Gulbaxor — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari