Turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlatxususiy sheriklik mexanizmlari: xalqaro tajriba va O‘zbekistonda qo‘llash istiqbollari

Teshabayeva , O.N., Abdusattorov , D.

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarining iqtisodiy va tashkiliy ahamiyati yoritilgan. Turizm sohasida zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi investitsiyalarni jalb etishda davlat va xususiy sektor hamkorligining imkoniyatlari tahlil qilingan. Xususan, xalqaro tajribada DXSh asosida transport infratuzilmasi, mehmonxonalar, turistik majmualar, madaniy meros obyektlari va ekologik turizm maskanlarini rivojlantirish amaliyoti o‘rganilgan. Tadqiqot davomida davlat va xususiy sektor o‘rtasida moliyaviy, tashkiliy hamda operatsion risklarni taqsimlash, investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash va uzoq muddatli boshqaruv mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklikni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy asoslar va turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi xalqaro tajribani tahlil qilish asosida mamlakatimiz turizm infratuzilmasiga DXSh mexanizmlarini samarali joriy etish bo‘yicha ilmiyamaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Natijada turizm loyihalarini tanlash, moliyalashtirish, risklarni taqsimlash va boshqarishda iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik mezonlarni uyg‘unlashtirish zarurligi asoslangan. Maqolada xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish, davlat kafolatlari va shaffof tanlov mexanizmlarini takomillashtirish, hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari turizm infratuzilmasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan investitsiya siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTeshabayeva , O.N., Abdusattorov , D.
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-11-12
Jild3
Son11
Betlar491-499
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-11-13

Kalit so‘zlar

turizm infratuzilmasi, davlat-xususiy sheriklik, xalqaro tajriba, xususiy investitsiyalar, investitsiya loyihalari, moliyalashtirish mexanizmlari, risklarni taqsimlash, turistik xizmatlar, barqaror rivojlanish, samarali boshqaruv.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APATeshabayeva , O.N., & Abdusattorov , D. (2026). TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATXUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMLARI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI. Innovations in Science and Technologies, 3(11), 491-499. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1850
GOST (OAK)Teshabayeva , O.N., Abdusattorov , D. TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATXUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMLARI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 11. – B. 491-499.
MLATeshabayeva , O.N., and Abdusattorov , D. “TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATXUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMLARI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(11), 491-499, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1850
ChicagoTeshabayeva , O.N., and Abdusattorov , D. “TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATXUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMLARI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(11), 491-499 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1850
HarvardTeshabayeva , O.N., and Abdusattorov , D (2026) ‘TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATXUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMLARI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI’, Innovations in Science and Technologies, 3(11), 491-499. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1850
BibTeX
@article{teshabayevaon2026,
  title = {TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATXUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMLARI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI},
  author = {Teshabayeva , O.N. and Abdusattorov , D.},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {11},
  pages = {491-499},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1850}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari