Qishloq xo‘jaligida innovatsion-investitsion qo‘llabquvvatlashning «Yashil iqtisodiyot» rivojlanishidagi o‘rni

Botirova , Raximaxon

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada qishloq xo‘jaligini innovatsion-investitsion qo‘llab-quvvatlash vositalari «yashil iqtisodiyot» maqsadlari bilan qay darajada bog‘langani O‘zbekiston misolida o‘rganilgan. Tadqiqotdan maqsad davlat hisobidan moliyalashtirilayotgan agrar fan natijalari qaysi xo‘jalik toifalariga yetib borayotganini baholash va ularni tomorqa xo‘jaliklariga yetkazish mexanizmini takomillashtirish yo‘llarini asoslashdir. Tadqiqotda 2019-2026-yillarda qabul qilingan strategik hujjatlar, Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yakunlari bo‘yicha ma’lumotlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy muassasalar hisobotlari va xalqaro tashkilotlar tadqiqotlari tahlil qilindi. Normativ-huquqiy tahlil, statistik guruhlash, qiyosiy tahlil va rasmiy tajriba natijalari bilan solishtirish usullaridan foydalanildi. Davlat ilmiy dasturlari loyihalari soni 2020-yildagi 135 tadan 2024-yilda 61 taga qisqargan, ularning qiymati 42,3 mlrd so‘mdan 34,2 mlrd so‘mga tushgan. Shu bilan birga, 2024-yilda sabzavot ekinlarining 12 ta yangi navi yaratilgan, 2025-yilda g‘alla hosildorligi gektariga 85 sentnerga yetgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotining 62,3 foizi, jumladan kartoshkaning 67,5 va sabzavotning 58,0 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda. Ilmiy natijalarni bevosita xonadonlarga olib boruvchi «xonadonbay» mexanizmi esa hozircha 612 ta xonadonni qamrab olgan. Maqolada bu mexanizmni chorvachilik, asalarichilik va yem-xashak yo‘nalishlari bilan kengaytirish, olim va xonadon egasi o‘rtasida yozma shartnoma tuzish hamda natijalarni ochiq e’lon qilish taklif etilgan. Farg‘ona vodiysi uchun 10 sotixli tomorqaning namunaviy modeli tuzilgan; uning yiliga kamida 90 mln so‘m daromad bera olishi haqidagi baho rasmiy tajribalarda qayd etilgan 60-90 mln so‘mlik ko‘rsatkichlarga mos keladi. Beda maydonlarini kengaytirish yem-xashak tanqisligini yumshatish yo‘li sifatida asoslangan. Tadqiqot ikkilamchi ma’lumotlarga tayanadi. «Yashil iqtisodiyot» maqsadlariga erishish uchun davlat ko‘magini mahsulotning asosiy qismini yetishtirayotgan kichik xo‘jaliklarga ham yo‘naltirish kerak, degan xulosaga kelingan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBotirova , Raximaxon
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-11-12
Jild3
Son11
Betlar451-464
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-11-13

Kalit so‘zlar

yashil iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, innovatsiya, investitsiya, davlat ko‘magi, agrar fan, tomorqa xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, suv tejovchi texnologiyalar, xonadonbay loyihalari.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APABotirova , Raximaxon (2026). QISHLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION-INVESTITSION QO‘LLABQUVVATLASHNING «YASHIL IQTISODIYOT» RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI. Innovations in Science and Technologies, 3(11), 451-464. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1847
GOST (OAK)Botirova , Raximaxon QISHLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION-INVESTITSION QO‘LLABQUVVATLASHNING «YASHIL IQTISODIYOT» RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 11. – B. 451-464.
MLABotirova , Raximaxon. “QISHLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION-INVESTITSION QO‘LLABQUVVATLASHNING «YASHIL IQTISODIYOT» RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI.” Innovations in Science and Technologies, 3(11), 451-464, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1847
ChicagoBotirova , Raximaxon. “QISHLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION-INVESTITSION QO‘LLABQUVVATLASHNING «YASHIL IQTISODIYOT» RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI.” Innovations in Science and Technologies, 3(11), 451-464 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1847
HarvardBotirova , Raximaxon (2026) ‘QISHLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION-INVESTITSION QO‘LLABQUVVATLASHNING «YASHIL IQTISODIYOT» RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI’, Innovations in Science and Technologies, 3(11), 451-464. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1847
BibTeX
@article{botirovaraximaxon2026,
  title = {QISHLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION-INVESTITSION QO‘LLABQUVVATLASHNING «YASHIL IQTISODIYOT» RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI},
  author = {Botirova , Raximaxon},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {11},
  pages = {451-464},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1847}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Botirova , Raximaxon — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari