Xorazm Viloyati iqtisodiy barqarorligiga suv omillari ta'sirini ekonometrik baholash

Khaitbayev Jasurbek Otakhanovich, Хаитбаев Жасурбек Отаханович, Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich

Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали · 2026-yil

Annotatsiya

Suv resurslari cheklangan quruq iqlimli hududlarda iqtisodiy barqarorlik suvdan foydalanish hajmi bilan bir qatorda uning samaradorligiga ham bog'liq. Maqolaning maqsadi – Xorazm viloyati iqtisodiy barqarorligiga suv omillarining ta'sirini rasmiy statistik ma'lumotlar asosida miqdoriy baholash. Tadqiqotda 2010–2021-yillar ma'lumotlari bo'yicha real yalpi hududiy mahsulot (YaHM) va qishloq xo'jaligi mahsuloti bog'liq o'zgaruvchilar, suv sarfi, sug'oriladigan ekin maydoni va qishloq xo'jaligiga kiritilgan investitsiyalar izohlovchi omillar sifatida olingan. Kobb–Duglas turidagi logarifmik model, Engle–Granger kointegratsiya testi va xato tuzatish modeli qo'llanilgan. Natijalar real YaHM 2,08 baravar oshgani holda suv sarfi 27,2% ga qisqarganini, suv unumdorligi esa 2,85 baravar ortganini ko'rsatdi. Suv hajmining YaHMga uzoq muddatli ta'siri statistik ahamiyatsiz (β = −0,09; p = 0,771) bo'lib, bu viloyat iqtisodiyotining suv hajmidan nisbiy ajralishidan (decoupling) dalolat beradi. Shu bilan birga, suv ta'minotidagi qisqa muddatli o'zgarishlar qishloq xo'jaligi o'sish sur'atiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi (elastiklik 0,10; p = 0,036). Natijalar hududiy suv siyosatini suv hajmini oshirishdan suv unumdorligini oshirish va qurg'oqchilik xatarlarini boshqarishga yo'naltirish zarurligini asoslaydi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKhaitbayev Jasurbek Otakhanovich, Хаитбаев Жасурбек Отаханович, Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich
JurnalМеҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали
NashriyotТДИУ
ISSN3030-3117
Nashr sanasi2026-10-14
Jild5
Son4
Betlar122-134
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
DOI10.67668/lehc/vol5iss4/581
Indeksga qo‘shilgan2026-11-08

Kalit so‘zlar

suv resurslari, iqtisodiy barqarorlik, suv unumdorligi, decoupling, ekonometrik model, kointegratsiya, xato tuzatish modeli, Xorazm viloyati, водные ресурсы, экономическая стабильность, продуктивность воды, декаплинг, эконометрическая модель, коинтеграция, модель коррекции ошибок, Хорезмская область, water resources, economic stability, water productivity, decoupling, econometric model, cointegration, error correction model, Khorezm region. 1. Kirish Suv resurslari jahon iqtisodiyotida o'sishni cheklovchi asosiy tabiiy omillardan biriga aylanib bormoqda. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi iqtisodiy o'sishni ekologik cheklovlar va avlodlararo adolat bilan uyg'unlashtirishni nazarda tutadi [1], quruq iqlimli mintaqalarda esa bu uyg'unlikning markaziy elementi suv resurslari hisoblanadi. O'zbekistonda suv resurslarining asosiy qismi transchegaraviy daryolar oqimi hisobiga shakllanadi va ularning katta ulushi qishloq xo'jaligida sug'orish uchun sarflanadi. Shu sababli 2020–2030-yillarga mo'ljallangan suv xo'jaligini rivojlantirish konsepsiyasida suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, suv hisobini raqamlashtirish va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAKhaitbayev Jasurbek Otakhanovich, Хаитбаев Жасурбек Отаханович, & Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich (2026). XORAZM VILOYATI IQTISODIY BARQARORLIGIGA SUV OMILLARI TA'SIRINI EKONOMETRIK BAHOLASH. Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали, 5(4), 122-134. https://doi.org/10.67668/lehc/vol5iss4/581
GOST (OAK)Khaitbayev Jasurbek Otakhanovich, Хаитбаев Жасурбек Отаханович, Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich XORAZM VILOYATI IQTISODIY BARQARORLIGIGA SUV OMILLARI TA'SIRINI EKONOMETRIK BAHOLASH // Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали. – 2026. – T. 5, № 4. – B. 122-134. – DOI: 10.67668/lehc/vol5iss4/581.
MLAKhaitbayev Jasurbek Otakhanovich, Хаитбаев Жасурбек Отаханович, and Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich. “XORAZM VILOYATI IQTISODIY BARQARORLIGIGA SUV OMILLARI TA'SIRINI EKONOMETRIK BAHOLASH.” Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали, 5(4), 122-134, 2026. https://doi.org/10.67668/lehc/vol5iss4/581
ChicagoKhaitbayev Jasurbek Otakhanovich, Хаитбаев Жасурбек Отаханович, and Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich. “XORAZM VILOYATI IQTISODIY BARQARORLIGIGA SUV OMILLARI TA'SIRINI EKONOMETRIK BAHOLASH.” Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали, 5(4), 122-134 (2026). https://doi.org/10.67668/lehc/vol5iss4/581
HarvardKhaitbayev Jasurbek Otakhanovich, Хаитбаев Жасурбек Отаханович, and Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich (2026) ‘XORAZM VILOYATI IQTISODIY BARQARORLIGIGA SUV OMILLARI TA'SIRINI EKONOMETRIK BAHOLASH’, Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали, 5(4), 122-134. https://doi.org/10.67668/lehc/vol5iss4/581
BibTeX
@article{khaitbayevjasurbekotakhanovich2026,
  title = {XORAZM VILOYATI IQTISODIY BARQARORLIGIGA SUV OMILLARI TA'SIRINI EKONOMETRIK BAHOLASH},
  author = {Khaitbayev Jasurbek Otakhanovich and Хаитбаев Жасурбек Отаханович and Xaitbayev Jasurbek Otaxanovich},
  journal = {Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали},
  year = {2026},
  volume = {5},
  number = {4},
  pages = {122-134},
  doi = {10.67668/lehc/vol5iss4/581},
  url = {https://doi.org/10.67668/lehc/vol5iss4/581}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали jurnalidan boshqa maqolalar

Меҳнат иқтисодиёти ва инсон капитали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari