Ga2Gd kristallida normallashtirilgan magnitlanishning tashqi magnit maydonga bog`liqligi

Fayziyev, Shaxobiddin, Ibodova, Maftunabonu

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Ga2Gd kristallining tashqi magnit maydon o‘zgarishiga javoban domen tuzilishining o‘zgarishi xona temperaturasida tajribaviy ravishda tahlil qilindi. Magnit maydon Helmholts g‘altaklari yordamida hosil qilinib, namuna sirtidagi domen tasvirlari maydonning 0; 1,8; 3,0; 3,6; 4,8 va 9,0 mT qiymatlarida qayd etilgan. Domen tasvirlaridan olingan optik signal S₊ va S₋ qiymatlari asosida normallashtirilgan magnitlanish m(B)= M(B)/M_s = (S_+ (B)- S_- (B))/(S_+ (B)+ S_- (B) )ko‘rinishida baholangan. Natijalar magnit maydonning yo‘nalishi va o‘zgarish tarixiga bog‘liq optik javob mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mazkur m(B) kattaligi absolyut magnitlanish emas, balki domen kontrasti asosida normallashtirilgan eksperimental ko‘rsatkich sifatida talqin qilinishi kerak. Grafikda to‘g‘ri borish, to‘g‘ri qaytish, teskari borish va teskari qaytish shoxobchalarining farqlanishi magnit tarix ta’sirini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlar Ga2Gd kristallida domenlarning qayta tashkil topishi, domen devorlarining siljishi va pinning markazlari bilan bog‘liq jarayonlarni tushuntirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarFayziyev, Shaxobiddin, Ibodova, Maftunabonu
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-11-02
Jild7
Son5
Betlar56-63
TilO‘zbek
Ilmiy sohaKimyo
Indeksga qo‘shilgan2026-11-23

Kalit so‘zlar

Ga2Gd, gadoliniy gallid, domen, domen devori, magnit maydon, normallashtirilgan magnitlanish, gisterezis, qoldiq magnitlanish, koertsitiv maydon, magnit anizotropiya, domen devori harakati, optik kontrast., Ga2Gd, magnetic domains, domain wall, magnetic field, normalized magnetization, hysteresis, coercive field, magnetic anisotropy.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAFayziyev, Shaxobiddin, & Ibodova, Maftunabonu (2026). Ga2Gd KRISTALLIDA NORMALLASHTIRILGAN MAGNITLANISHNING TASHQI MAGNIT MAYDONGA BOG`LIQLIGI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 56-63. https://journal.fdu.uz/main/article/7870
GOST (OAK)Fayziyev, Shaxobiddin, Ibodova, Maftunabonu Ga2Gd KRISTALLIDA NORMALLASHTIRILGAN MAGNITLANISHNING TASHQI MAGNIT MAYDONGA BOG`LIQLIGI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 5. – B. 56-63.
MLAFayziyev, Shaxobiddin, and Ibodova, Maftunabonu. “Ga2Gd KRISTALLIDA NORMALLASHTIRILGAN MAGNITLANISHNING TASHQI MAGNIT MAYDONGA BOG`LIQLIGI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 56-63, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7870
ChicagoFayziyev, Shaxobiddin, and Ibodova, Maftunabonu. “Ga2Gd KRISTALLIDA NORMALLASHTIRILGAN MAGNITLANISHNING TASHQI MAGNIT MAYDONGA BOG`LIQLIGI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 56-63 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7870
HarvardFayziyev, Shaxobiddin, and Ibodova, Maftunabonu (2026) ‘Ga2Gd KRISTALLIDA NORMALLASHTIRILGAN MAGNITLANISHNING TASHQI MAGNIT MAYDONGA BOG`LIQLIGI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 56-63. https://journal.fdu.uz/main/article/7870
BibTeX
@article{fayziyevshaxobiddin2026,
  title = {Ga2Gd KRISTALLIDA NORMALLASHTIRILGAN MAGNITLANISHNING TASHQI MAGNIT MAYDONGA BOG`LIQLIGI},
  author = {Fayziyev, Shaxobiddin and Ibodova, Maftunabonu},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {5},
  pages = {56-63},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7870}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Fayziyev, Shaxobiddin — boshqa maqolalari

Kimyo sohasidagi boshqa maqolalar

Kimyo sohasidagi OAK jurnallari