Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tuzilmasi va innovatsion natijadorlik: g‘arbiy Yevropa tajribasi va O‘zbekiston uchun xulosalar

Atamuradov Sherzod Akramovich, Shirinova Shaxnoza Abdinabiyevna, Izzatullayeva Sevara Baxritdin qizi

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada Germaniya, Fransiya, Belgiya va Niderlandiya hamda O‘zbekiston misolida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tuzilmasi va uning innovatsion natijadorlik bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekistonda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga (R&D) yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmi, ularning manbalar bo‘yicha tarkibi hamda tadbirkorlik sektorining ishtiroki strategik maqsadlarga to‘liq mos kelmayotgani bilan belgilanadi. Tahlil Eurostat maʼlumotlari, Jahon intellektual mulk tashkilotining 2025 va 2026 yilgi Global innovatsion indekslari hamda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasining 2020–2023 yillarga oid statistik maʼlumotlariga asoslangan. Tadqiqotda qiyosiy, tarkibiy va korrelyatsion tahlil usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar tanlangan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida R&D xarajatlari hajmi va moliyalashtirish tuzilmasining o‘zi innovatsion natijadorlikdagi farqlarni to‘liq izohlash uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi. Xususan, Belgiya 2023 yilda R&D intensivligi bo‘yicha tanlangan mamlakatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgani holda, GII bali bo‘yicha ushbu guruhda nisbatan past natija qayd etgan. O‘zbekistonda esa resurs bazasining torligi va mavjud resurslarni innovatsion natijaga aylantirishdagi cheklovlar bir vaqtda namoyon bo‘ladi. 2023 yilda R&D xarajatlarining YaIMga nisbati 0,11 foizni, tadbirkorlik sektori bajargan R&D ulushi 19,2 foizni tashkil etgan. 2025 yilgi GII maʼlumotlarida innovatsion kirim va natijalar bo‘yicha mamlakat o‘rinlari o‘rtasida 23 pog‘onalik farq kuzatilgan. 2026 yilda O‘zbekiston Global innovatsion indeksda 77-o‘rinni egallab, innovatsion rivojlanish strategiyasida shu yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichga erishgan. Tahlil natijalari asosida tadbirkorlik sektori R&D xarajatlarini rag‘batlantiruvchi soliq mexanizmlarini joriy etish, davlat grantlarini xususiy hammoliyalashtirish bilan bog‘lash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish infratuzilmasini kuchaytirish hamda strategik ko‘rsatkichlarni xalqaro statistik standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAtamuradov Sherzod Akramovich, Shirinova Shaxnoza Abdinabiyevna, Izzatullayeva Sevara Baxritdin qizi
JurnalАктуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
NashriyotТoшкент дaвлaт иқтиcoдиёт универcитети
ISSN2181-1865
Nashr sanasi2026-10-20
Jild6
Son10
Betlar100-115
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
DOI10.55439/afa/vol6_iss10/1537
Indeksga qo‘shilgan2026-10-21

Kalit so‘zlar

innovatsion faoliyat, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar, R&D, moliyalashtirish tuzilmasi, tadbirkorlik sektori, Global innovatsion indeks, innovatsion natijadorlik, milliy innovatsion tizim, O‘zbekiston.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAAtamuradov Sherzod Akramovich, Shirinova Shaxnoza Abdinabiyevna, & Izzatullayeva Sevara Baxritdin qizi (2026). INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH TUZILMASI VA INNOVATSION NATIJADORLIK: G‘ARBIY YEVROPA TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN XULOSALAR. Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 6(10), 100-115. https://doi.org/10.55439/afa/vol6_iss10/1537
GOST (OAK)Atamuradov Sherzod Akramovich, Shirinova Shaxnoza Abdinabiyevna, Izzatullayeva Sevara Baxritdin qizi INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH TUZILMASI VA INNOVATSION NATIJADORLIK: G‘ARBIY YEVROPA TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN XULOSALAR // Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби. – 2026. – T. 6, № 10. – B. 100-115. – DOI: 10.55439/afa/vol6_iss10/1537.
MLAAtamuradov Sherzod Akramovich, Shirinova Shaxnoza Abdinabiyevna, and Izzatullayeva Sevara Baxritdin qizi. “INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH TUZILMASI VA INNOVATSION NATIJADORLIK: G‘ARBIY YEVROPA TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN XULOSALAR.” Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 6(10), 100-115, 2026. https://doi.org/10.55439/afa/vol6_iss10/1537
ChicagoAtamuradov Sherzod Akramovich, Shirinova Shaxnoza Abdinabiyevna, and Izzatullayeva Sevara Baxritdin qizi. “INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH TUZILMASI VA INNOVATSION NATIJADORLIK: G‘ARBIY YEVROPA TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN XULOSALAR.” Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 6(10), 100-115 (2026). https://doi.org/10.55439/afa/vol6_iss10/1537
HarvardAtamuradov Sherzod Akramovich, Shirinova Shaxnoza Abdinabiyevna, and Izzatullayeva Sevara Baxritdin qizi (2026) ‘INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH TUZILMASI VA INNOVATSION NATIJADORLIK: G‘ARBIY YEVROPA TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN XULOSALAR’, Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 6(10), 100-115. https://doi.org/10.55439/afa/vol6_iss10/1537
BibTeX
@article{atamuradovsherzodakramovich2026,
  title = {INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH TUZILMASI VA INNOVATSION NATIJADORLIK: G‘ARBIY YEVROPA TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN XULOSALAR},
  author = {Atamuradov Sherzod Akramovich and Shirinova Shaxnoza Abdinabiyevna and Izzatullayeva Sevara Baxritdin qizi},
  journal = {Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби},
  year = {2026},
  volume = {6},
  number = {10},
  pages = {100-115},
  doi = {10.55439/afa/vol6_iss10/1537},
  url = {https://doi.org/10.55439/afa/vol6_iss10/1537}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби jurnalidan boshqa maqolalar

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Atamuradov Sherzod Akramovich — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari