Bronxoobstruktiv sindromli bolalarda doksofillin va ingalyatsion flutikazon qo'llashning klinik-immunologik samaradorligi

Sharipova, Nilufar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Maqsad: Bronxoobstruktiv sindromli (BOS) bolalarda doksofillin va ingalyatsion flutikazon qo'llashning klinik-immunologik samaradorligini baholash. Materiallar va usullar: Tadqiqotga BOS bilan og'rigan 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan 87 nafar bola jalb qilindi. Ularning 51 nafarida BOS II darajasi, 36 nafarida BOS III darajasi aniqlandi. Har bir daraja bo'yicha bolalar ikki guruhga bo'lindi: I guruh (nazorat) bazis terapiya oldi, II guruh (asosiy) esa bazis terapiyaga qo'shimcha ravishda doksofillin (puroksan) va BOS III darajasida doksofillin + ingalyatsion flutikazon (nebuflyuzon) kombinatsiyasini oldi. Klinik simptomlar dinamikasi, klinik respirator shkala (KRSH) bo'yicha baholash, adaptirlangan kompyuter bronxofonografiyasi (KBFG) va immunologik ko'rsatkichlar (IgA, IgM, IgG, IgE, TNFα, IL-4, IL-8, IL-1β, IFNγ) tahlil qilindi. Natijalar: BOS II darajasida doksofillin qo'shilgan guruhda yotib davolanish muddati 7,6±0,1 kundan 5,3±0,1 kungacha (p<0,01), BOS III darajasida doksofillin + flutikazon kombinatsiyasida 9,0±0,2 kundan 7,2±0,3 kungacha (p<0,01) qisqardi. KBFG bo'yicha yuqori chastotali nafas (YuChN) indeksi (P3) BOS II darajasida 1,9 barobar, BOS III darajasida 2,5 barobar kamaydi (p<0,001). Immunologik ko'rsatkichlar sezilarli darajada normallashdi: IgE BOS II darajasida 76,5±5,3 mg% gacha (bazis terapiyada 108,8±13,6 mg%), IL-4 16,6±1,1 pg/ml gacha (bazis terapiyada 23,9±1,5 pg/ml) pasaydi (p<0,01). Xulosa: BOS II darajasida doksofillin va BOS III darajasida doksofillin + flutikazon kombinatsiyasini bazis terapiyaga qo'shish klinik simptomlarni tezroq bartaraf etish, bronxial o'tkazuvchanlikni tiklash va immunologik ko'rsatkichlarni normallashtirish imkonini beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSharipova, Nilufar
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
NashriyotТТА Урганч филиали
ISSN3093-8740, 2012-2021
Nashr sanasi2026-10-07
Jild2
Son5
Betlar278-297
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-10-09

Kalit so‘zlar

bronxoobstruktiv sindrom, bolalar, doksofillin, flutikazon, kompyuter bronxofonografiyasi

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APASharipova, Nilufar (2026). BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMLI BOLALARDA DOKSOFILLIN VA INGALYATSION FLUTIKAZON QO'LLASHNING KLINIK-IMMUNOLOGIK SAMARADORLIGI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(5), 278-297. http://journal.urdti.uz/index/article/view/1155
GOST (OAK)Sharipova, Nilufar BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMLI BOLALARDA DOKSOFILLIN VA INGALYATSION FLUTIKAZON QO'LLASHNING KLINIK-IMMUNOLOGIK SAMARADORLIGI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. – 2026. – T. 2, № 5. – B. 278-297.
MLASharipova, Nilufar. “BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMLI BOLALARDA DOKSOFILLIN VA INGALYATSION FLUTIKAZON QO'LLASHNING KLINIK-IMMUNOLOGIK SAMARADORLIGI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(5), 278-297, 2026. http://journal.urdti.uz/index/article/view/1155
ChicagoSharipova, Nilufar. “BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMLI BOLALARDA DOKSOFILLIN VA INGALYATSION FLUTIKAZON QO'LLASHNING KLINIK-IMMUNOLOGIK SAMARADORLIGI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(5), 278-297 (2026). http://journal.urdti.uz/index/article/view/1155
HarvardSharipova, Nilufar (2026) ‘BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMLI BOLALARDA DOKSOFILLIN VA INGALYATSION FLUTIKAZON QO'LLASHNING KLINIK-IMMUNOLOGIK SAMARADORLIGI’, Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(5), 278-297. http://journal.urdti.uz/index/article/view/1155
BibTeX
@article{sharipovanilufar2026,
  title = {BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMLI BOLALARDA DOKSOFILLIN VA INGALYATSION FLUTIKAZON QO'LLASHNING KLINIK-IMMUNOLOGIK SAMARADORLIGI},
  author = {Sharipova, Nilufar},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year = {2026},
  volume = {2},
  number = {5},
  pages = {278-297},
  url = {http://journal.urdti.uz/index/article/view/1155}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Sharipova, Nilufar — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari