O'zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish borasidagi davlat siyosatining jahon tajribasiga integratsiyalashuvi

Qushmatov , Azizbek

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini, xususan turizm va yo'lbo'yi xizmatlari yo'nalishlarini rivojlantirishda davlat siyosatining jahon tajribasiga integratsiyalashuv jarayonlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, O'zbekistonda xizmatlar sohasi boshqa tarmoqlarga nisbatan yangi bo'lib, raqobat kuchayib borayotgan sharoitda yangi iste'molchilarni jalb qilish xarajatlari tobora oshib bormoqda va bu ko'rsatkich mavjud mijozlarni ushlab qolish xarajatlaridan bir necha barobar yuqori bo'lib, davlat tomonidan maqsadli qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini xalqaro amaliyot bilan uyg'unlashtirishni taqozo etadi. Maqolaning maqsadi — 2022-yilda e'lon qilingan davlat chora-tadbirlari misolida O'zbekistonda xizmatlar, xususan turizm va yo'lbo'yi xizmatlari sohasini rivojlantirish bo'yicha davlat siyosatining mazmun-mohiyatini hamda uning xalqaro tajriba bilan uyg'unlik darajasini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik tahlil, mantiqiy umumlashtirish va monografik kuzatish usullaridan foydalanilgan; ma'lumotlar bazasi sifatida davlat dasturlari, hukumat qarorlari, xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda ilmiy adabiyotlar tanlangan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, turizm salohiyati yuqori bo'lgan 45 ta tog'li va tog'oldi tumanda yo'l, aloqa va mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish orqali turizm xizmatlari hajmini 3-4 barobar oshirish, shuningdek soliq imtiyozlari va imtiyozli kreditlar hisobiga yangi ish o'rinlari yaratish mumkinligi aniqlandi. Shuningdek, magistral yo'l bo'yi va chegara oldi hududlarida logistika xizmatlarini, yirik shaharlarda esa yuqori daromadli tibbiyot, ta'lim va san'at xizmatlarini rivojlantirish bo'yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqilgani aniqlandi. Tadqiqot davomida O'zbekiston tajribasining Xitoy, Qozog'iston va Qirg'iziston kabi mamlakatlarning ichki turizmni rivojlantirish siyosati bilan umumiy va farqli jihatlari aniqlangan, bu esa milliy siyosatni xalqaro kontekstda baholash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari mintaqaviy xizmatlar sohasi siyosatini takomillashtirishda, davlat dasturlarining samaradorligini oshirishda hamda xalqaro tajribani milliy sharoitga moslashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQushmatov , Azizbek
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-23
Jild3
Son9
Betlar308-318
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-25

Kalit so‘zlar

xizmatlar sohasi, davlat siyosati, turizm, yo'lbo'yi xizmatlari, jahon tajribasi, infratuzilma investitsiyalari, soliq imtiyozlari, ish o'rinlari, raqobatdosh ustunlik, mintaqaviy rivojlanish.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAQushmatov , Azizbek (2026). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING JAHON TAJRIBASIGA INTEGRATSIYALASHUVI. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 308-318. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1739
GOST (OAK)Qushmatov , Azizbek O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING JAHON TAJRIBASIGA INTEGRATSIYALASHUVI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 308-318.
MLAQushmatov , Azizbek. “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING JAHON TAJRIBASIGA INTEGRATSIYALASHUVI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 308-318, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1739
ChicagoQushmatov , Azizbek. “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING JAHON TAJRIBASIGA INTEGRATSIYALASHUVI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 308-318 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1739
HarvardQushmatov , Azizbek (2026) ‘O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING JAHON TAJRIBASIGA INTEGRATSIYALASHUVI’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 308-318. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1739
BibTeX
@article{qushmatovazizbek2026,
  title = {O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING JAHON TAJRIBASIGA INTEGRATSIYALASHUVI},
  author = {Qushmatov , Azizbek},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {308-318},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1739}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Qushmatov , Azizbek — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari