Yosh o‘qituvchilarning emotsional barqarorligi va kasbiy moslashuvi o‘rtasidagi psixologik bog‘liqlik

Sotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi, M.A.Maxsudova

Таълим ва тараққиёт · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada yosh o‘qituvchilarning emotsional barqarorligi va kasbiy moslashuvi o‘rtasidagi psixologik bog‘liqlik masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kasbiy faoliyatining dastlabki bosqichida bo‘lgan yosh o‘qituvchilarda emotsional barqarorlik darajasi bilan kasbiy moslashuv jarayoni o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash hamda ushbu jarayonga ta’sir etuvchi psixologik omillarni tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, psixodiagnostik metodlar va korrelyatsion tahlil usullaridan foydalanildi. Emotsional barqarorlikni baholashda shaxsning stressli vaziyatlarda o‘z emotsiyalarini boshqarishi, hissiy reaksiyalarining muvozanatlanganligi va psixologik zo‘riqishlarga bardoshliligi hisobga olindi. Kasbiy moslashuv esa pedagogik faoliyat talablariga moslashish, kasbiy vazifalarni bajarish, jamoaga integratsiyalashish va kasbiy o‘ziga ishonch kabi ko‘rsatkichlar asosida baholandi. Tadqiqot natijalari emotsional barqarorlik darajasi yuqori bo‘lgan yosh o‘qituvchilarning kasbiy muhitga tezroq moslashishi, stressli vaziyatlarni samaraliroq boshqarishi va pedagogik faoliyatda barqarorroq xulq-atvor namoyon etishini ko‘rsatdi. Xulosa sifatida emotsional barqarorlik yosh o‘qituvchilarning muvaffaqiyatli kasbiy moslashuvini ta’minlovchi muhim psixologik omillardan biri ekanligi aniqlandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi, M.A.Maxsudova
JurnalТаълим ва тараққиёт
NashriyotНаманган давлат педагогика институти
ISSN2022-2026, 2992-9008
Nashr sanasi2026-08-29
Son4
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
Indeksga qo‘shilgan2026-10-13

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APASotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi, & M.A.Maxsudova (2026). YOSH O‘QITUVCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGI VA KASBIY MOSLASHUVI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK. Таълим ва тараққиёт, (4). https://journal.namspi.uz/articleview/1106
GOST (OAK)Sotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi, M.A.Maxsudova YOSH O‘QITUVCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGI VA KASBIY MOSLASHUVI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK // Таълим ва тараққиёт. – 2026. – № 4.
MLASotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi, and M.A.Maxsudova. “YOSH O‘QITUVCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGI VA KASBIY MOSLASHUVI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK.” Таълим ва тараққиёт, (4), 2026. https://journal.namspi.uz/articleview/1106
ChicagoSotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi, and M.A.Maxsudova. “YOSH O‘QITUVCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGI VA KASBIY MOSLASHUVI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK.” Таълим ва тараққиёт, (4) (2026). https://journal.namspi.uz/articleview/1106
HarvardSotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi, and M.A.Maxsudova (2026) ‘YOSH O‘QITUVCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGI VA KASBIY MOSLASHUVI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK’, Таълим ва тараққиёт, (4). https://journal.namspi.uz/articleview/1106
BibTeX
@article{sotvoldiyevazebunisoabbosbekqizi2026,
  title = {YOSH O‘QITUVCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGI VA KASBIY MOSLASHUVI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK},
  author = {Sotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi and M.A.Maxsudova},
  journal = {Таълим ва тараққиёт},
  year = {2026},
  number = {4},
  url = {https://journal.namspi.uz/articleview/1106}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълим ва тараққиёт jurnalidan boshqa maqolalar

Таълим ва тараққиёт — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Sotvoldiyeva Zebuniso Abbosbek qizi — boshqa maqolalari

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari