HASSOS FOLKLORSHUNOS O'zbek xalq lirikasining tarixiy asoslari bo'yicha yirik tadqiqot yaratgan folklorshunos olim Abiyr (Asqar) Musaqulov 1967Musaqulov -1973-yillarda -yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) o'zbek filologiyasi fakultetining kechki bo'limida tahsil oldi.1974-75-yillarda armiya safida xizmat qildi.1971-yildan buyon O'zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining Folklor bo'limida laborant (1971-74), katta laborant (1974-84), kichik ilmiy xodim (1984-85), ilmiy xodim (1985-88), katta ilmiy xodim (1989-97) bo'lib ishladi.Bu yerda 1984-yilda "O'zbek folklorida terma (janr xususiyatlari, klassifikatsiyasi, poetikasi)" mavzusida nomzodlik, 1995-yilda "O'zbek xalq lirikasining tarixiy asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, oddiy laborantlikdan yetakchi ilmiy xodimlikkacha bo'lgan ilm yo'lining o'nqir-cho'nqirlarini bosib o'tdi.Taniqli olim Asqar Musaqulovning folklorshunoslikka oid ishlari haqida so'zlaganda, birinchi o'ringa uning to'plovchilik faoliyatini qo'ygan bo'lar edik.Chunki u 1971-yildan beri Til va adabiyot institutining folklor ekspeditsiyalariga muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda.Ekspeditsiyalar va yakka safarlar davomida ko'plab xalq ijodi namunalarini yozib oldiki, ular Folklor arxividagi salmoqli jildlarni tashkil etadi.Asqarda xalq ijodi namunalarini his qilish va anglashda o'ziga xos bir sezgirlik mavjud.Nimani yozib olish zarurligini tezda fahmlay oladi.Birgina misol keltiraylik.1977-yilda Tojikiston Respublikasining janubiy hududlariga uyushtirilgan folklor ekspeditsiyasiga borishda Shahriston tumanining Qayirma qishlog'iga qo'nib o'tishga to'g'ri kelib qoldi.Ekspeditsiya a'zolari qishloq chekkasidagi ko'l bo'yiga joylashib ulgurmasidanoq, Asqar Musaqulov qishloq oralab ketdi.Bir-ikki soat o'tar-o'tmas keyinchalik bir qator tadqiqotlarga asos bo'lgan "Badik"ning eng go'zal va badiiy jihatdan mukammal bir variantini yozib olib keldi.Bu folklor materialining ahamiyati shundan iborat ediki, o'sha paytga qadar o'zbek folklorshunosligida hali "Badik" to'la holida og'zaki ijroda yetib kelmagan, degan qarashlar mavjud edi.Ertasiga bu variantni magnitofonda yozib olib, yo'limizda davom etdik.Jonli ijroda kamdan-kam uchrashi mumkin bo'lgan, tobora unutilib borayotgan, so'z magiyasiga asoslangan bu janrning nisbatan mukammal variantining yozib olinishi folklor merosi xazinasini boyitish bilan birga yangi-yangi tadqiqotlar olib borishga keng imkoniyat yaratishi tabiiydir.Hassos folklorshunos Asqar Musaqulovning to'plovchilik faoliyatidan bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.Folklor to'plovchi sifatida samarali faoliyat ko'rsatgan A.Musaqulov 1971-97-yillarda davomida O'zR FA Til va adabiyot institutining Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg'ona vodiysi, Toshkent viloyati, Turkmaniston respublikasining Chorjo'y viloyati hamda Janubiy Tojikiston bo'ylab o'tkazilgan folklor ekspeditsiyalarida faol ishtirok etib, o'zbek xalq marosim qo'shiqlari, irim-sirim va inonche'tiqodlar bilan bog'liq aytim hamda alomatlar, maqol, topishmoq va lirik qo'shiqlarni yozib olish orqali xalq og'zaki badiiy ijodi xazinasini boyitishga munosib hissa qo'shdi.Birgina maqollarning akademik nashrida boshqalar qatori uni tayyorlashda ishtirok etish bilan birga ikkinchi jildning tematik va poetik ko'rsatkichlarini hamda butun nashr uchun tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlar lug'atini tuzganligini hisobga olsak, bo'limda tayyorlanadigan jamoaviy ishlarda Asqar Musaqulovning o'rni va uning qo'shgan hissasi o'z-o'zidan ayon bo'ladi.
| Mualliflar | Shomirza Turdimov |
|---|---|
| Jurnal | Adabiy meros |
| Nashriyot | Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi |
| ISSN | 2181-1320, 3093-916X |
| Nashr sanasi | 2026-03-26 |
| Son | 2 |
| Betlar | 187-190 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Filologiya |
| DOI | 10.67822/np1dsg81 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-02 |
DOI: 10.67822/np1dsg81 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
| APA | Shomirza Turdimov (2026). HASSOS FOLKLORSHUNOS. Adabiy meros, (2), 187-190. https://doi.org/10.67822/np1dsg81 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Shomirza Turdimov HASSOS FOLKLORSHUNOS // Adabiy meros. – 2026. – № 2. – B. 187-190. – DOI: 10.67822/np1dsg81. |
| MLA | Shomirza Turdimov. “HASSOS FOLKLORSHUNOS.” Adabiy meros, (2), 187-190, 2026. https://doi.org/10.67822/np1dsg81 |
| Chicago | Shomirza Turdimov. “HASSOS FOLKLORSHUNOS.” Adabiy meros, (2), 187-190 (2026). https://doi.org/10.67822/np1dsg81 |
| Harvard | Shomirza Turdimov (2026) ‘HASSOS FOLKLORSHUNOS’, Adabiy meros, (2), 187-190. https://doi.org/10.67822/np1dsg81 |
| BibTeX | @article{shomirzaturdimov2026,
title = {HASSOS FOLKLORSHUNOS},
author = {Shomirza Turdimov},
journal = {Adabiy meros},
year = {2026},
number = {2},
pages = {187-190},
doi = {10.67822/np1dsg81},
url = {https://doi.org/10.67822/np1dsg81}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
В статье представлены р езультаты сравнительного анализа текстов первого и второго изданий романа “Минувшие дни” Абдуллы Кадыри. Будучи последним прижизненным изданием романа, текст издания 1933 года содержит множество…
Hurmat tushunchasi insoniy munosabatlarning asosiy jihati sanalib, u madaniy chegaralar bilan belgilangan omil: har bir madaniy xalqlarning hurmat tushunchasi xalqlarning tarixiy taraqqiyoti, madaniy-ma’rifiy…
Maqolada so‘nggi o‘n yilliklardagi adabiyotshunoslik medievistikasi (o‘rta asrlar adabiyotshunosligi) yutuqlari nuqtayi nazaridan Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Muallif Alisher…
O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi nodir qo‘lyozma va toshbosma kitoblar fondida XVIII asrda yashagan xorazmlik ijodkor Mavlono Xoja Qozi Payvandiy Rizoiy “Qush tili” asarining hozircha yagona…
Ushbu maqolada o‘zbek modern she’riyatining yorqin vakili Go‘zal Begimning o‘z ko‘ngliga murojaat tarzida bitilgan “Mening lola ko‘nglim” she’ri tahlil etilgan. Tadqiqotda she’rni xalq og‘zaki ijodidagi murojaat…
Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi turkiy tilda yaratilgan ilk tazkira bo‘lib, unda muallifning mutafakkirlik dahosi, adabiyotshunos sifatidagi yuksak didi namoyon bo‘ladi. Navoiy bu asarida o‘z zamonasiining…
Bokuda boʻlib oʻtgan birinchi Turkologiya qurultoyining bu yil yuz yilligi nishonlanmoqda. Bu qurultoy turkologiya tarixida oʻziga xos iz qoldirdi. Qurultoyda faqatgina til, yagona alifboga oʻtish masalasi kun tartibiga…
Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini matnshunoslik aspektida tadqiq etish va ularni zamonaviy kitobxonga yetkazishning dolzarb nazariy muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotda ilmiy-tanqidiy matn…
Ushbu maqolada nostandart til hodisasi sifatida milliy til ichida rivojlanayotgan yoshlar slengi o‘zbek va koreys tilidagi namunalardan foydalangan holda tadqiq etilgan. Shuningdek, slengga doir nazariy qarashlar…
Mazkur maqolada turkiy yozma manbalarda uchraydigan oziq-ovqat nomlarining tarixiy rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Mahmud Koshg‘ariy asarlarida qayd etilgan leksik birliklardan boshlab, Alisher Navoiy…
Adabiy meros — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
Ushbu maqolada “Go‘ro‘g‘li” (“Ko‘ro‘g‘li”) dostonining yetakchi motivlaridan biri – qahramonning initsiatsiyadan o‘tishi bilan bog‘liq talqinlarning mifologik va tarixiy asoslari haqida fikr yuritiladi. Unda dostonning…
Ushbu maqolada ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganishda yangi so‘zlarni vizual va verbal usullar orqali o‘zlashtirish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda vizual materiallar (rasmlar, grafik tasvirlar va…
Ushbu maqolada mashina tarjimasi (MT) vositalarining Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tahsil olayotgan o‘zbek-ingliz ikki tilli talabalarning ingliz tilidagi yozma ishlarida uchraydigan xatolarga ta’siri…
Maqolada 1892-yilda “Туркестанские ведомости” gazetasida chop etilgan Sattorxon Abdulg'afforovning “Qo'qon xonligining ruslar tomonidan istilo etilishidan oldingi ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk” asarining…
This article examines the linguistic units and metaphorical fields that structure English ecological discourse — the texts that construct public understanding of nature and environmental crisis. Drawing on Conceptual…
Maqolada 1929–1930-yillardan boshlab O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan yalpi kollektivlashtirish, “quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosati va majburiy surgunning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri Farg‘ona vodiysi…
Amudaryo quyi oqimidagi sugʻoriladigan hududlarda qishloq xoʻjaligi qurgʻoqchiligini asosan yogʻin emas, balki daryodan olinadigan suv hajmi belgilaydi. Tadqiqotda Xorazm viloyatida bir yillik (2000, 2008, 2011) va…