Annotatsiya 1926-yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan Turkologiya qurultoyi turkiy xalqlar madaniy-ma’rifiy hayotida muhim burilish nuqtasi boʻldi. Qurultoy kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri yozuv masalasi edi. O‘sha davrda turkiy xalqlar asosan arab yozuvidan foydalanar, biroq bu yozuv fonetik jihatdan turkiy tillarning xususiyatlarini to‘liq ifodalay olmasdi. Shu sababli yangi, soddalashtirilgan va ilmiy asoslangan alifboga o‘tish masalasi keng muhokama qilindi. Ikkinchi tomondan, bu masalaning siyosiy tomonlari bor edi. Arab yozuvi musulmon dunyosi bilan madaniy birlikni mustahkamlab turgan edi. Shoʻrolar hukumati esa diniy va transmilliy birlashuv tendensiyalarini cheklashga intildi, lotin alifbosiga o‘tish orqali diniy markazlar bilan aloqani zaiflashtirish va milliy respublikalarni yangi mafkuraviy makonga integratsiya qilish maqsad qilindi. Qurultoyda yozuvni lotin asosiga o‘tkazish taklifi ilgari surilib, uning afzalliklari dalillar bilan asoslandi. Lotin yozuvi turkiy tillarning tovush tizimiga mos kelishi, o‘qish-yozishni osonlashtirishi hamda zamonaviy ilmiy-texnik adabiyotlarni o‘zlashtirishni tezlashtirishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, yagona turkiy lotin alifbosini joriy etish orqali turkiy xalqlar o‘rtasida madaniy birlikni mustahkamlash, ilmiy hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan edi. Bu tashabbus, bir tomondan, turkiy tillarning fonetik tizimiga mos yozuv yaratishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, markazlashgan nazoratni kuchaytirish vositasi edi. Yagona grafik tizim orqali nashriyot, ta’lim va ideologik matnlarni tezroq va samaraliroq tarqatish imkoniyati paydo bo‘ldi, biroq ayrim delegatlar arab yozuvi bilan bog‘liq tarixiy va diniy an’analarning uzilishi mumkinligidan xavotir bildirdilar. Natijada qurultoy qarorlari asosida turkiy respublikalarda lotin yozuviga bosqichma-bosqich o‘tish tavsiya etildi. Qurultoy yakunida lotin grafikasi asosidagi yagona turkiy alifbo konsepsiyasini ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi. Bu qaror keyinchalik ko‘plab turkiy respublikalarda yozuv islohoti jarayonini jadallashtirdi. Kalit so‘zlar: turkologiya, qurultoy, turkiy xalqlar, alifbo, imlo, yozuv, arab yozuvi, lotin yozuvi, kirill yozuvi.
| Mualliflar | Inomjon Azimov |
|---|---|
| Jurnal | Туркологик тадқиқотлар |
| Nashriyot | Самарқанд давлат университети, https://turkologiya.samdu.uz |
| ISSN | 2992-9229, 3060-5318 |
| Nashr sanasi | 2026-03-27 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.5281/zenodo.19841911 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-02 |
DOI: 10.5281/zenodo.19841911 · Maqolaning asl sahifasi
| APA | Inomjon Azimov (2026). I TURKOLOGIYA QURULTOYIDA YOZUV MASALASI. Туркологик тадқиқотлар. https://doi.org/10.5281/zenodo.19841911 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Inomjon Azimov I TURKOLOGIYA QURULTOYIDA YOZUV MASALASI // Туркологик тадқиқотлар. – 2026. – DOI: 10.5281/zenodo.19841911. |
| MLA | Inomjon Azimov. “I TURKOLOGIYA QURULTOYIDA YOZUV MASALASI.” Туркологик тадқиқотлар, 2026. https://doi.org/10.5281/zenodo.19841911 |
| Chicago | Inomjon Azimov. “I TURKOLOGIYA QURULTOYIDA YOZUV MASALASI.” Туркологик тадқиқотлар (2026). https://doi.org/10.5281/zenodo.19841911 |
| Harvard | Inomjon Azimov (2026) ‘I TURKOLOGIYA QURULTOYIDA YOZUV MASALASI’, Туркологик тадқиқотлар. https://doi.org/10.5281/zenodo.19841911 |
| BibTeX | @article{inomjonazimov2026,
title = {I TURKOLOGIYA QURULTOYIDA YOZUV MASALASI},
author = {Inomjon Azimov},
journal = {Туркологик тадқиқотлар},
year = {2026},
doi = {10.5281/zenodo.19841911},
url = {https://doi.org/10.5281/zenodo.19841911}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Annotasiýa Türkmen dil biliminiň iň möhüm ugurlarynyň biri bolan Türkmen frazeografiýasynyň nazary esaslary we frazeologiki sözlükleri düzmek däbi häzirki döwürde hem doly we hemmetaraplaýyn öwrenilmän gelýän…
Аннотация В данной статье, посвящённой насущным проблемам переводоведения, в частности искусству перевода арабских текстов на узбекский и русский языки, глубоко и всесторонне анализируются основные подходы к переводу на…
Annotatsiya Maqolada turkiy tillardagi lug‘aviy birliklarning milliy tafakkurni aks ettirish hamda axborot uzatishdagi funksional-semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Leksema semantikasi doirasida semema va semalar…
Özet Bu çalışma, Türk dilleri ailesinin en köklü kollarından biri olan ve Oğuz grubunun kadim temsilciliğini üstlenen Türkmen yazı dilinin tarihsel evrimini, 1926 Bakü Türkoloji Kurultayı’nın sunduğu stratejik…
Аннотация Макалада кыргыз тил илиминде буга чейин профессорлор А.Жапаров, А.Иманов жана ф.и.д. Б.Тойчубекова тарабынан жүргүзүлгөн бир тутумдуу жөнөкөй сүйлөмдөрдүн классификациясы боюнча айрым так эмес, талаш туудурган…
Özet Bu çalışmada; Türkiye’de Türkoloji sahasının tarihsel kökenleri, oryantalist bir disiplinden millî bir akademik inşa sürecine dönüşümü ve güncel kurumsal diplomasideki yeri ele alınmıştır. Osmanlı’nın son…
Xülasə Türk dünyasında ortaq yazı sistemi ideyası XX əsrin əvvəllərində milli-mədəni inkişafın əsas istiqamətlərindən biri kimi gündəmə gəlmiş, bu prosesin ən mühüm mərhələsi 1926-cı il 26 fevral – 6 mart tarixlərində…
Annotatsiya 1926-yildа Bоkudа Birinchi butunittifоq turkоlоgiya qurultоyi bо‘lib о‘tdi. Turkiy хаlqlаr tаriхi, tili vа аdаbiyoti mаsаlаlаri muhоkаmа qilingаn ushbu qurultоy mаtеriаllаri turlichа nuqtаyi nаzаrdаn tаhlil…
Annotatsiya. Mazkur maqolada Qangʻ davlati hukmronligi davrida Sugʻdda kechgan siyosiy jarayonlar Kulto‘ba yodgorligi bitiklari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Kulto‘ba bitiklarining tarixiy manba sifatidagi…
Annotatsiya Mazkur maqolada palindrom hodisasi tilshunoslikning kognitiv va uslubiy yo‘nalishlari kesimida chuqur tahlil qilinadi. Palindrom nafaqat qadimdan mavjud bo‘lgan so‘z o‘yini, balki tilning ichki mantiqiy…
Туркологик тадқиқотлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
Ushbu maqolada tabiiy va ikkilamchi sho‘rxoklarda, o‘simliklarida, pedobiogeokimyoviy baryerlarida kimyoviy elementlarning migratsiyasi va akkumulyatsiyasi keltirilgan. Bundan tashqari sho‘rxok o‘simliklarida…
Ishda janubiy Farg‘ona tog‘li va tog‘oldi zonalarida mualliflarning ko‘p yillik tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Natijada tog‘li jigarrang, karbonatli tuproqlarning chirindi-akkumulyativ gorizontlarida gumus…
Oʻtgan asrning boshlarida oʻz harakatlarini “jadidlar” nomi bilan tarix zarvaraqlariga muhrlagan ma’rifatparvar ziyolilar birinchi navbatda, alifbo va imlo masalalariga jiddiy e’tibor qaratdilar, ma’lum qonun-qoidalarga…
Oʻtgan asrning boshlarida jadidlar nomi bilan tarix sahnasiga chiqqan millat fidoiylari iqtisodi, ilm-fani rivojlangan davlat qurishni orzu qildilar. Buning uchun eng avvalo, millatni savodli qilish, zamonaviy…
At the beginning of the last century, the devotees of the nation, who appeared on the stage of history under the name of Jadids, dreamed of building a state with a developed economy and science. To do this, it was…