ANNOTATSIYA KALIT SO'ZLARUshbu maqola oʻzbek adabiyotida zamonaviy uslubiy izlanishlarga asos solgan, hikoya janrining serqirra imkoniyatlarini toʻliq namoyon etgan ijodkor -Nazar Eshonqulning nasriy asarlariga bagʻishlangan.Tadqiqot markazida adibning badiiy tilga, ayniqsa, stilistik va sintaktik vositalarga boʻlgan individual yondashuvi tahlil qilinadi.Nazar Eshonqul nasrining badiiy jozibadorligi, avvalo, uning til orqali yaratilgan ifoda uslubida namoyon boʻladi.Ushbu maqolada yozuvchining til vositalari, yaʼni inversiya, ritorik soʻroq gaplar, ellipsis, emotsional gaplar, antiteza, qarama-qarshi maʼnoli birliklar, oʻxshatishlar, stilistik takrorlar kabi sintaktik va stilistik figuralardan samarali foydalangani ilmiy asosda ochib beriladi.Yozuvchining "Yalpiz hidi", "Maymun yetaklagan odam", "Shamolni tutib boʻlmaydi" kabi hikoyalarida uchraydigan matn parchalari lingvopoetik tahlil qilinadi.Ularning sintaktik qurilishi, uslubiy vazifasi, qahramon obrazini ochishdagi ahamiyati, matnning semantic va ekspressiv qatlamlarini kuchaytirishdagi roli yoritiladi.Tahlillar davomida Nazar Eshonqul prozasining oʻziga xosligi shundaki, u har bir til vositasini oʻz ijodiy niyati va badiiy maqsadiga muvofiq tanlaydi, ularni psixologik va falsafiy tafakkur bilan uygʻunlashtiradi.Ayniqsa, qahramonlarning ichki monologi, botiniy iztiroblari, hayotga boʻlgan qarashlari, eʼtiqod, ezgulik-yomonlik, adolat-zolimlik kabi ziddiyatli tushunchalar muallifning sintaktik yechimlari orqali chuqur ifodalanadi.Shuningdek, maqolada yozuvchining realism va modernism elementlarini uzviy bogʻlagan holda yangi estetik makon yaratgani, milliy adabiy tafakkur va jahon adabiyoti tajribasini uygʻunlashtirgan holda oʻziga xos nasriy uslub shakllantirganiga urgʻu beriladi.Nazar Eshonqul nasridagi stilistik va sintaktik vositalar nafaqat badiiy jozibadorlikni oshiradi, balki estetik baho, hissiy taʼsirchanlik va maʼnaviy teranlikni taʼminlovchi asosiy qatlamni tashkil qiladi.Muallifning har bir sintaktik birligi obraz yaratishga, psixologik holatni yetkazishga, kontekstni kengaytirishga xizmat qiladi.Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Nazar Eshonqul til orqali estetik gʻoyani, sintaksis orqali ichki maʼno qatlamlarini ochib bera olgan badiiy tafakkur egasidir.Ushbu maqola orqali yozuvchining badiiy matn bilan ishlashdagi sintaktik mahorati, stilistik novatorligi va estetik ilgʻorlari ilmiy tahlil qilinib, zamonaviy oʻzbek nasrining rivojlanish yoʻnalishlaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.
| Mualliflar | Dildora Baxtiyor qizi Safarova |
|---|---|
| Jurnal | Komparativistika |
| Nashriyot | Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети |
| ISSN | 3060-4559 |
| Nashr sanasi | 2025-05-24 |
| Jild | 2 |
| Son | 6 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Filologiya |
| DOI | 10.64964/comp.2025.0135 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-02 |
DOI: 10.64964/comp.2025.0135 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
| APA | Dildora Baxtiyor qizi Safarova (2025). NAZAR ESHONQUL PROZASINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. Komparativistika, 2(6). https://doi.org/10.64964/comp.2025.0135 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Dildora Baxtiyor qizi Safarova NAZAR ESHONQUL PROZASINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI // Komparativistika. – 2025. – T. 2, № 6. – DOI: 10.64964/comp.2025.0135. |
| MLA | Dildora Baxtiyor qizi Safarova. “NAZAR ESHONQUL PROZASINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI.” Komparativistika, 2(6), 2025. https://doi.org/10.64964/comp.2025.0135 |
| Chicago | Dildora Baxtiyor qizi Safarova. “NAZAR ESHONQUL PROZASINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI.” Komparativistika, 2(6) (2025). https://doi.org/10.64964/comp.2025.0135 |
| Harvard | Dildora Baxtiyor qizi Safarova (2025) ‘NAZAR ESHONQUL PROZASINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI’, Komparativistika, 2(6). https://doi.org/10.64964/comp.2025.0135 |
| BibTeX | @article{dildorabaxtiyorqizisafarova2025,
title = {NAZAR ESHONQUL PROZASINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI},
author = {Dildora Baxtiyor qizi Safarova},
journal = {Komparativistika},
year = {2025},
volume = {2},
number = {6},
doi = {10.64964/comp.2025.0135},
url = {https://doi.org/10.64964/comp.2025.0135}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
muassasalari agentligi tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi IELTS fakultativ mashgʻulot oʻqituvchisi Toshkent, Oʻzbebkiston
This article is devoted to the linguistic study of logistics terms.Terms are used not only in the language, but also as part of a certain terminology.Terminology as a system of scientific terms is a subsystem of the…
Ushbu maqolada diplomatiya sohasida qoʻllaniladigan yozishma va hujjat turlari, ularning bir-biridan farqlari hamda vazifalari haqida soʻz yuritiladi.Shu bilan bir qatorda diplomatik yozishmalarning oʻziga xos uslubi va…
va Xudoyberdi Toʻxtaboyev oʻz asarlarida insoniy his-tuygʻular va ijtimoiy adolatsizliklarni ochib berish orqali, yetim bolalarning turmush tarzi, hayoti va jamiyatdagi oʻrni haqida fikr yuritadilar.Ushbu maqola orqali…
Ushbu maqolada "Temur tuzuklari" matnining lingvistik xususiyatlari tarixiy-filologik hamda lingvopoetik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi.Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, mazkur asar nafaqat siyosiy-huquqiy va…
Сабирова Зебо ЗокировнаFilologiya fanlari doktori, professor, O'zR FA O'
PEDAGOGIKA VA FILOLOGIK METODIKA УДК(UOʻK, UDC): 303.02 ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ФОРМИРОВАНИИ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ О КОНЦЕПТЕ "УСПЕХ" ПРИ ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ 39 Абдуллаева Лола Тохировна…
Ushbu maqolada oʻzbek adibining Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissa-hikoyalar toʻplami va turk yozuvchisi Ahmad Lutfiy Qozonchining "Qaynona" romani qiyosiy-tipologik metod asosida tahlil qilinadi.Tadqiqotning…
This article explores the artistic skills of W. S Maugham in creating rich, multi-dimensional characters within his narratives.Maugham's way of creating characters is deep, realistic, and diverse, making for a really…
ANNОTATSIYAKALIT SOʻZLAR Maqolada hujjatli roman janrida yaratilgan asarlarda tarixiy shaxs -Amir Temur siymosining tasviri muallif maqsadi va estetik pozitsiyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.Tadqiqotning asosiy…
Komparativistika — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi
Ushbu maqolada ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganishda yangi so‘zlarni vizual va verbal usullar orqali o‘zlashtirish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda vizual materiallar (rasmlar, grafik tasvirlar va…
Ushbu maqolada mashina tarjimasi (MT) vositalarining Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tahsil olayotgan o‘zbek-ingliz ikki tilli talabalarning ingliz tilidagi yozma ishlarida uchraydigan xatolarga ta’siri…
Maqolada 1892-yilda “Туркестанские ведомости” gazetasida chop etilgan Sattorxon Abdulg'afforovning “Qo'qon xonligining ruslar tomonidan istilo etilishidan oldingi ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk” asarining…
This article examines the linguistic units and metaphorical fields that structure English ecological discourse — the texts that construct public understanding of nature and environmental crisis. Drawing on Conceptual…
Maqolada 1929–1930-yillardan boshlab O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan yalpi kollektivlashtirish, “quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosati va majburiy surgunning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri Farg‘ona vodiysi…
Amudaryo quyi oqimidagi sugʻoriladigan hududlarda qishloq xoʻjaligi qurgʻoqchiligini asosan yogʻin emas, balki daryodan olinadigan suv hajmi belgilaydi. Tadqiqotda Xorazm viloyatida bir yillik (2000, 2008, 2011) va…