DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI FAOLIYATIGA ICHKI AUDIT XIZMATLARINING TA’SIRI

Muxammadali Temirov

Иқтисодиёт ва таълим · 2023-yil

Annotatsiya

Taqdim etilgan maqolada zamonaviy sharoitda ichki audit xizmatlarini tashkil etishning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tiladi. Unda budjet mablag‘laridan samarali foydalanish va budjet xarajatlari samaradorligini ta’minlashda nazorat organlarining roli va faoliyat mexanizmiga e’tibor qaratilgan. Budjet mablag‘larini oluvchilarda ichki audit xizmatini joriy etish natijasida davlat dasturlari va loyihalarini yanada samarali amalga oshirishni ta’minlash mumkin bo‘ladi. Demak, ichki nazorat va auditni kuchaytirish orqali tashkilotlar budjet mablag‘larini yanada samaraliroq boshqarishi, ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishi va rejalashtirilgan natijalarga erishishi imkoni paydo bo‘ladi. Olib borilgan tadqiqotning ahamiyati shundaki, u budjet mablag‘lari harakatining barcha bosqichlarida nazorat organlari faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va budjet mablag‘larini boshqaruvchi tashkilotlarga yuklangan ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarning yanada samarali bajarilishini ta’minlaydi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMuxammadali Temirov
JurnalИқтисодиёт ва таълим
Nashr sanasi2023-10-30
Jild24
Son5
Betlar92-98
Tiluz
DOI10.55439/eced/vol24_iss5/a14

Иқтисодиёт ва таълим jurnalidan boshqa maqolalar

Иқтисодиёт ва таълим — barcha maqolalar