Nekronimlar yasalishida toponimik markerlarning qo‘llanishi

Kaxarov , Shuxratbek

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada nekronimlar tarkibidagi makon, vaqt va shakl-hajmga munosabatni ifodalaydigan markerlarning qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan. Ularning tahlili xalqimizning o‘ziga xos nominatorlik tafakkuri va toponimik dunyoqarashini anglashga xizmat qiladi. Andijon viloyati nekronimlari tarkibida yuqori, quyi, pastki, eski, yangi kabi markerli nomlar ko‘plab uchraydi. Ularning shakliy tuzilish xususiyatlari birma-bir o‘rganilgan. Maqola so‘ngida markerli nomlar hududiy yaqinlik va funksional aloqadorlik asosida vujudga kelishi xulosa qilingan. Maqolada nekronimlar tarkibida uchraydigan toponimik markerlarning lingvistik va nominativ xususiyatlari yoritilgan. Markerlarning qo‘llanishi natijasida nekronimlar tizimida hududiy joylashuv, tarixiy ketma-ketlik hamda obyektlararo funksional munosabatlar ifodalanishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, markerli nekronimlar xalqning makon va zamon haqidagi tasavvurlari, tarixiy xotirasi hamda nom berish an’analarining lisoniy ifodasi sifatida baholangan. Nekronimlar tarkibidagi markerlar orqali toponimik tizimning ichki taraqqiyot qonuniyatlari, onomastik uzviylik va nomlarning vorislik asosida shakllanish mexanizmlari ochib berilgan. Olingan ilmiy qarashlar o‘zbek onomastikasida nekronimlarning struktur-semantik xususiyatlarini chuqurroq anglash hamda toponimik tadqiqotlarni yangi nazariy yondashuvlar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKaxarov , Shuxratbek
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-06-18
Jild18
Betlar106-108
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

toponim, toponimik marker, onomastika, nekronim, atoqli ot, nominatsiya, motivatsiya, transonimizatsiya, konversiya, transpozitsiya.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAKaxarov , Shuxratbek (2026). NEKRONIMLAR YASALISHIDA TOPONIMIK MARKERLARNING QO‘LLANISHI. Қўқон университети хабарномаси, 18, 106-108. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1740
GOST (OAK)Kaxarov , Shuxratbek NEKRONIMLAR YASALISHIDA TOPONIMIK MARKERLARNING QO‘LLANISHI // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 18. – B. 106-108.
MLAKaxarov , Shuxratbek. “NEKRONIMLAR YASALISHIDA TOPONIMIK MARKERLARNING QO‘LLANISHI.” Қўқон университети хабарномаси, 18, 106-108, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1740
ChicagoKaxarov , Shuxratbek. “NEKRONIMLAR YASALISHIDA TOPONIMIK MARKERLARNING QO‘LLANISHI.” Қўқон университети хабарномаси, 18, 106-108 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1740
HarvardKaxarov , Shuxratbek (2026) ‘NEKRONIMLAR YASALISHIDA TOPONIMIK MARKERLARNING QO‘LLANISHI’, Қўқон университети хабарномаси, 18, 106-108. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1740
BibTeX
@article{kaxarovshuxratbek2026,
  title = {NEKRONIMLAR YASALISHIDA TOPONIMIK MARKERLARNING QO‘LLANISHI},
  author = {Kaxarov , Shuxratbek},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {18},
  pages = {106-108},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1740}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Kaxarov , Shuxratbek — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari