Mazkur maqolada temiryo‘l avtomatika va telemexanika (SMB) tizimlarining ekspluatatsion ishonchliligi o‘rganilgan bo‘lib, asosiy e’tibor rels zanjirlarini ta’minlovchi yo‘l transformatorlarini himoya qilish masalasiga qaratilgan. Ushbu transformatorlarning barqaror ishlashi rels zanjirlarining uzluksiz faoliyati hamda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot jarayonida amalda qo‘llanayotgan AVM-2 tipidagi elektromexanik ko‘p martali saqlagichlarning konstruktiv xususiyatlari tahlil qilindi. Xususan, bimetall elementning harorat o‘zgarishlariga bog‘liq “termik dreyf” hodisasiga moyilligi hamda mexanik qismlarning inersiyasi himoya aniqligi va tezkorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mikrokontrollerli boshqaruv tizimi va kontaktsiz Xoll effekti datchiklariga asoslangan takomillashtirilgan himoya usuli hamda uning sxemaviy yechimi ishlab chiqildi. Taklif etilgan yondashuvda tokni raqamli nazorat qilish va algoritmik boshqaruv tamoyillari qo‘llanib, termik ta’sirlar hamda mexanik kechikish omillari sezilarli darajada kamaytirildi. Laboratoriya sinovlari natijalari taklif etilayotgan qurilmaning samaradorligini tasdiqladi: himoya aniqligi 18,2 %dan 1,12 %gacha yaxshilandi, reaksiya vaqti esa 42,1 ms gacha qisqardi.
| Mualliflar | Elnara Kuandikovna Ametova, Javohir Bahodir o‘g‘li Qudratov |
|---|---|
| Jurnal | Илм-фан ва инновацион ривожланиш |
| Nashr sanasi | 2026-04-30 |
| Betlar | 123-123 |
| DOI | 10.36522/2181-4317/9-2-2026-10 |
DOI: 10.36522/2181-4317/9-2-2026-10 · Maqolaning asl sahifasi
Mazkur maqolada piroliz distillyatini avtoklavda gidrirlash jarayoni bo‘yicha tadqiqot natijalari, gidrogenizatsiya jarayonining moddiy balansi keltirilgan. Eksperimentda “Uz-Kor Gas Chemical” korxonasidan olingan…
Mazkur maqolada issiqlik energetika obyektlarining murakkab dinamik tizimlarini boshqarish samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Boshqarish tizimini sintezlashda kvant algoritmlari, foton polarizatsiyasi…
Electric arc furnace dust (EAFD) is an inevitable by-product of scrap-based steelmaking. It presents an environmental challenge, but also has the potential to be a valuable secondary raw material. Due to the presence of…
Heat-stable salt (HSS) accumulation is a critical factor limiting the efficiency and lifetime of amine-based gas treatment systems. In aqueous monoethanolamine (DEA) and methyldiethanolamine (MDEA) solutions, HSS are…
Mazkur maqolada yuz tasvirlari asosida inson his-tuyg‘ularini avtomatik aniqlash va tasniflash muammosi chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda yuz ifodalari orqali hissiy holatlarni aniqlashning dolzarbligi, mavjud…
Mazkur tadqiqotda bionik tamoyillarga tayangan holda ishlab chiqilgan, tog‘ echkisining tabiiy yashash jarayonida xavfni baholash hamda individual jismoniy imkoniyatlarga moslashish qobiliyatlarini aks ettiruvchi…
Axborotni birlashtirish va ma’lumotni tahlil qilish mashaqqatli bo‘lib, bu jarayonda noaniqlikni kamaytirish uchun bir nechta tuzilmaviy shartlar kiritilgan. Ushbu usullar orasida taxminiy ma’lumotlarga asoslangan…
Maqolada O‘zbekistonda kon sanoatini rivojlantirish kontekstida kon qazib olish va transport uskunalari samaradorligini oshirishga oid masalalar o‘rganilgan. Unda ochiq kon ekskavatorlari, yuk mashinalari va maydalash…
Ushbu tadqiqot yopishqoqlikni oshiruvchi maxsus reagent ta’sirida sanoat po‘lpasining oquvchanlik va reologik xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning predmeti sanoat chiqindilaridan hosil bo‘lgan sanoat…
Ushbu maqolada barqaror vodorod ishlab chiqarish uchun fotoelektrik tizimlar bilan birlashtirilgan ishqoriy suv elektrolizi tizimlari samaradorligini oshirish bo‘yicha keng qamrovli tadqiqot natijalari taqdim etilgan…