Ushbu maqolada 1920–1930-yillarda Samarqandda faoliyat yuritgan muzeylar ishi, qadimiy yodgorliklar, san'at va tabiatni muhofaza qilish Samarqand bo'limi — Samkomstarisning arxeologik tadqiqotlar olib borish va muzey fondlarini shakllantirishdagi o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar, nashr etilgan materiallar hamda muzey kolleksiyalariga oid ma'lumotlar asosida tashkilotning tarixiy-madaniy merosni aniqlash, o'rganish, qayd etish va saqlash bilan bog'liq faoliyati yoritilgan. Maqolada Shohizinda ansambli, Qusam ibn Abbos maqbarasi, Childuxtaron maqbarasi, Mirzo Ulug'bek va Sherdor madrasalari, Amir Temur va Bibixonim maqbaralari, Afrosiyob, Navkatepa, Bekqo'rg'ontepa hamda Samarqand vohasining boshqa yodgorliklarida olib borilgan arxeologik kuzatuv va qazishmalar natijalari ko'rib chiqilgan. Samkomstarisning faoliyati nafaqat obidalarni muhofaza qilish, balki topilmalarni yig'ish, inventarlashtirish va muzey fondlariga topshirish jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etgani ko'rsatib berilgan. Shuningdek, Muso Saidjonovning mazkur jarayondagi ilmiy va tashkiliy faoliyatiga alohida e'tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida Samkomstaris Samarqandda arxeologik izlanishlarni institutsionallashtirish, moddiy madaniy meros namunalarini muzey fondlari tarkibiga kiritish va ularni keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun manba sifatida saqlashda muhim o'rin tutgani xulosa qilinadi.
| Mualliflar | M. Yunusov |
|---|---|
| Jurnal | Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi |
| Nashr sanasi | 2026-06-01 |
| Jild | 2 |
| Son | 2 |
| Betlar | 31-36 |
| DOI | 10.59251/2181-3973.2025.v1.138.1.3847 |
DOI: 10.59251/2181-3973.2025.v1.138.1.3847 · Maqolaning asl sahifasi
Nazar Eshonqulning "Bepoyon osmon" hikoyasida muallif uslubiga lingvopoetik jihatdan yondashuv amalga oshiriladi. Asar bola nuqtayi nazaridan rivoya qilinishi, ayol (Oytoldi) obrazining bepushtlik fojeasi fonida ruhiy…
Maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili darslarini 4K modeli asosida tashkil etish masalasi yoritiladi. Ta'lim jarayonida tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik ahamiyati tahlil…
Mazkur maqolada 10–12 yoshli kurashchilarda egiluvchanlikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasining kurash texnikasini o'zlashtirish samaradorligiga ta'siri eksperimental tadqiqot asosida o'rganildi…
Данная статья посвящена анализу влияния государственной политики развития спорта в контексте концепции «Нового Узбекистана» на мотивацию учащихся специализированных спортивных школ. В философском ракурсе спорт…
In this article, the significance of the concept of knowledge and the need for it within the framework of the anthropocentric paradigm of modern linguistics are analyzed. The inseparable connection between linguistic…
Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillarida neologizmlarning tasnifi, shakllanish omillari hamda ularning til tizimidagi o'rni qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yangi so'zlarning yuzaga kelishida…
Mazkur maqolada Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining shakllanishi, rivojlanish jarayoni tahlil etilgan. Maqolada mazkur agentlikning asosiy maqsadi, ustuvor vazifalari ochib berilgan. Shuningdek…
Ushbu maqolada umumta'lim maktablarining 7-9-sinf o'quvchilari uchun STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) kompetensiyalarini baholash tizimi taklif etiladi. Har bir sinfning yosh xususiyatlari va fanlar…
Ushbu maqolada "tabiat" tushunchasining ingliz va o'zbek madaniyatlaridagi lingvistik tasviri o'rganilgan. Maqolada tabiatni tilda qanday tasvirlashga, ya'ni metaforalar, idiomalar va boshqa lingvistik ifodalarning…
This article explores the linguacultural dimensions of speech formulas in business communication, focusing on their use and adaptation within the English and Uzbek linguistic contexts. Speech formulas are essential…
Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi — barcha maqolalar