RUX OKSIDI NANOKRISTALLARI STRUKTURASI VA OPTIK XOSSALARIGA YUQORI HARORATLI QIZDIRISHNING TA’SIRI

E U Arziqulov, S h Z Urolov, Z Sh Shaymardanov, R R Jalolov, B N Rustamova

Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi · 2023-yil

Annotatsiya

Ushbu ishda kimyoviy cho‘ktirish usuli yordamida kremniy plastinkasi sirtida sintez qilingan rux oksidi nanokristallarining strukturasi va optik xossalariga qizdirish haroratining ta’siri zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanib kompleks tarzda o‘rganilgan. Rux oksidi nanokristallari mufel pechida 500 oC haroratda 1 soat qizdirilganda ularning tashqi sirtida diametri ~100 va chuqurligi ~30 nm atrofida bo‘lgan konussimon shakldagi chuqurchalar paydo bo‘lishi aniqlangan. Yuqori haroratda qizdirish natijasida sintez qilingan ZnO nanokristallarining kristallik darajasi va optik sifati sezilarli darajada pasayishi ko‘rsatilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarE U Arziqulov, S h Z Urolov, Z Sh Shaymardanov, R R Jalolov, B N Rustamova
JurnalSamarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi
Nashr sanasi2023-02-20
Jild1
Son1
Betlar1-9
Tiluz
DOI10.59251/2181-1296.v1.1.1883

Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi jurnalidan boshqa maqolalar

Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi — barcha maqolalar